Biriktiruvchi to’qima hujayra elementlari
Siyrak biriktiruvchi to’qima hujayra elementlari quyidagi hujayralardan: fibroblast, makrofag, plaz-matik (plazmotsit), to’qima bazofili (semiz hujayra), peritsit, retikulyar, adipotsit (lipotsit yoki yog’ hujayra), pigment, endoteliy va adventitsial hujayralardan iborat. Bulardan tashqari, biriktiruvchi to’qimada qon orkali o’tgan shaklli elementlari (leykotsitlar)ham uchraydi.
Fibroblastlar
Fibroblastlar (lat. fibra-tola, yunon. blastos - kurtak) biriktiruvchi to’qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanadi. Fibroblastlar yirik noto’g’ri shakldagi hujayra bo’lib, qobig’i bir talay uzun o’simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina aniq ko’rinadi. Fibroblastlar sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma, ichki-endoplazma tafovut qilinadi.
Fibroblast yadrosi yirik, cho’zinchoq shaklda bo’lib, o’zida asosan mayda euxromatin tutadi. Kam dif-ferensiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. Hujayra differensiallanishi davomida yadrochalar yo’qolib boradi. Hujayra sito-plazmasining submikroskopik tuzilishi ham dif-ferensiallanish darajasiga bog’liqdir. Kam diffe-rensiallashgan fibroblastlarda hujayra organel-lalari hali unchalik taraqqiy etmagandir. Diffe-rensiallanish davomida fibroblastlar sintez qobi-liyatiga ega bo’lgan aktiv hujayralarga aylanadi.
Sitoplazmada juda yaxshi rivojlangan endo-plazmatik to’r, Golji kompleksi, mitoxondriyalarni, lizosomalarni ko’rish mumkin.
Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoq-larda diametri 6-7 nm mikrofibrillalar yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Biriktiruvchi to’qimada turli darajada yetilgan fibroblast hujay-ralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibro-sitlarni o’z ichiga oladi. Yosh fibroblastlar mitoz yo’li bilan ko’payish qobiliyatiga ega bo’lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo’ladi. Funksional jihatdan eng aktiv hujayralar bo’lib yetuk fibroblastlar hisoblanadi. Fibrotsitlar-fibroblastlarning defi-nitiv shakli bo’lib, bu hujayralarda organellalar keskin kamaygan bo’ladi.
Ba’zi bir sharoitlarda fibroblastlar silliq mushak hujayralariga o’xshash bo’lgan miofib-roblastlarga aylanishi mumkin. Miofibroblastlar silliq mushak hujayralaridan juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to’r tutishi bilan farqlanadi.
Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda esa o’zak hujayralardan hosil bo’ladi. Dastavval fibro-blastlarning boshlang’ich hujayralari differensial-lashib, ulardan yosh fibroblastlar, so’ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |