Ona tili predmetining ta’rifi. Ona tili predmeti to ‘g‘risida gapirib, A .V .Tekuchev bunday deb yozgan edi: «Grammatika fonetika bilan, orfografiya, punktuatsiya, orfoepiya, leksika (garchand bulaming har biri o ‘ziga xos ichki tuzilishi, mazmuni, maqsadi, vazifasi, metodlari bo‘lsada) yaxlit bitta o ‘quv predmetini tashkil etadi». Ta’lim sharoitida til va nutqni o'rgatish (o'qituvchi) hamda o‘rganish (o‘quvchi) obyekti sifatida ishtirok etadigan sohalari majmui ona tili predmeti sanaladi. Tilning fonetikasi, leksikasi, grammatikasiga doir nazariy bilimlar, ularga oid nutq ko'nikmalari, bolalarda shakllantiriladigan ijodiy faoliyat tajribasi, til va nutqqa munosabat ona tili predmeti matnida qaraladi.
T a’lim maqsadining tarkibiy qismlari — nutq o‘stirish talabiga muvofiq o‘zaro bog‘langan, ona tilining grammatik qurilishi to‘g‘risida izchil bilim berishga mo‘ljallangan. IX sinflarda o'rg aniladigan, o'quvchilarda nutq malakalarini (orfoepik, grafik, orfografik, uslubiy, punktuatsion) rivojlantirishga qaratilgan o‘quv kursiga ona tili predmeti deyiladi.
Ona tiliga oid malakalar. L.P.Fedorenko tilni o ‘zlashtirish jarayonida hosil qilinadigan malakalarni ikki guruhga ajratadi: jismoniy malaka. Nutq organlari, qo‘l muskullari harakatiga oid malakalar jismoniy malaka sifatida qaraladi. Bular, o‘z navbatida, yana ikki guruhga bo‘linadi: a) og‘zaki nutqqa doir malakalar; b) yozma nutqqa doir malakalar — yozish malakalari; d) intellektual malakalar. Bular, o‘z navbatida, uch guruhga bo'linadi: a) tushunishga oid malakalar — leksik va grammatik ma’nolarni anglash malakalari; b) til uzvlarining fikr anglatish va emotsional funksiyalarni baholay olish malakalari; d) xotirlay olishga, esga tushirishga doir malakalar — til dalillarini ishlatishning an’anaga aylanib qolgan xususiyatlariga rioya qilish malakalari.
Ona tili darslarining tarkibiy qismlari
Dars tipi va ularning turli ko'rinishlari o ‘z ichida mantiqiy qismlarga bo‘linadi. Bularga dars bosqichlari deyiladi. Dars bosqichlari o‘quv materiali mazmuniga, uni tushuntirish uchun tanlangan o‘qitish metodiga, o‘quvchilarning aqliy faoliyati nimaga qaratilganligiga ko‘ra belgilanadi. Shunday ekan, ona tilidan bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita dars o‘tkazish mumkin emas. Metodik adabiyotlarda yangi o‘quv materialini o‘rganish, idrok etish, mustahkamlash, takrorlash, uy ishini tekshirish va tayin etish, bolalar bilimini baholash kabilar ona tili darslarining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Dars bosqichlarining o ‘zaro mantiqiy izchilligi dars sifatini oshirishning asosiy om ilidir. D ars bosqichlari, o ‘z n avbatida, yana m ayda elem entlarga b o 'lin ib ketishi mumkin. Buni «dars zvenosi» termini bilan atadik. I . Yangi o‘quv materialini o‘rgatish bosqichi. Didaktika va m etodikaga oid adabiyotlarda darsning bu bosqichi «yangi materialni izohlash», «yangi bilim berish» iboralari bilan yuritiladi. Izohlash, tushuntirish -o‘qitish metodlarining nomi. Shuning uchun darsning bu bosqichini «yangi m aterialni o ‘rgatish» istilohi bilan atam oq m aqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |