9.5-rasm. YoQShdagi orolcha va unga o‘rnatilgan yonilg‘i tarqatish kalonkasi
Ushbu boshqaruv binosi joylarda alohida loyihalar asosida ham qurilshi mumkin bo‘lib, u yerda havoni sovutish va isitish tizimlari, telekuzatuv, havo almashtirish jihozlari, elektr quvvati, suv sarflari hisoblagichlari, ovozli aloqa vositalari hamda qo‘riqlash va yong‘inga qarshi ovoz chiqarish moslamalari bilan jihozlanadi.
Yonilg‘ilar saqlash sig‘imlari joylashgan mintaqa. Yonilg‘ilarni saqlash jarayoni eng xavfli jarayonlardan bo‘lganligi uchun muqim joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchalarida yonilg‘i sig‘imlari alohida mintaqaga joylashtiriladi.
Ular yerostiga, yer ustiga yoki qisman yer ostiga tushirilgan holatlarda joylashtiriladi.
Yonilg‘i quyish shoxobchalarida asosan gorizontal joylashgan turli hajmli sig‘imlar ishlatiladi.
Sig‘imlar soni loyiha asosida qabul qilinadi va tarqatiladigan yonilg‘ilar navlari sonidan kam bo‘lmasligi kyerak.
YoQSh inshootlarining umumiy ko‘rinishlaridan namunalar 1.4-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |