yo‘lidagi yashash xususiyati chegaralangan. Tuxum hujayra bir kun ichida urug‘lanishi mumkin,
bu muddatdan keyin esa
undagi metabolik jaraѐnlar susayadi va u halok bo‘ladi. Spermatozoidlar 1-2 kun davomida
urug‘lanishga moyiligini saqlaydi, harakatchanligini esa 3-4 kun ushlab turishi mumkin. Hozirgi
paytda sun’iy urug‘lantirish uchun spermani muzlatish usuli ishlab chiqilgan, muzlatilgandan
so‘ng ular yashash qobiliyatini saqlab qoladi.
Ikkinchi bosqich – o‘zaro tutashuv bosqichi. Urug‘lanish bachadon nayining yuqori qismida ro‘y
beradi. Spermatozoidlar tuxum hujayraning ichiga teshib kirishi uchun avval follikulyar
hujayralardan va yaltiroq pardadan utishi lozim. Bu akrosomal reaksiya ѐrdamida amalga oshadi.
Akrasoma – bu spermatozoid boshida lizosoma tipidagi membrana hosilasidir. Uning mebranasi
spermatozoidning plazmatik membranasi bilan ko‘shiladi, mayda pufakchalar hosil qiladi,
spermatozoidning boshchasidan ajraladi. Akrosoma tarkibida turli gidrolazalar farqlanadi:
gialuronidaza, proteaza, glikozidaza, lipaza, neytraminidaza, fosfataza, tripsin.
Spermatozoidning yaltiroq zonasi teshib o‘tish mexanizmi shundan iboratki dastlab u yaltiroq
parda bilan bog‘lanadi va uning ma’lum qismini yemiradi, shu joydan spermatazoid yaltiroq
parda va tuxum hujayraning plozmolemmasi orasidagi perivitellin sohasiga tushadi. Hosil
bo‘lgan kontakt joyida do‘mboq hosil bo‘ladi (urug‘lanish dumbog‘i), plazmatik membrana
eriydi, do‘mboq shishib, spermatozoidni ushlab turadi. Bu jaraѐn urug‘lanishning ichki fazasi
deb ataladi (uchinchi bosqich). Bu paytida spermatozoid dumini, o‘rta qismidagi
mitoxondriyalarni, akrosoma
qoldiqlarini yo‘qotadi, yadro esa shisha boshlaydi. Tuxum hujayra yadrosida ham xuddi shu
jaraѐn yuz beradi va endi bu yadrolar pronukleuslar deb ataladi. Ularda DNKning replikatsiyasi
yuz beradi. Ular eriydi va ularning xromosomalari aralashib ketadi (singamiya). Yadrodagi bu
jaraѐn sinkarion deb ataladi, shundan so‘ng esa tuxum hujayra zigota deb yuritiladi
Spermatozoid kirganidan bir necha minut o‘tganidan so‘ng tuxum hujayrada kortikal reaksiya
boshlanadi. Tuxum hujayrasining periferik qismida joylashgan kortikal granulalar plazmatik
membrana bilan birga eriydi va hosil bo‘lgan modda tuxum hujayra atrofiga ajraladi. Donachalar
tarkibidagi gidrolaza yaltiroq parda va plazmolemma o‘rtasidagi bog‘lanishni buzadi,
spermatozoid va yaltiroq parda orasida bog‘lanish buziladi, yaltiroq pardani mustahkamlaydigan
omil ajralib chiqadi. Ya’ni kortikal reaksiya tuxum hujayraga boshqa spermatozoidlarning
kirishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, spermatozoidning tuxum hujayra bilan ko‘shilishi
natijasida plozmolemma zaryadi (membrana potensiali) manfiydan musbatga tez o‘zgaradi va 20
min. gacha shu holatda turadi. Agar bu potensial tez pasayib ketsa, polispermiya yuz berishi
mumkin. Ba’zi hayvonlarda hattoki bir necha spermatozoid kirib olgan taqdirda ham, ularning
ortiqchasini aktivsizlashtiradigan mexanizm mavjud. Kortikal reaksiya urug‘lanish qobig‘i hosil
bo‘lishi bilan yakunlanadi, qobiq kortikal granulalardan va eng ichki dirildoq qavatdan tashkil
topgan. Bu qobiq maydalanish davri davomida saqlanib turadi. U homilaning tuxum yo‘lidan
o‘tishi davomida uning himoyasini ta’minlab turadi, uning maxsus tarkibini atrofidagi muxit
bilan moslab turadi.
Genetika jinsini U-xromosoma aniqlaydi. U-xromosoma erkak tipiga taalluqli jinsiy bezlarning
differensirovkasi uchun muhim bo‘lgan omilni kodlashga javobgar, keyinchalik esa
differensiallashni gormonlar aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: