Uch yoshda bo’yning yillik o’sishi 10 sm ga yetadi, uch yoshdan yetti yoshgacha esa sekinlashib, 6,5 sm tashkil etadi. So’ngra yana ham sekinlashadi. Ayni vaqtda uning rivojlanishi va takomillashuvi kuzatiladi, bu bolaning yo’lga kirishi, yugurishi va harakatlaridan ko’rinib turadi. Tishlari chiqa boshlaydi. Miya to’qimasi o’sadi va nerv sistemasining funksiyasi takomillashadi.
Yetti yoshga borib bola yuragi 4-5 barobar kattalashadi, bosh miyasining vazni esa tahminan 1350 g bo’ladi. Skelet jadal suyakka aylana boshlaydi va tayanch harakatlanish apparati mustahkamlanib boradi. Bolalar turli-tuman muvofiqlashgan harakatlar qilishga layoqatli bo’ladi. Markaziy nerv sistemasining funksiyasi takomillashadi va shartli tormozlanish rivojlanadi.
Qiz va o’g’il bolalarda pubertat nomini olgan davr, ya’ni balog’atga yetish davri bo’ladi, bu davr ichida organizmda jinsiy yo’l bilan ko’payish qobilyati paydo bo’ladi. U 3 fazada ro’y beradi va bir necha yilga: qiz bolalarda 8-9 yoshdan 16-17 yoshgacha, o’g’il bolalarda esa 10-11 yoshdan 19-20 yoshgacha davom etadi.
Birinchi pubertat odi davri qiz bolalarda 12 yoshgacha, o’g’il bolalarda 13 yoshgacha davom etadi va jinsiy bezlarning ishlay boshlashi hamda ko’pkina jarayonlarning borishiga jumladan, to’qimalarning ham o’sishiga imkon beradigan gormonlarning qonga tushishi bilan bog’liq bo’lgan dastlabki voyaga yetish belgilardan oldin yuz beradi. Ikkinchi asr pubertat faza 16-17 yoshgacha bo’lgan davr to’g’ri keladi va voyaga yetishning dastlabki belgilari paydo bo’lishida, ya’ni o’g’il bolalarda populyatsiya (ihtilom) va qiz bolalrda hayz paydo bo’lishida namoyon bo’ladi. Uchinchi pubertat faza ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishining tugallanilishi bilan bog’liq.
Pubertat davrida tayanch-harakatlanish sistemasining rivojlanishi va shakl hosil bo’lishi davom etadi. O’sish oyoq-qo’llarning uzayishi hisobiga bo’ladi va 7-8 sm.gacha yetadi. 10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan qiz bolalar bir muncha tez o’sadi va o’g’il bolalardan o’zib ketadi, biroq 14 yoshdan keyin o’g’il bolalar yana bo’ydanroq bo’lib qoladi. Bu davrda jigar, buyrak, o’pka, yurak va organlar to’qimalarining tuzilishi va funksiyasining takomillashuvi bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar birmuncha tez boradi. Yurakning nerv apparati rivojlanadiva takomillashadi. Katta yarimsharlar po’stlog’ining birlashtiruvchanlik roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Asl pubertat faza endokrin sistemaning tez suratlar bilan rivojlanishi, gavda qismining birmuncha tez o’sishi va gavda vazni tez ortib borishi bilan farq qiladi. Gavda proporsiyalari (nisbatlari) katta yoshdagi odam ko’rsatkichlariga yaqinlasha boradi hamda yigitlar va qizlarda bir-biridan farq qiladi. Bu farq gavdaning uzunligida namoyon bo’ladi, chunki o’sish ayollarda erkaklardagiga qaraganda ertaroq tugallanadi va ularning bo’yi erkaklarnikidan 11 sm past bo’ladi. Bu gavdaning massasi, tana va oyoq-qo’llarning uzunligi, suyaklarning, skeletning shakli va boshqalarga ham ta’luqli. Bu davrda skelet suyaklarning qalinligi va muskul to’qimasining tabaqalanishi hisobiga skeletning suyakka aylanishi darajasi ortadi. Harakat analizatori va muskullar nerv apparatining yetilishi qayd qilinadi.
Asl pubertat fazada katta yarimsharlar po’stlog’ining analitik va muvofiqlashtiruvchi funksiyalari takomillashadi, qo’zg’alish va tormozlanish jarayoni tenglashadi. Ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi. Pubertat davrdan keyingi davrda tayanch-harakatlanish sistemasi organlari o’sishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning shakllanishi tugallanadi. Organlar va to’qimalarning rivojlanishi va takomillashuvi ayniqsa markaziy nerv sistemasida hayot faoliyati mobaynida hosil bo’lgan yangi shartli reflektor bog’lanishlar hisobiga davom etadi.
Binobarin, notekis rivojlanish hodisasi geteroxronizm turli-tuman funksional sistemalarni tashkil etgan va ontogenezning muayyan bosqichida organizmining yashab ketishini taminlaydigan ayrim organlar va to’qimalarning o’sish va rivojlanish holatini qiyosiy o’rganishda kuzatiladi. U, shuningdek, sistemalararo bog’lanishlar hosil bo’lishida ham asta-sekin paydo bo’ladi. Geteroxronizm irsiyatning hayvonot olamida evolyutsion rivojlanish jarayonida moslashuvning rivojlanuvchi shakllarini mustahkamlab olishning natijasi hisoblanadi. Turli yosh davrlarida o’sish va rivojlanishning bayon etilgan tipik xususiyatlarda bayon etilgan o’ziga xos farq bo’lishi mumkin. Ular bolaning irsiy omillari, uni boqish va tarbiyalash sharoiti, sog’lig’i bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |