Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,78 Mb.
bet68/69
Sana20.06.2022
Hajmi1,78 Mb.
#683063
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
portal.guldu.uz- “FIZIK VA KOLLOID KIMYO”

TEMPERATURANI MXQKK ga TA’SIRI


Ionogen va noionogen sirt-aktiv moddalar temperaturaga har xil ta’sir ko’rsatadi. Temaperaturaning ko’tarilishi ionogen sirt-aktiv moddalarning eritmalari zarrachalarini issiqlik harakatini tezlashtirib yuboradi va buning natijasida ularning agregatsiya qilinishiga qarshilik ko’rsatadi. Shu paytning o’zida issiqlik harakati sirt-aktiv moddaning qutbli gruppalarining gidrattsiyalanishini kamaytiradi va ular mitsella hosil qila boshlaydi. Noionogen sirt-aktiv moddalarda esa temperaturani ko’tarilishi MXQKKni kamaytirishga olib keladi.

SOLYuBILIZATsIYa
Sirt-aktiv moddalarning mitsellalari bor suvli eritmalarining eng qiziq va katta ahamiyatga ega bo’lgan xususiyatlaridan biri ularning suvda erimaydigan uglevodorodlarni (benzol yoki geptan), har xil yog’larni va qattiq mod­dalarni eritib yuborishidadir. Bunda bu moddalarning molekulalari mitsella­lar­ning ichiga kirib ketadi.
Suvda erimaydigan moddalarning mitsellalar orasiga yutilib, erib ketish protsessini solyubilizatsiya yoki kolloidli erish deb ataladi. Yutilgan modda solyubilizat, yutgan modda - solyubilizator, xosil bo’lgan tiniq eritma - solyubilizatsiyalangan sistema deb ataladi. Solyubilizatsiya protsessi o’z-o’zicha ketadi, chunki bu sistemaning Gibbs energiyasini kamayishi bilan boradi va termodinamik qaytar , muvozanatli protsess hisoblanadi. Bir xil kontsentratsiya va temperaturada solyubilizatsiya sistema to’yinguncha davom etadi. Uni muvozanat holatiga keltirish uchun sistemaga uglevodorod qo’shish kerak yoki to’yingan eritmani suyultirish mumkin.

44-rasm. Solyubilizatsiya jarayonida


modda molekulalarining mitsellalarning
ichiga kirib borishi.

Solyubilizatsiyalangan sistemalar termodinamik barqaror bo’lsa ham ularni chin eritma deb bo’lmaydi. Ularni kolloid sistemalar deb ataladi, chunki mitsellalarning o’lchami kolloid sistemalarning dispersligiga to’g’ri keladi. Mitsellyar eritmalarning xalq xo’jaligi, sanoatda, meditsinada ahamiyati juda katta. Masalan, bunday eritmalarning xususiyati biologik membranalarning xususiyatiga o’xshab ketadi va bu membrananing modeli desa ham bo’ladi. Biologik membranalar ham mitsellyar eritmalarga o’xshab organizmdan har xil zaxarli moddalarni, xolestirinlarni yutib tashqariga chiqarib yuboradi. Mitsellyar sistemalar kir yuvuvchi modda sifatida keng qo’llaniladi. Yuvish jarayonida, oldingi boblarda aytib o’tganimizdek, teskari mitsellalar qutbli zaryadga ega bo’lgan nurlarni o’ziga solyubilizatsiya qiladi, to’g’ri mitsellyarlar esa yog’dan (uglevodorodlardan) hosil bo’lgan nurlarni yutadi. Kir yuvish protsessi mana shu printsipga asoslangan. Formatsiyada esa solyubilizatsiya yordamida suvda erimaydigan moddalardan suvda eriydigan moddalar olishda foydalaniladi. Shu yo’l bilan vitamin A va E - lar olinadi.

MA’RUZA BO’YIChA TAYaNCh SO’Z VA IBORALAR:

Sirt aktivlik


Rebinder iborasi.

Kation sirt aktiv moddalar


eritmada kationli sirt aktiv ion hosil qiluvchi modda.

Anion sirt aktiv modda


eritmada anionli sirt aktiv ion hosil qiluvchi modda.

Amfoter sirt aktiv modda


eritmada muhitga ko’ra ham kation, ham anion sirt aktiv ion hosil qiluvchi modda.

Mitsella


sirt aktiv modda molekulalari hosil qilgan struktura birligi.

Solyublizatsiya


sirt aktiv modda mitsellalarida boshqa modda zarrachalarining erishi.

MA’RUZA BO’YIChA SAVOLLAR:




  1. Sirt aktivlik nima?

  2. Ionogen va noinogen sirt – aktiv moddalar haqida tushuncha bering.

  3. Ionogen sirt aktiv moddalarning qanday turlari mavjud?

  4. Noionogen sirt aktiv moddalar qanday moddalar?

  5. Sirt aktiv moddalar eritmalarida mitsella hosil bo’lishini tushuntirib bering.

  6. Mitsella hosil bo’lishi kritik kontsentratsiyasi (MXQKK) nima?

  7. Noorganik tuzlarni qo’shish yo’li bilan MXQKKni qanday pasaytirish mumkin?

  8. MXQKK-ga temperatura qanday ta’sir etadi?

  9. Solyublizatsiya nima?

  10. Solyubilizatsiyaning qanday ahamiyati bor?

MA’RUZA BO’YIChA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:




  1. K.S. Axmedov, H.R. Rahimov. Kolloid ximiya. T, 1992, 94-100 betlar.

  2. Yu.G. Frolov. Kurs kolloidnoy ximii. M., Ximiya, 1982, s. 288-305.

  3. S.S. Voyutskiy. Kurs kolloidnoy ximii. M., 1976. S.136-139.

MA’RUZA №28.




MUNDARIJA.





1. Qiskacha anotastiya

5

2. Kirish 

6

3. Asosiy nazariy materiallar. I-qism. Fizik kimyo ………………………

7

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish