ASL BIRIKТIRUVChI ТO’QIMA
Reja:
Asl biriktiruvchi to’qima xillari.
Siyrak biriktiruvchi to’qima.
Siyrak biriktiruvchi to’qima hujayralari.
Biriktiruvchi to’qima tolalari.
Retikulyar to’qima.
Zich biriktiruvchi to’qima.
Adabiyotlar.
Тayanch iboralar.
Biriktiruvchi to’qima asl biriktiruvchi to’qimadan, tog’ay va suyak to’qimasidan iborat. Biriktiruvchi to’qima eng yuksak tarqalgan to’qima bo’lib, organizmda bu tuzilma bo’lmaydigan a’zo yo’q. Biriktiruvchi to’qima trofik, himoya, plastik, "o’rin bosish", mexanik yoki tayanch vazifalarini bajaradi. Mexanik vazifasi, ayniqsa, tog’ay va suyak to’qimalariga xos bo’lib, ular skelet hosil qiladi. Biriktiruvchi to’qimada ba’zi bir kasalliklarda ekstramedullyar orolchalar hosil bo’lib, unda qon shaklli elementlari yaratilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |