Bog'liq Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 139
- maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini har xil yo'nalishlardagi to'garaklarda
shug'ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligibilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalaridabolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish hamda ularning hayotiva sog'lig'ini himoya qilish bo'yicha profilaktika choratadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida: -maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlarga rahbarlik
qiladi va ularni muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalari tibbiyot xodimlarining malakasi muntazam oshirilishiga
ko'maklashadi.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: - hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan
vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta'minlash;
- davlat ta‘lim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish
asosida ta'lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;
- o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
- bolalarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qo'llabquwatlash va reabilitatsiya qilishni
tashkil etish;
- maktabgacha ta‘lim muassasalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
- hududiy bo'linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan ta'minlashni
muvofiqlashtirish;
- idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko'maklashish, ularni rivojiantirish konsepsiyalari
va istiqbollarini belgilash.
Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: - Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
- hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi
qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat
qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta'minlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limvazirligi vaziri (keyingi o'rinlarda Vazir deb ataladi)
va uning o'rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o'z vakolatlari doirasida
tashkil etadi;
- Vazirlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti Devoniga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning
iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
- hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil
etadi;
- maktabgacha ta'limni rivojiantirish maqsadida ilmiytadqiqot ishlari olib borilishiga ko'maklashadi;
-Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta'minlanishini
tashkil etadi;
- boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha ta'lim tendensiyalari to'g'risida Vazirlik
rahbariyati uchun axborotni to'playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;