30-rasm. Oqib chiqish va cho’kish potentsialini aniqlovchi qurilma.
ta’siri ostida kapillyar naydan oqib chiqsa, suyuqlikning chiqish joyida elektr potentsial «oqib chiqish potentsiali» paydo bo’ladi (Kvinke effekti).
Bu hodisa elektroosmosga qarama-qarshi hodisalar: elektroosmos tashqi elektro maydon tufayli yuzaga chiqadi : «oqib chiqish potentsiali» esa bosim ostidagi suyuqlik harakati tufayli hosil bo’ladigan elektr potentsialdir.
Kolloidlarda okib chiqish potentsial bilan ko’sh elektr qavatning tuzilishi orasida ma’lum bog’lanish bor: ko’sh elektr qavatning diffuzion qismida ionlar kontsentartsiyasi qancha katta (boshqacha aytganda, dzeta potentsial kancha katta) bo’lsa, oqib chiqish potentsialining qiymati xam shuncha katta bo’ladi. Oqib chiqish potentsialining qiymati tashkaridan berilgandan bosim kattaligiga proportsional bo’ladi:
bu erda Eok.chik.-oqib chiqish potentsiali (volt), R-suyuqlikni xarakatga keltiruvchi bosim (Nm2), k-kapillyarlarni to’ldiruvchi suyuqlikning solishtirima elektr- o’tkazuvchanligi (om-1 M-1), 08,854*10-12 fm.
Elektrkinetik hodisalar geologiya, tuproqshunoslik, agrotexnika va texnikaning turli sohalarida keng ko’llaniladi. Masalan, ular suspenziyalarni suvdan tozalashda, yog’och va torfni quritishda, toza kaolin hosil qilishda, mashinalar detallarini bo’yashda katta axamiyatga ega.
Elektrokinetik hodisalar kolloid ximiyaning o’zida ham katta rol o’ynaydi. Kolloid sistemaning dzeta-potentsial kattaligi ayni sistemaning agregativ barqarorligi uchun xarakteristika bo’la oladi.
MA’RUZA BO’YICHA TAYANCHSO’Z VA IBORALAR:
Qo’sh elektr qavat
| |
Bir-biriga tegib turgan fazalar chegarasida qarama-qarshi ishorali zaryadlarning hosil bo’lishi.
|
Elektroforez
| |
Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydonida harakat qilishi.
|
Elektroosmos
| |
Suyuqlikning elektr maydonida g’ovak jism orqali elektrodlar tomon harakati.
|
Adsorbtsion qavat
| |
Zarracha sirtiga ionlar adsorbtsiyalanadagan qavat.
|
Diffuzion qavat
| |
Ionlar yoyiq (diffuz) harakat qiladigan qavat.
|
Cho’kish potentsiali
| |
Og’irlik kuchi ta’sirida zarracha cho’kkanida qattiq faza bilan suyuqlik chegarasida yuzaga keluvchi potentsial.
|
Oqib chiqish potentsiali
| |
Suyuqlikning bosim ostida kapillyar naydan oqib chiqishida oqib chiqish joyida yuzaga keluvchi potentsial.
|
Dzeta- potentsial
| |
Qo’sh qavatning adsorbtsion va diffuzion qavatlari chegarasida faza yoki muhitning harakati natijasida yuzaga keluvchi potentsial.
|
MA’RUZA BO’YIChA SAVOLLAR:
Qo’sh elektr qavatining kelib chiqish sabablarini aytib bering.
Reyss tajribasini izohlab bering.
Elektroforez va elektroosmos haqida nimalar bilasiz?
Dzeta- potentsial nima, u qanday yuzaga keladi?
Elektroforez va elektroosmos hodisalarining ahamiyatini aytib bering.
Cho’kish potentsiali deb nimaga aytiladi?
Dorn tajribasini izohlab bering.
Oqib chiqish potentsiali nima?
Elektrokinetik potentsial qanday usullar bilan o’lchanadi, uning kattaligini qanday hisoblash mumkin?
Elektrokinetik hodisalarining xalq xo’jaligi va texnikadagi ahamiyati haqida so’zlab bering.
MA’RUZA BO’YIChA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:
K.S. Axmedov, H.R. Rahimov. Kolloid ximiya. T, 1992, 121-124 betlar.
Yu.T. Frolov. Kurs kolloidnoy ximii. M., Ximiya, 1982, s. 216-217.
S.S. Voyutskiy. Kurs kolloidnoy ximii. M., 1976. S.197-202.
Do'stlaringiz bilan baham: |