Yonilg‘i quyish kolonkalari hududi. Shiypon ostidagi hududda yonilg‘i quyish kolonkalari o‘rnatilgan, asosiy maydondan – 150–250 mm ga metall va betondan ko‘tarilgan orolchalar, yuzasi yonmaydigan matyeriallar bilan qoplangan, yoritish chiroqlari va firma belgilari o‘rnatilgan, yong‘inga qarshi jihozlangan ustunlar, opyerator xonasiga o‘tish yo‘lakchalari, ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalarida kassa xonalari yoki naqd pullarni saqlash uchun seyflar, kassa apparatlari ham o‘rnatilgan (1.3-rasm).
Orolchalar shu yerga o‘rnatilgan YoTK va boshqa jihozlarni transport vositalari tomonidan shikast yetkazmasliklarini ta’minlash maqsadida silliqlangan va jilvirlangan po‘lat elementlar bilan chegaralangan bo‘ladi.
Yonilg‘i quyish shoxobchasi asosiy boshqaruv binosi, aksariyat hollarda, zavodda tayyorlangan modullardan tashkil topadi va opyeratorlar, adminstratorlar chilangarlar va qorovullar uchun xonalarni, elektr shitlari xonasini, kichkina ombor xonani, xodimlarning kiyinish va yuvinish xonalarini, xodimlar va mijozlar uchun alohida hojatxonalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |