Maruza matnlari


Mashg’ulot bosqichlari



Download 231,85 Kb.
bet7/15
Sana17.06.2021
Hajmi231,85 Kb.
#68340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Mashg’ulot

bosqichlari

Vaqt

Mashg’ulot mazmuni

Metod

Kirish

5 daqiqa 1 0 d aqi q a

Mashg’ulot mavzusi, maqsadi, kutilayotgan natijasini bayon qilish.

T al ab alarning o’tgan ma'ruza mashg’ulotni o’zlashtirish darajasini aniqlash.

Ma'ruza

Savol-javob

Asosiy qism

25

daqiqa

30

daqiqa

Innovatsion texnologiyalar”lar va darsning texnologik xaritasi tushunchalari haqida ma'lumotlar beradi.

Kichik guruhlarga mavzu bo’yicha muhokama qilinadigan 4 xil murakkablik darajasidagi nazorat topshiriqlarini echish vazifasi yuklatiladi.

Ma'ruza Taqdimot Aqliy hujum Kichik guruhlarda ishlash

Yakuniy

qism

10

daqiqa

Kichik guruhlar tahlili, xulosa qilish va yakun yasash.

Bahs-

munozara


Darsning texnologik xaritasi.



Bajariladigan ish mazmuni

Amalga

oshiruvchilar

1

Tayyorlov bosqichi:

*Maqsad: “Innovatsion texnologiyalar”lar va darsning texnologik xaritasi tushunchalari to’g’risidagi ma'lumotlarni tushunish.

*Vazifalar:

  • bo’lajak o’qituvchilarda “Innovatsion texnologiyalar”lar va darsning texnologik xaritasi tushunchalari haqidagi ko’nikmalarini shakllantirish;

  • muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish;

  • bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash.

*Mazmun: talabalarning egallashi lozim bo’lgan bilim.

O'qituvchi

2

Darsni tashkil etish bosqichi:

Uslub: Og’zaki bayon qilish.

Shakl: ma'ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoada ishlash.

Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari.

Usul: tayyor yozma materiallar.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.

Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash.

O'qituvchi

3

Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum, mikroguruhda ishlash va boshqa metodlar orqali nazorat topshiriqlarini echishga yo’naltiriladi.

  • talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish to’g’risidagi fikrlarini o’zaro muhokama qilishadi.

  • o’zi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi.

Talaba

4

Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi:

  • talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ularga aniqlashtiruvchi savollar beriladi.

  • mikroguruhlarning javoblari to’g’risida talabalar fikri aniqlanadi.

  • javoblar tahlil etiladi.

O'qituvchi - Talaba

5

Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning bergan javoblaridan ko’pchilik fikriga mos kelgani alohida ajratib olinadi;

  • talabalarning nazorat topshiriqlarini echishdagi faolligi, intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimi orqali baholanadi;

  • yakuniy fikr aytiladi;

  • mustaqil ish topshiriqlari beriladi.

O'qituvchi

1 - asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: “Innovatsion texnologiyalar”lar haqida ma' lumotlar berish.

Identiv o’quv maqsadlari:


  1. “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchasi mazmunini ochib bera oladi.

  2. “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchalarini farqlay oladi.

  1. asosiy savolning bayoni: “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchasi. Shu

vaqtgacha an'anaviy ta'limda talaba(yoki o’quvchi)larni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba(yoki o’quvchi)larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so’ndirar edi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar talaba(yoki o’quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida talaba(yoki o’quvchi) asosiy figuraga aylanadi.

Pedagog - olimlarning yillar davomida ta'lim tizimida

Nega o’qitamiz? Nimani o’qitamiz? Qanday o’qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda

Qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin? - degan savoliga ham javob qidirdilar.

Bu esa, olim va amaliyotchilarni o’quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya'ni o’qitishni ishlab - chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko’rish mumkin, degan fikrga olib keladi.



Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo’nalishini yuzaga keltiradi.

Bugungi kunda ta'lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:



Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta' limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.

Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta'lim-tarbiya jarayoninig maqsadlaridan boshlab, tashhis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.

To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta'minlaydi.

O'quv - tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (yoki o’quvchi)dan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.

Har qanday pedagogik texnologiyaning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba(yoki o’quvchi)ni kim o’qitayotganligi va o’qituvchi kimni o’qitayotganiga bog’liq..

Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.

Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikirlaydigan shaxslar kerak.

Shuning uchun ham, ta'lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.

Pedagogik texnologiya va ularning ta'limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba(yoki o’quvchi)larni bilimli va etuk malakaga ega bo’lishlarini ta'minlaydi.

Innovatsiya (ingilizcha innovation ) - yangilik kiritish, yangilik demakdir.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba(yoki o’quvchi) faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.

Interfaol (“Inter”-bu o’zaro, “act”-harakat qilmoq) - o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, o’qitishning interfaol uslubiyatlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarini tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talaba (yoki o’quvchi)larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.

Bu uslublarning o’ziga xosligi shundagi, ular faqat pedagog va talaba (yoki o’quvchi)larning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:



  • talaba (yoki o’quvchi)ning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

  • talaba (yoki o’quvchi)larning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarining doimiyligini ta'minlanishi;

  • talaba (yoki o’quvchi)larning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

  • pedagog va ta'laba (yoki o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini

  • doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.

Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o’rganayotgan ba'zi o’qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya - faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan o’qitishning texnik vositalari, kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnik vositalar. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq. O'qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta'lim texnologiyasi o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi) o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida talaba (yoki o’quvchi)lar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu - o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. O'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya'ni texnologiyaga bog’liq.

O'qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bundan talaba (yoki o’quvchi)larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga ershish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo’ladi. Bularning hammasi o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)larga bog’liq..

Shu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talaba (yoki o’quvchi)ni ta'limning markaziga olib chiqish kerak.

2 - asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Darsning texnologik xaritasi tushunchalari haqida ma'lumotlar berish.

Identiv o’quv maqsadlari:



  1. Darsning texnologik xaritasi tushunchalarini ochib bera oladi.

  2. Darsning texnologik xaritasi tushunchalarini farqlay oladi.

  1. asosiy savollarning bayoni:

Darsning texnologik xaritasi.

O'qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchi uchun bo’lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

Texnologik xaritani tuzish oson ish emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p uslub va usullarni bilishi kerak. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq..

Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinish (yoki shakl)da tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq.. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi o’qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi) faoliyatining barcha qirralari o’z aksini topadi.



Misol tariqasida quyida informatika fanidan “Informatikani o’qitishning tamoyillari, shakli va metodlari” mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini havola qilamiz.

Texnologik xarita.

Mavzu

Informatikani o’qitishning tamoyillari, shakli va metodlari

Maqsad,

vazifalar.

Maqsad: - Informatika o’qitishning tamoyillari, tashkiliy shakllari va metodlari haqida tushunchalarni egallash va farqlash.

Vazifalar: - talabalarda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va kengaytirish;

- mavzuga oid tarqatilgan materiallarni, nazorat topshiriqlarini talabalar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali nazorat topshiriqlari qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini aniqlash;

O'quv

jarayonining

mazmuni.

O'qitish tamoyillari, tushunchalari, o’qitishning tashkiliy shakllari, talabalarning hamkorlikda ta'lim olish metodi, o’qtish metodlarini farqlash, og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni o’rganish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.

Uslub: Og’zaki bayon qilish, “Bumerang” texnologiyasi.

Shakl: Suhbat-munozara, amaliy mashg’ulot, kichik guruhlar va jamoada ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar: matnlar, ariza, ma lumotnoma, xabarnoma blankalari.

Usul: Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida.

Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.

Kutilgan

natijalar.

O'qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. Talabalar faolligini oshiradi. Talabalarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir mashg’ulot jarayonida barcha talabalarni baholaydi. O'z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga etkazish, savol berish va savollarga javob berishga o’rgatadi.

Talaba (yoki o'quvchi): Yangi bilimlarni egallaydi , yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O'z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma'lumotga ega bo’ladi va baholay oladi.


O'qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O'z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. Talaba (yoki o'quvchi): Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O'z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir echimga kelish malakasini hosil qiladi.



O'qituvchi o’qiyotgan fanining har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzgan texnologik xaritasi, unga fan (yoki predmet)ni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishiga (bir semestr, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erilishadigan natijasini ko’ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritaning talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta'limning markaziga olib chiqishga va bu bilan o’qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.

O'quv jarayonida talaba (yoki o’quvchi)larga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy uslublarning qo’llanilishi, talaba (yoki o’quvchi)larni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga va o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini, shuningdek pedagogga nisbatan hurmatini kuchaytiradi.

Ta'lim-tarbiya jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’tmish allomalarimizning g’oya va qarashlaridan foydalanish talaba (yoki o’quvchi)larni o’qitish va tarbiyalashni yanada samarali bo’lishini ta'minlaydi.

Bunday natijaga erishish o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarini qo’llashni taqozo etadi. Texnologiyalar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba'zilarini tashkil etish va ularni o’tkazish tartibi haqida to’xtalamiz. Talaba (yoki o’quvchi)larda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, etuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradigan tavsiyalar beramiz.

Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchilar o’quv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan texnologiyalarni xuddi shu tartibda o’tkazishlari shart emas. Har qaysi o’qituvchi bu texnologiyalar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda o’zlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan texnologiyalarni to’liq yoki ularning ba'zi bir bosqichlari elementlarini ishlatishlari mumkin.

Mustaqil ish topshiriqlari:



  1. “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchalari haqida Sizning mulohazalaringiz?.

  2. Darsning texnologik xaritasi tushunchalari haqida Sizning fikringiz va mulohazalaringiz? Biror mavzu bo’yicha darsning texnologik xaritasini tuzing.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y.

  2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar(ta'lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). Toshkent 2008 y., 181 b.

  1. Mavzu. Ta'lim jarayonida innovatsiyalar, innovatsion pedagogik faoliyat

Mashg’ulot turi: ma'ruza Ajratilgan vaqt: 2 soat

Asosiy savollar:



  1. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari

  2. Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, vazifalari va rivojlanish jarayoni bosqichlari Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: innovatsiya, pedagogik innovatsiya, pedagogik innovatsiyaning muhim belgilari, pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari.

Mashg’ulotning tafsiloti:


Download 231,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish