0‘zbek tilshunosligi fani va ona tili predmeti. Ona tilidan ma’lumot mazmuni ona tili predmetida mujassamlangan bo‘lib, u kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zarur bilimlarni izchil bayon qilishga mo’ljallangan. Binobarin, ona tili predmeti hozirgi o‘zbek tilshunosligi fanining ilmiy yutuqlari, tilning hozirgi taraqqiyoti xususidagi tasavvurlar, tilni sinxronik o‘rganish natijalari negizida tuzildi. Ammo bu «hozirgi o‘zbek tilshunosligi» va «ona tili predmeti» bir xil, o ‘zaro teng degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Maktablarda o‘qitiladigan ona tili predmeti o‘zbek tilshunosligi fanidan quyidagicha farq qiladi.
Fan va o‘quv predmeti. Fan va o ‘quv predmetining vazifalari turlichadir. 0‘zbek tilshunosligida kishilar tomonidan kashf etilgan bilimlarning barchasi mujassamlangan bo‘lib, uning vazifasi ona tilini bundan keyin taraqqiy ettirishdir. Ona tili predmeti yoshlarni ijtimoiy hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash maqsadida kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zarur bilimlar bilan qurollantiradi. Binobarin, o‘zbek tilshunosligi fani va ona tili predmeti jam iyatda bajaradigan vazifasiga binoan o‘zaro farq qiladi. 0‘zbek tilshunosligi fani nihoyatda murakkab bo‘lib, unda grammatik bilim va tushunchalarni, til hodisalarini ajratish uchun ishlatilgan terminlarning barch asi o‘z aksini topgan .
Ona tili predmeti esa o ‘quvchilarning bilish imkoniyatlari, tayyorgarlik darajasi, yoshiga mo‘ljallab tuzilgan. Demak, ona tili predmetida ta’limning lingvodidaktik, psixologik, fiziologik tomonlari hisobga olinadi. Fan mazmun va hajm jihatidan o‘quv predmetiga nisbatan keng. Unda kishilarning o'zaro aloqalashuvi uchun zaruriy bilimlar ham, til taraqqiyotini belgilab beruvchi omillar ham o‘z aksini topadi. Shu jihatdan qaraganda, fan ijtimoiy institut sanaladi. U fanning barcha sohalarini, shu sohalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib boruvchi olimlar faoliyatini ham o‘ziga qamrab oladi. 0‘zbek tilshunosligi fanining umumiy asoslariga pedagogik ishlov berish yo‘li bilan ma’lumot mazmuni shakllan tiriladi.
Ona tilidan ma’lumot mazmunini bolalarbop holatga olib kelish uchun mutaxassis olimlar faoliyat ko 'rsatishadi. Ma’lumot mazm unini maktab o‘quvchilariga yetkazish borasida o‘qituvchilar xizmat qiladi.
Bilimlarni o‘zlashtirishda o ‘quvchilarning o ‘zlari ham faol ishtirok etishadi. Metodist olimlar, maktab o‘quvchilari, o‘quvchilar jam oalari ishtiroki nuqtai nazaridan maktabda ona tili o‘qitish ham o ‘ziga xos ijtimoiy institut hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |