Ma’ruza ореrаtsiоп tizim va tаrmоqlагпiпg istiqboli ibm, нр, Oracle/Sun va boshqa fiгmаlаrining opeгatsion tizimlaгi. Ореrаtsiоп tizim rivojlanishida zamonaviy tendentsiyalar. Ореrаtsiоn tizimlarining qоbiqlari


Multidasturlashning xususiyatlari



Download 26,34 Kb.
bet2/3
Sana08.07.2022
Hajmi26,34 Kb.
#756736
1   2   3
Bog'liq
29-30-маъруза

Multidasturlashning xususiyatlari

  • Himoya mexanizmini amalga oshirish. Dasturlar mustaqil ravishda

resurslarni taqsimlash imkoniga ega bo‘lishi kerak emas, bu imtiyozli va imtiyozsiz buyruqlarni keltirib chiqardi. Imtiyozli buyruqlar OT tomonidan bajariladi.

  • Uzilishlar mavjudligi. Tashqi uzilishlar OT ni asinxron hodisa, masalan

kiritish/chiqarish operatsiyasi tugallanganligi haqida ogoxlantiradi. Ichki uzilish, OT aralashuvi zarur bo‘lganda yuz beradi, masalan himoyani buzishga bo‘lgan harakat.

  • Arxitekturada parallellashni rivojlantirish. Xotiraga bevosita murojaat

va kiritish/chiqarish kanalini tashkil etish, markaziy protsessorni qiyin operatsiyalarni bajarishdan xalos etadi. Albatta, multidasturlashni tashkil etishda OT roli juda muhimdir. U quyidagi operatsiyalar uchun javob beradi:

  • Tizimli chaqiriqlar yordamida OT va amaliy dasturlar orasida

interfeysni tashkil etish;  Xotiradagi topshiriqlardan navbat tashkil etish va topshiriq uchun protsessorni ajratish uchun protsessordan foydalanishni rejalashtirish;

  • Bir topshiriqdan ikkinchisiga o‘tish, hisoblashlarni to‘g‘ri tashkil etish uchun kontekstni saqlash;

  • Xotira chegaralangan resurs bo‘lganligi uchun, xotirani boshqarish algoritmi zarur, ya’ni xotiradan ma’lumotlarni olish, joylashtirish va almashtirish jarayonlarini tartibga solish talab qilinadi;

  • Ma’lumotlarni tashqi qurilmalarda fayl ko‘rinishida saqlashni va ma’lum fayllardan faqat aniq foydalanuvchilar foydalana olishini tashkil etish;

  • Dasturlarga ruhsatli (sanksiyali) ma’lumot almashish talab etilgani uchun, ularni kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash zarur;

  • Ma’lumotlarni to‘g‘ri taqsimlash uchun, ziddiyatli holatlarni yechishga to‘g‘ri keladi, bu ko‘pincha turli resurslar bilan ishlashda ro‘y beradi, shuning uchun harakatlarni dasturlar bilan sinxronlashtirish talab qilinadi.

Vaqtni taqsimlash tizimlarida foydalanuvchi, dasturni interaktiv rejimda sozlash imkoniga ega bo‘ldi, bunda u ma’lumotli diskga perfokarta orqali emas, bevosita klaviaturadan kiritishi mumkin bo‘ldi. On-line fayllarni yuzaga kelishi rivojlangan fayl tizimlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. To‘rtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha) Operatsion tizimlar rivojlanishidagi keyingi davr katta integral sxemalarni (KIS) yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan davrdir.
Bu yillarda integratsiya darajasi keskin o‘sishi va mikrosxemalar arzonlashishi yuz berdi. Kompyuterdan mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi. Arxitektura jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar turlari sinflaridan hech narsasi bilan farq qilmas edi, faqat ularning narxlarida farq bo‘ldi.
Minikompyuterlar korxona va universitetning bo‘limlariga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo‘lishiga imkon bergan bo‘lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson uchun yaratdi. Kompyuterlardan hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmaganlar ham keng ko‘lamda foydalana boshladilar, bu esa o‘z navbatida “do‘st” dasturiy ta’minotni yaratishni talab etdi, bu dasturchilarni alohida o‘rnidan qo‘zg‘atdi.
Operatsion tizimlar bozorida ikkita tizim ustunlik qila boshladilar: MS-DOS va UNIX OT lari. Bir foydalanuvchili MS-DOS OT lari Intel 8088 asosida qurilgan mikroprotsessorlar, va keyin 80286, 80386 va 80486 asosida qurilgan kompyuterlarda foydalanildi. Multidasturli, ko‘p foydalanuvchili UNIX operatsion tizimi Intel bo‘lmagan kompyuterlar muhitida ustunlik qila boshladi, ayniqsa yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan RISC-protsessorlar uchun. Tarmoq OTlarida, foydalanuvchi tarmoqda boshqa kompyuterlar mavjudligi haqida bilishlari va boshqa kompyuterga uning resurslaridan, asosan fayllaridan foydalanish uchun boshqa kompyuterga mantiqan kirishlari kerak edi. Tarmoqdagi har bir mashina, kompyuterning avtonom operatsion tizimidan tarmoqda ishlashga imkon beradigan qo‘shimcha vositalarga ega bo‘lgan lokal operatsion tizimi vazifasini bajaradi. Tarmoq operatsion tizimi, bir protsessorli kompyuter operatsion tizimidan asosli farq qilmaydi. Ularning tarkibida, albatta, tarmoq interfeysini qo‘llovchi (tarmoq adapteri drayveri) va shu bilan birga tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga masofadagi kirish vositalari va masofadagi fayllarga murojaat vositalari mavjuddir, ammo bu qo‘shimchalar operatsion tizimni tuzilishini tubdan o‘zgartirmaydi. Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz rivojlanish jarayonida klassik OT lar bajargan 6 ta asosiy funksiyalarni ajratishimiz mumkin:

  • vazifalarni (yoki topshiriq) rejalashtirish va protsessordan foydalanish;

  • dasturlarni kommunikatsiya va sinxronizatsiya vositalari bilan ta’minlash;

  • xotirani boshqarish;

  • fayl tizimini boshqarish;

  • kiritish/chiqarishni boshqarish;

  • xavfsizlikni ta’minlash.

Har bir keltirilgan funksiyalar odatda OT tarkibidagi komponentalaridan biri sifatida amalga oshirilgan. Ular boshidanoq, OT komponenti sifatida yaratilgan emas, ular rivojlanish jarayonida yuzaga keldi. Inson yaratgan hisoblash tizimi rivojlanishi (evolyutsiyasi) shu yo‘ldan ketdi, ammo hech kim bu yo‘l rivojlanishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li deb isbot qila olmaydi.
Endi OT larga tegishli asosiy tushunchalar bilan tanishganimizdan, hisoblash jarayonlarini tashkil etish aniq mexanizmlarini oʼrganganimizdan soʼng, qisqacha zamonaviy OT lar xususiyatlarini koʼrib chiqamiz.
Shuni taʼkidlash lozimki, eng zamonaviy boʼlib, hozirgi vaqtda MS kompaniyasining Windows oilasiga mansub OT lar hisoblanadi. Bu Windows 95/98/ME, Windows NT/2000 va Windows XP/2003 yangi avlodidir.
Hozir esa, biz, MS maxsulotiga mansub boʼlmagan OT lar, UNIX ga oʼxshash Linux va Free BSD, QNX va OS/2 larni koʼrib chiqamiz. Biz, UNIX oilasi OT larining arxitektura xususiyatlarini koʼrib chiqamiz. QNX tizimi esa juda taniqli va eng yaxshi, real vaqt tizimlariga mansubdir. OS/2 OTi esa, amalda ishlatilmayaptgan boʼlsa ham, u eng birinchi, bir nechta operatsion muhitni qoʼllovchi toʼlaqonli va ishonchli mulьtidasturli va mulьtimasalali OT dir.

Download 26,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish