Ma’ruza ореrаtsiоп tizim va tаrmоqlагпiпg istiqboli ibm, нр, Oracle/Sun va boshqa fiгmаlаrining opeгatsion tizimlaгi. Ореrаtsiоп tizim rivojlanishida zamonaviy tendentsiyalar. Ореrаtsiоn tizimlarining qоbiqlari



Download 26,34 Kb.
bet1/3
Sana08.07.2022
Hajmi26,34 Kb.
#756736
  1   2   3
Bog'liq
29-30-маъруза


29-30-Ma’ruza
ОРЕRАTSIОП TIZIM VA TАRMОQLАГПIПG ISTIQBOLI
IBM, НР, Oracle/Sun va boshqa fiгmаlаrining opeгatsion tizimlaгi. Ореrаtsiоп tizim rivojlanishida zamonaviy tendentsiyalar. Ореrаtsiоn tizimlarining qоbiqlari. Оргаtsiоn tizimlarda taqsimlangan, рагаllеl vа bulutli hisoblashlar jarayonlarini qo'llash


Reja:

  1. Ореrаtsiоп tizim rivojlanishida zamonaviy tendentsiyalar.

  2. Ореrаtsiоn tizimlarining qоbiqlari.


Tayanch so’z va iboralar: Ореrаtsiоп tizim , amaliy dasturlar, matn redaktorlari, Fayllarni boshqarish tizimi, jarayonlarni boshqarish tizimi, drayverlar, bult texnologiyasi, server, bultda hisoblash.

Hammaga ma’lumki, kompyuter ingliz matematigi Charlz Bebbij tomonidan XVIII asr oxirida kashf etildi. Uning “analitik mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi texnologiyalar hisoblash texnikasi uchun zarur bo‘lgan aniq mexanika qismlarini tayyorlash bo‘yicha zarur talablarni qondiradigan texnologiyalar mavjud bo‘lmagan. Yana eng asosiy narsa, u vaqtda kompyuter operatsion tizimga ega bo‘lmagan.


Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda, ikkinchi jahon urushidan keyin ma’lum taraqqiyot-rivojlanish yuz berdi. 1940yillar o‘rtalarida birinchi lampali mashinalar yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh mutaxassislar hisoblash mashinalarini ham loyihalashda, ham ekspluatatsiya qilishda va dasturlashda ham shu guruh mutaxassislari ishtirok etganlar. Bu jarayon ko‘proq, kompyuterdan asbob-uskuna sifatida turli amaliy sohalar masalalarini yechishda foydalanish emas, balki hisoblash texnikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yaqinroq edi. Dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi.
OT to‘g‘risida gap ham yo‘q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish masalalari, har bir dasturchi tomonidan boshqaruv pulti orqali “qo‘lda” yechilar edi. Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o‘tirishi mumkin edi. Dastur mashina xotirasiga eng yaxshi holatda perfokarta kolodasidan kiritilar edi, odatda esa o‘tkazish paneli yordamida yuklanar edi. Hisoblash tizimi bir vaqtning o‘zida faqat bitta operatsiyani (kiritish/chiqarish yoki hisoblashlarni) bajarar edi.
Dasturni sozlash boshqarish panelidan xotira va mashina registri holatini o‘rganish yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy ta’minot yuzaga keldi. 1951-1952 yillar belgili tillar (Fortran va boshqa) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi, 1954yilda esa IBM-701 uchun Assembler tili ishlab chiqildi. Vaqtning eng ko‘p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi, dasturlarning o‘zi esa qat’iy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi deb ataldi.
Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash tizimlarining yuqori narxi, ularning soni kamligi va foydalanishning past samarasi bilan belgilandi.
Ikkinchi davr (1955-1965 yillar) 1950yil o‘rtalariga kelib, hammaga ma’lumki yangi texnik baza yarim o‘tkazgich elementlarni yuzaga kelishi bilan, hisoblash texnikasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ikkinchi avlod kompyuterlari ishonchliroq bo‘lib qoldi, chunki ular amaliy muhim masalalarni bajarish darajasida uzluksiz ravishda uzoq ishlay oladigan imkoniyatga ega bo‘ldilar. Aynan shu davrda hisoblash texnikasi bilan ishlaydigan mutaxassislar, dasturchilar, operatorlar, ekspluatatsiyachilar va hisoblash mashinasini ishlab chiqaruvchilarga ajraldilar. Shu yillarda birinchi alogritmik tillar yuzaga keldi va natijada birinchi tizimli dasturlar kompilyatorlar ham yaratildi. Protsessor vaqti qiymati (narxi) oshdi, bu esa dasturlar orasidagi vaqtni qisqartirishni talab qildi. Birinchi paketli ishlov berish tizimlari yuzaga keldi, bu tizimlarda dasturlarni ishga tushirish ketma-ketligini avtomatlashtirildi va shu bilan birga protsessor yuklanish koeffitsienti oshdi. Paketli ishlov berish tizimlarini zamonaviy OT larining birinchi variantlari deyish mumkin, chunki ular hisoblash tizimini boshqarishga mo‘ljallangan birinchi tizimli dasturlar edi. Paketli ishlov berish tizimlarini amalga oshirishda, topshiriqlarni boshqarishning formallashgan tili ishlab chiqildi, uning yordamida dasturchi tizimga va operatorga hisoblash mashinasida qaysi ishni bajarmoqchi ekanligi haqida ma’lumot beradi. Bir nechta topshiriqlar majmuasi, qoida bo‘yicha perfokartalar “koloda”si ko‘rinishida bo‘lib, topshiriqlar paketi nomini oldi.
Uchinchi davr (1965-1980 yillar) Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu yillarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda, texnik bazada quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi: alohida yarim o‘tkazgichli elementlardan (tranzistor turidagi) integral mikrosxemalarga o‘tildi, bu esa yangi uchinchi avlodga, yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, integral mikrosxemalarda yaratilgan birinchi dasturiy-mutanosib mashinalardir, ya’ni IBM/360 mashinalari seriyasidir. 1960yillar boshida yaratilgan bu mashinalar oilasi ikkinchi avlod mashinalaridan baho/unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha oldinga anchagina o‘tib ketdi. Tezda, dasturiy-mutanosib mashinalar g‘oyasi tan olindi.
Dasturiy mutanosiblik OT larni ham mutanosibligini talab qildi. Bunday operatsion tizimlar ham katta EHM da ham, kichik hisoblash tizimlarida ham, turli yordamchi (periferik) qurilmalarning kam soni va ko‘p soni bilan ham, tijorat sohasida ham, ilmiy-tadqiqot sohalarida ham ishlay olishi kerak. Shunday hamma qarama-qarshi talablarni qondiradigan asosda quriladigan operatsion tizimlar juda murakkab “monstr”lar bo‘lib chiqdi. Ular ko‘p millionli assembler qatorlaridan iborat bo‘lib, minglab dasturchilar tomonidan yozilgan bo‘lib, minglab xatolarni o‘z ichiga oladi, ular minglab tuzatishlarga olib keladi. Operatsion tizimning har bir yangi versiyasida biror xatolar tuzatilib, yangisi yuzaga keldi. Ko‘pgina muammollar va juda katta o‘lchamga qaramasdan OS/360 va unga o‘xshash 3-avlod operatsion tizimlari haqiqatdan ham iste’molchilarning ko‘pgina talablarini qondirdilar. Bu avlodning eng katta erishgan yutuqlaridan bir multidasturlashni amalga oshirishdir.
Multidasturlash – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli bo‘lib, bitta protsessorda navbat bilan bir nechta dastur bajariladi. Bitta dastur kiritish/chiqarishni amalga oshirguncha keyingi dasturlarni oldingi ketma-ket bajarilishdagi kabi (bir dasturli rejim) protsessor to‘xtab turmaydi, balki boshqa dasturni bajaradi (ko‘p dasturli rejim). Bunda har bir dastur operativ xotiradagi bo‘lim deb ataluvchi o‘z qismiga yuklanadi.
Boshqa yangilik – buferlash (spooling) deb ataladi. Buferlash u vaqtda hisoblash jarayonini tashkil etish usullaridan biri bo‘lib, unga mos ravishda topshiriq perfokartadan diskga hisoblash markazida paydo bo‘lish tartibida yoziladi, keyin esa navbatdagi topshiriq tugallanishi bilan, yangi topshiriq diskdan bo‘shagan bo‘limga yuklanadi.
Paketli ishlov berishni multidasturlashli amalga oshirish bilan birga, OTlarning yangi turi – vaqtni taqsimlash tizimlari yuzaga keldi. Vaqtni taqsimlash tizimlarida qo‘llaniladigan multidasturlash varianti, har bir foydalanuvchi uchun hisoblash mashinasidan yagona foydalanish tasavvurini hosil qilishga imkon beradi. Multidasturlashni yuzaga kelishi hisoblash tizimi tuzilishiga chuqur o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Bunda asosiy rolni apparat tomonidan qo‘llanish o‘ynaydi, uning asosiy xususiyatlari quyida keltirilgan:

Download 26,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish