Ma’ruza qiladi: f f. n., dots. M. R. Tojiboyeva


O’zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari



Download 1,83 Mb.
bet31/35
Sana30.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#720663
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
...........................1111

O’zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari.
Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqdir. Adabiyotni davrlashtirish asosida o`rganish maqsadga muvofiq ko`riladi. Adabiyotshunosligimizda adabiyotni davrlashtirish muammolidir. Adabiyotni davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Mana bu savolga aniq javob berish qiyin. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voqealar bilan bog`lashadi. Ba`zi olimlarimiz prof. N.Mallaev o`zbek adabiyoti tarixini, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlari, o`zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi taraqqiyoti, ikkinchi tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlarini: badiiy adabiyotning ijtimoiy mohiyati, vazifasining o`sib borishi, adabiy tur va janrlarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda so`z san`atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko`zda tutib bosqichlarga ajratish kerakligini ko`rsatib o`tishgan.

Prof. B.To`xliev adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:


1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Avesto, Alpomish va b. 2. Ilk o`rta asrlar adabiyoti Kultegin bitiklari va b.
3. O`rta asrlar adabiyoti IX-XVI asrlar
4. Temuriylar davri adabiyoti.
5. A.Navoiy va uning davri adabiyoti.
6. XVII-XIX asrlar adabiyoti.
7. XX asr adabiyoti.
Professor N.Mallaevning oliy o`quv yurti talabalari uchun chiqargan darsligida quyidagi bosqichlar berilgan:
1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
2. X-XI asrlar adabiyoti.
3. XI asrdagi va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
4. XIV asr o`rtalaridan XVII asrgacha bo`lgan adabiyot.
5. XVII asrdan XIX asrning o`rtalarigacha bo`lgan adabiyot.
6. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot.
TIL VA ADABIYOT O‘QITISH METODIKASIGA OID YANGI DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR SHARHI
Reja
1.DARSLIK NIMA?
2.O‘QUV QO‘LLANMA HAQIDA
3. “ESKI O‘ZBEK YOZUVI FANIDAN MUSTAQIL ISHLAR TO‘PLAMI” O‘QUV QO‘LLAMASI SHARHI
(I.Azimov, M.Tojiboyeva, A.G‘oziyev)
Darslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori
maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi
turi.
Darsliklar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun darsliklar va talabalar uchun Darsliklar.
Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan darsliklardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi,
ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va
maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan darsliklardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar
Darsliklar muayyan fanga oid asosiy fakt, ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalar mazmunini tegishli
oʻquv yurtining dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda oʻquvchi (talaba)larga mos tarzda ochib
beradi. Darsliklar taʼlimtarbiya vazifalarining imkoni bor darajada hal etilishiga, yaʼni bilimning
muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, oʻquvchi (talaba)larda fanning muayyan
sohasiga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib to-pishiga yordam beradi. Darslikning tili ravon va tushunarli boʻlishi, oʻquvchilar nutqining oʻsishiga yordam berishi lozim.
Darsliklar tarixi kadim zamonlardan boshlanadi. Sharkda, xususan Furot va Dajla daryolari oraligʻida
yashagan qad. shumerlar davrida sopol taxtachalarga bitilgan matnlar mil. av. 2-ming yillikka oid boʻlib, ular "qoʻllanma" va "daryoliklar" vazifasini oʻtagan. Keyinchalik boshqa sharq xalqlarida,
ulardan keyin esa kad. dunyoda papirus yoki pergamentga bitilgan qoʻlyozma oʻquv kitoblari
vujudga kela boshlagan va ular maʼlum bir sohaga, kasbga oʻrgatish uchun asosiy manba
vazifasini oʻtagan. Kitob nashr etish ishi yuzaga kelgach, Darsliklar hammabop boʻla boshladi. Ped.
va psixologiya fanlarining taraqqiyoti bilan D.larning mazmuni va metodik tuzilishi tobora
mukammallashib bordi.
Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin rus metodistlari taʼsirida mahalliy
tillarda maktab D.lari yaratila boshlandi. 19-asrning 70-y.laridan Toshkentda rus va rus- tuzem
maktablari uchun ayrim D.lar nashr etildi. 1875-yil A. A. Terentyevning "Russkaya azbuka dlya
shkol Sredney Azii" ("Oʻrta Osiyo maktablari uchun rus alif-bosi"), 1885-yil V. P. Nalivkinning
"Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol osedlogo naseleniya Turkestanskogo kraya"
("Turkiston oʻlkasidagi oʻtroq aholiga moʻljallangan rus-musulmon maktablari uchun alifbo") D.
lari pay-do boʻldi. 1887-yil V. P. Nalivkinning "Terma kitob" nomi bilan oʻzbekcha- tojikcha
xrestomatiyasi, 1896-yil uning "Turkiston viloyatining Toshkand shahridagi seminariya degan
madrasada oʻqiydurgan terma kitob" asari nashr qilindi. 1898-yildan S. M. Gramenitskiyning 3
qismdan iborat "Kniga dlya chteniya" ("Oʻqish kitobi") kitobi qoʻllanila boshlandi.
20-asrning boshlarida yangi usul maktablarining ayrim muallimlari ham oʻz ish tajribalarini
umumlashtirib, oʻquv kitoblari tuza boshlashdi. Mac, 1902-yil Toshkentda Saidrasul
Saidazizovning "Us todi avval" alifbesi, 1903-yil Aliasqar Kalininning "Muallimi soniy"
xrestomiyasi, Rustambek Yusufbek oʻgʻlining "Taʼlimi avval" va "Taʼlimi soniy", Abdulla
Avloniyning "Birinchi muallim", Hamza va b.ning oʻquv qoʻllanmalari bosilib chiqdi
Oʻzbekistonda darsliklar nashr etish ishi keng yoʻlga qoʻyilgan. Darslik tayyorlashga ixtisoslashgan
"Oʻqituvchi", "Oʻzbekistan", "Mehnat", Ibn Sino nomidagi nashriyotlar, "Sharq" nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi va b. nashriyotlar darsliklar nashr etadi. 2000-yil Oʻzbekistonda 375
nomda 14 mln.406,6 ming nusxada darslik nashr etildi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish