Jigar va о’tning funksiyalari ma’lumki, jigar eng katta bezlardan biri bo’lib, organizmda hazm bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan bir qancha funksiyalarni bajaradi



Download 16,26 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi16,26 Kb.
#398914
Bog'liq
JIGAR VA О


JIGAR VA О’TNING FUNKSIYALARI Ma’lumki, jigar eng katta bezlardan biri bo’lib, organizmda hazm bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jigaming gomeostatik, metabolik, hazm, ekskretor, to‘siq (barer) va zaxira faoliyatlari eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Jigar qondan ba’zi moddalarni yig’ib olish, ulami o’zgartirish, chiqarib yuborish, turli moddalarni hosil qilish yo’li bilan o‘zining gomeostatik vazifasini bajaradi. Jigar orqali oquvchi qon me’da va ichakdan olgan zararli moddalardan tozalanadi; glukoza jigarda glikogenga aylanadi. Glikogen jigar hujayralarida to‘planib organizmda uglevodlarga ehtiyoj oshgani sayin glukozagacha parchalanib qonga chiqadi. Jigar moddalaming o‘zlashtirilishi va almashinuvida ishtirok etadi, o‘ziga xos fermentativ va ekskretor faollikga ega, u qon aylanishiga ham daxldor. Qonning ivishida qatnashuvchi va ivishning oldini oluvchi moddalaming ko‘pchiligi jigarda sintezlanadi. Jigar limfa hosil bo’lishida faol ishtirok etadi, jigar limfasining tarkibida oqsil juda ko‘p bo’ladi. Jigar oqsil va aminokislotalar almashinuvida faol ishtirok etadi. Qondagi oqsillarning asosiy qismi jigarda sintezlanadi. U aminokislotalarning aminsizlantirilishini va amin guruhining ko’chirilishini ta’minlaydi, glutamin va kreatinin hosil bo’lishida qatnashadi. Oqsil almashinuvining asosiy qoldiq moddasi — siydikchilning deyarli hammasi jigarda hosil bo’ladi. Jigaming yog’lar almashinuvidagi ishtiroki triglitseridlar, xolesterin, fosfolipidlar, lipoproteinlar va o’t kislotalami sintezlashda ifodalanadi. Yog’laming o‘zlashtirilishi jigaming o ‘t ajratish faoliyatiga bog’liq. Jigarda glukozaning oksidlanishi, hosil bo’lishi, parchalanishi, glyukuron kislotaning sintezlanish jarayonlari yuqori tezlikda bo’ladi. Organizm uchun jigaming ichki va tashqi biologik faol moddalar, dori-darmonlar almashinuvida qatnashishi nihoyatda katta ahamiyatga ega. U steroid gormonlar, insulin, glukagon, antidiuretik gormon, tireoid gormonlar, katexolaminlar, gistamin, serotonin va boshqalaming enzimatik faoliyatini susaytiradi. Jigar o’zining himoya va to’siq faoliyatlarini zaharli moddalar va mikroblaming toksinlarini zararsizlantirish orqali bajaradi. Uglevodlami depolashdan tashqari, jigar yog‘da eriydigan vitaminlami depolash vazifasini ham o’taydi. Yog‘da eriydigan vitaminlar (A, D, К, E) perisinusoidlarda to’planadi. Embrional davrda jigar qon yaratilishida ishtirok etadi.

0 ‘TNING HOSIL BO’LISHI VA AJRALISHI Jigaming hazm faoliyati o’t hosil qilish va uni ichakka chiqarish bilan bog’liq. 0’t bir vaqtning o'zida ham shira, ham ekskret suyuqligidir. 0’tning tarkibida har xil endogen va ekzogen moddalar ajraladi, u biroz fermentativ faollikka ham ega, 1 kecha-kunduzda 1000-1800 ml о’t hosil bo’ladi. О’t hosil bo’lishi (xolerez) uzluksiz davom etadi, o‘t ajralishi (xolikinez) davriy, ovqat iste'mol qilingandagina boshlanadi. Nahor paytida o’t ichakka tushmay, о’t pufagida yig’iladi va u yerda zaxira bo’lib saqlanadi, quyuqlashadi, shuning uchun ham о’t pufagidagi o‘t jigardagi o’tdan to'qroq rangda bo’lishi bilan farqlanadi. О’t gepatotsitlarda uning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi moddalaming sintezlanishi hamda o’t yo’llari devori orqali ba’zi moddalar va suvning faol yoki sust tashilishi, qayta so'rilish jarayonlari natijasida hosil bo’ladi. Me’da va ingichka ichakda ovqat bo’lmasa, o‘n ikki barmoq ichakka o’tning chiqishi to‘xtaydi va u o’t pufagida to’p1ana boshlaydi. 0 ‘t pufagining silliq pardasi o’tdan turli moddalar va suvni so’rish hamda ba’zi moddalarni o’tga ajratish qobiliyatiga ega. Shuning uchun о’t pufagiga tushgan jigar o’tining tarkibi sezilarli darajada o'zgaradi. Jigar va pufak o’t safro tarkibi o‘ziga xos. Jigar o’tining pH 7,3-8,0 ga, o’t pufagida saqlangan o’tning pH 6,0-7,0 ga teng. Bunga sabab pufakda o’t tarkibidagi gidrokarbonatlar so’rilishi va o’t kislotalari tuzlari hosil bo’lishidir. Jigar o’ti suyuq, oltinga o‘xshash sariq rangga ega (solishtirma og’irligi 1,008-1,015), pufakda saqlangan o‘t suv va mineral tuzlaming qayta so’rilganligi tufayli quyuqlashadi (solishtirma og’irligi 1,026-1,048). U hazm shirasi bo’lgani bilan fermentativ faolligi yuqori emas. O’tda uchraydigan ishqoriy fosfataza va boshqa fermentlaming faolligi juda ham past va amaliy ahamiyatga ega emas. Ammo o’t-safro noferment tabiatli organik moddalarga juda boy. Jigar o’tidagi quruq moddaning yarmini va pufak o’ti quruq moddasining 65% ini o’t kislotalari tashkil qiladi. O’t kislotalari xolesterindan hosil bo’ladi. Shu kungacha ma’lum bo’lgan 30 ta o’t kislotasidan odam o’tida, asosan, xoldezoksihol, xenodezoksixol va litoxol kislotalar uchraydi. Bu kislotalaming ko‘pchiligi taurin, glitsin va sulfat kislota qoldig’i bilan bog’langan. O’t kislotasi faqat gepatotsitlarda sintezlanadi. Xol va xenodezoksixol kislotalar ham jigarda sintezlanadi. O’t tarkibida uchraydigan boshqa o ‘t kislotalari yo’g‘on ichakda mikroblaming faoliyati natijasida ana shu birlamchi o’t kislotalaridan hosil qilinadi. Odam o’tining asosiy ikkilamchi o’t kislotalariga dezoksixol va litoxollar kiradi. O ‘t safrodagi o’t kislotalari turg’un mitsellalar hosil qilib, lipid zarrachalari bilan kompleks hosil qiladi. Bu kompleksga o‘tning boshqa tarkibiy qismlari ~ bilirubin, xolesterin, letsitin (fosfatidilxolin), yog’ kislotalari va oqsillar kiradi. Odamlardagi asosiy o’t pigmenti bilirubin qizg’ish-sariq rangga ega. Bilirubin oksidlanishi natijasida ichaklarda hosil bo’iuvchi ikkinchi pigment biliverdin zangori rangga ega. O’t tarkibiga fosfolipidlar, o’t kislotalari, xolesterin, oqsil va bilirubindan iborat bo’lgan birikmalar majmuasi bor. Bu birikmalar ichakda lipidlaming tashilishi, ulaming ichak jigar orasida aylanib yurishi va umumiy modda almashinuvida katta ahamiyat kasb etadi. 0 ‘tning yog’larni hazm qilishda ahamiyati, ayniqsa, katta. U yog’lami emulsiyalashda ishtirok etadi, natijada triglitseridlarga lipaza ta’sir etadigan sathi kattalashadi. 0’t lipidlar gidrolizidan hosil bo’lgan moddalarni eritadi, ulaming so‘rilishi va enterotsitlarda triglitseridlar resintezini osonlashtiradi, me’da osti va ichak bezlari fermentlarini, ayniqsa, lipaza faolligini oshiradi. Shuningdek, o‘t oqsil, karbonsuvlar gidrolizi va so‘rilishini kuchaytiradi. Xolerez (o‘t hosil bo’lishi) va xolikinez (o‘t ajralishi) jarayonlari ingichka ichakning motor va sekretor faoliyatini, enterotsitlar proliferatsiyasi va ko‘chib tushishini kuchaytiradi. 0 ‘t kislotaliligini kamaytirish va pepsin faolligini yo‘qotish orqali o‘n ikki barmoq ichakka tushgan me’da shirasi ta’sirini to‘xtatadi. 0 ‘t bakteriostatik ta’sirga ham ega. Yog‘da eruvchi vitaminlar, xolisterin, aminokislotalar va kalsiy tuzlarining ichakda so‘rilishida o‘tning ahamiyati katta. 0 ‘tning asosiy tarkibiy qismi - o‘t kislotalari gepatotsitlarda sintezlanadi. Ingichka ichakdan o‘t kislotalaming 85-90%i qayta so‘riladi. So‘rilgan o‘t kislotalar darvoza venasi orqali qayta jigarga tushadi. Qolgan 10-15% o‘t kislotalari organizmdan axlat massalari tarkibida chiqib ketadi. Bu holat gepatotsitlarda yangi o‘t kislota molekulalarining sintezlanishi bilan to’diriladi. Umuman, o‘tning hosil bo’lishi moddalaming (suv, glukoza, kreatinin, elektrolitlar, vitaminlar, gormonlar va boshqalar) faol va passiv transporti tufayli, hujayra va hujayralaro kontaktlar orqali turli komponentlaming faol sekretsiyasi va suv hamda qator moddalaming kapillarlardan qayta so’rilishi natijasida amalga oshiriladi. 0 ‘tning hosil bo’lishida yetakchi rolni uning sekretsiyasi o‘ynaydi.

0 ‘T HOSIL BO‘LISHI VA AJRALISHINING BOSHQARILISHI 0 ‘t hosil bo‘lishi uzluksiz ravishda amalga oshadi, lekin jarayonning shiddatliligi turli regulator ta’sirlar ostida o‘zgaradi. Ovqatlanish jarayoni hamda ovqatning turi o‘t hosil bo‘lishini o‘zgartiradi. Hazm kanali va boshqa a’zolaming interoretseptorlari qitiqlanganda va turli shartli reflektor signallarga javoban o‘t hosil bo‘lishi va ajralishi reflektor ravishda o‘zgaradi. 0 ‘tning ajralishi o‘t pufagi va o‘n ikki barmoq ichak bo’shlig’idagi bosimlar farqiga va sfinkterlar holatiga bog‘liq. 0 4 pufagida quyidagi sfinkterlar farqlanadi: Mirissi sfinkteri (pufak va umumiy o‘t yo‘li qo‘shilgan joyda), Lutkens sfinkteri (o‘t pufagining bo‘ynida) va umumiy o‘t yo‘lida ampula yoki Oddi sfinkteri. Bu sfinkterlaming tonusi o‘t suyuqligining oqish yo‘nalishini belgilaydi. 0’t ajratuvchi apparatda bosim o‘t hosil bo‘lishi va ajralishining darajasi va o‘t pufagi mushaklar va sfinkterlaming tonusi yordamida hosil bo‘ladi. Bu qisqarishlar ma’lum bir tartibda bo‘lib, asab va gumoral mexanizmlar orqali boshqariladi. 0’t yo‘lida bosim 4-30 mm suv ust., o‘t pufagida esa hazm jarayonidan tashqari davrda 60-185 mm sim ust., hazm jarayoni davrida o‘t pufagi qisqarishi hisobiga 200-300 mm sim ust.gacha ko‘tariladi. Bunday bosimlar farqi mavjudligi o‘zgarishi tufayli o‘t o‘n ikki barmoq ichakka Oddi sfinkteri orqali chiqib ketadi. Ovqatning ko‘rinishi, hidi, uni iste'mol qilish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik turli odamlarda o‘t sekretsiyasiga turlicha ta’sir qiladi. Ko‘pincha o‘t pufagi oldin bo’shashib, keyin qisqaradi. 0 ‘tning biroz miqdori Oddi sfinkteri orqali o‘n ikki barmoq ichakka ajraladi. Bu o‘t ajralishning birinchi bosqichi bo‘lib, 7-10 daqiqa davom etadi. Undan keyin asosiy evakuator jarayon keladi. Bu jarayon davomida o‘t pufagining qisqarishi uning bo‘shashi bilan kutubxonasi navbat almashadi va o‘n ikki barmoq ichakka bosqichma-bosqich oldin umumiy o’t yo’lidan va o’t pufagidan, keyin esa jigardan o’t ajraladi. Xolirez (o’t hosil bo’lishi) va xolikinezlarning (o’t ajralishi) faolligi iste'mol qilingan ovqatning xiliga bog’liq. Tuxum sarig’i, sut, yog’li ovqatlar, non, go'sht kabi oziq moddalar o’t hosil bo’lishi va ajralishini kuchaytiradi. O’tni hosil qiluvchi gumoral omillarga birinchi bo’lib o’tning o’zi kiradi. Shuningdek, gastrin, XTsK-PZ, sekretin, prostaglandinlar ham o’t ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. O’t ajralishini XTsK-PZ, gastrin, sekretin, bombezin, atsetilxolin, gistaminlar kuchaytiradi. glukagon, kalsitonin, VIP, PP lar esa tormozlaydi. Parasimpatik asab tolalari qitiqlanganda о’t hosil bo’lishi va ajralishi kuchayadi, simpatik tola qitiqlanganda esa, aksincha, susayadi. Parasimpatik tola qo‘zg’alganda o‘t pufagi tanasi mushaklari qisqaradi, sfinkterlari esa bo'shashadi, natijada o’t o‘n ikki barmoq ichakka ajraladi. Simpatik asab qo’zg‘alganda sfinkter qisqaradi va o’t pufagi bo'shashadi. O’t pufagining bunday holati o’t to’planishi uchun sharoit yaratadi.
Download 16,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish