Bog'liq Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 140
- maktabgacha _ ta'lim masalalari bo'yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va
maslahat yordami beradi;
- Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo'jalik masalalari
va boshqa masalalar bilan shug'ullanadi;
- Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va
tahlil etadi;
- Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda o'ziga
yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta'minlaydi;
- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtradi va metodik
ishlarni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini
rivojlantiradi;
- maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanish tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
- O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub
tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
- Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida va hududiy bo'linmalarida ichki audit va
moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
- maktabgacha ta‘lim muassasalarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo'yicha ishlar
monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
- xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari Quyidagilar Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta‟lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi: - Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar
(shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari
boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar (keyingi o'rinlarda
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar deb ataladi] bilan hamkorlik qilish;
- maktabgacha ta'lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan
monitoring olib borish va nazorat qilish;
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va
axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy
jihatdan tarbiyalash bo'yicha maktabgacha ta‘lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini
muvofiqlashtirish;