Maruza matnlari


Mashg’ulot bosqichlari



Download 231,85 Kb.
bet14/15
Sana17.06.2021
Hajmi231,85 Kb.
#68340
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mashg’ulot

bosqichlari

Vaqt

Mashg’ulot mazmuni

Metod

Kirish

5 daqiqa 1 0 d aqi q a

Mashg’ulot mavzusi, maqsadi, kutilayotgan natijasini bayon qilish.

T al ab alarning o’tgan ma'ruza mashg’ulotni o’zlashtirish darajasini aniqlash.

Ma'ruza

Savol-javob

Asosiy qism

25

daqiqa

30

daqiqa

O' qituvchi informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish, baholashning zamonaviy metodlari va vositalari haqida ma'lumotlar beradi.

Kichik guruhlarga mavzu bo’yicha muhokama qilinadigan 4 xil murakkablik darajasidagi nazorat topshiriqlarini echish vazifasi yuklatiladi.

Ma'ruza Taqdimot Aqliy hujum

Kichik

guruhlarda

ishlash

Yakuniy

qism

10

daqiqa

Kichik guruhlar tahlili, xulosa qilish va yakun yasash.

Bahs-

munozara






Bajariladigan ish mazmuni

Amalga

oshiruvchilar

1

Tayyorlov bosqichi:

*Maqsad: informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish, baholashning zamonaviy metodlari va vositalari to’g’risidagi ma'lumotlarni tushunish. *Vazifalar:

  • bo’lajak o’qituvchilarda informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish, baholashning zamonaviy metodlari va vositalari haqidagi ko’nikmalarini shakllantirish;

  • muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish;

  • bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash.

*Mazmun: talabalarning egallashi lozim bo’lgan bilim.

O'qituvchi

2

Darsni tashkil etish bosqichi:

Uslub: Og’zaki bayon qilish.

Shakl: ma'ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoada ishlash.

Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari.

Usul: tayyor yozma materiallar.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.

Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash.

O'qituvchi

3

Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum, mikroguruhda ishlash va boshqa metodlar orqali nazorat topshiriqlarini echishga yo’naltiriladi.

  • talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish to’g’risidagi fikrlarini o’zaro muhokama qilishadi.

  • o’zi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi.

Talaba

4

Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi:

  • talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ularga aniqlashtiruvchi savollar beriladi.

  • mikroguruhlarning javoblari to’g’risida talabalar fikri aniqlanadi.

  • javoblar tahlil etiladi.

O'qituvchi - Talaba

5

Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning bergan javoblaridan ko’pchilik fikriga mos kelgani alohida ajratib olinadi;

  • talabalarning nazorat topshiriqlarini echishdagi faolligi, intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimi orqali baholanadi;

  • yakuniy fikr aytiladi;

  • mustaqil ish topshiriqlari beriladi.

O'qituvchi




  1. asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish tushunchalarini talabalarda shakllantirish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.

  2. Informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

  1. asosiy savol bayoni: Ta'lim mazmunini takomillashtirish o’qituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta'lim-tarbiya tizimiga qay darajada qo’llay olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda ko’rib o’tdik.

O'qituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarda o’z ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: "o’quv-bilish jarayonidagi mustaqillik", "ta'lim-tarbiya jarayonidagi faollik", "ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi" talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu ko’rsatkich talabani bo’lajak o’qituvchi sifatiga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham o’z ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida va bo’lajak o’qituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qo’yilgan baho hisoblanadi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta'lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda bo’lajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e'tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo’lgan e'tiborsizlikka olib keladi.

Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga bo’linadi. Nazoratning joriy turi barcha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni undan avval o’zlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq bo’ladi. O'quvchi yoki talaba dastur talablari asosida har bir mavzuni o’z vaqtida o’zlashtirib bora olishi yoki o’zlashtira olmasligi joriy nazoratda ma'lum bo’ladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda ko’rinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malaka asosida navbatdagi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.

Ta'limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular to’plamiga oid bilimlar baholanib boriladi.

Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida e'tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba o’zini o’zi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.

Dasturda belgilangan soatlar (ya'ni rejadagi barcha mavzular) to’liq bajarilib bo’lingach, yakunny nazorat qabul qilinadi.

Yakuniy nazoratda ta'limning ilmiyligi va ta'lim-tarbiyaning birligi printsipiga alohida e'tibor qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumnnng pedagogik taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talabaning qay darajada ta'limiy maqsadni qo’ya olishi va unga erishish yo’llari, ya'ni talaba bilimlarini qaysi bosqichga muvofiq kelishi aniq bo’ladi. Shu bilan birga, talabaning intellektual - ijodiy

imkoniyatlari, o’quv-metodik tajribalari hamda professional tayyorgarligi xususida prognostik malumotlar olinadi. Bunda asosiy e'tibor talabani mustaqil bilim olish ishlariga, shu asosda, zarur ko’nikma va malakalarning nechog’li shakllanib borayotganligi hamda uni kasb amaliyotida qo’llay olish qobiliyatiga e'tibor qaratiladi. Bular talabaning kasb faoliyatiga qay darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi hisoblanadi.

Umumiy o’rta ta'limda o’quvchi faoliyatini baholash va unga muvofiq keluvchi reyting tizimi joriy etilgan.

Oliy ma'lumotli bakalavr o’qituvchi kadrlar tayyorlaydigan DTS talabiga muvofiq ishlab chiqilgan reyting tizimida talabaning bilim sifatini nazorat qilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

  • nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy);

  • nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test);

  • baxo shkalasi;

  • talabaga qo’yilgan bahoni predmet bo’yicha umumiy baho(ball)ga birlashtirish.

Buni "Informatika fanini o’qitishda innovatsion texnologiyalar" fani bo’yicha joriy etilib kelinayotgan reyting ishlanmasi misolida quyidagicha ko’rsatish mumkin: ma'ruza- 26soat, amaliyot - 36soat va seminar 10-soat, jami - 72 soat


AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” kafedrasi “INFORMATIKA O'QITIShDA INNOVATsION TEXNOLOGIYaLAR” fanidan talabalar bilimini baholashning REYTING


Download 231,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish