Nazorat savollari:
1. Uslubchining xuquq va vazifalari qaysi Nizomda ko‘rsatilgan?
2. Maktabgacha taʼlim muassasasi uslubchi zimmasiga qanday vazifalar yuklatiladi?
3. Tajribali metodistning tashabbuskorligi nimalarda ifodalanadi?
4. Uslubchining asosiy vazifasi nimadan iborat?
14-MODUL MAKTABGACHA TA’LIMNI BOSHQARUVCHI VAKILLIK ORGANLARI
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
134
1-MAVZU: O`ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
VAZIRLAR
MAHKAMASINING
TA‘LIM SOHASIDAGI VAKOLATLARI. XALQ TA‘LIMI
MUASSASALARI FAOLIYATINI
METODIK TA‘MINLASH
VA
TASHKIL
ETISH
BO`LIMLARI
TOMINIDAN MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASASIGA RAHBARLIK QILISH.
Reja:
1. Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta'lim tizimiga rahbarlik.
2. O'zbekistonda maktabgach ta'limi bo'limlari tomonidan maktabgacha ta'limga rahbarlik
qilishning nazariy asoslari.
3. Maktabgacha ta'lim tuman (shahar)bo'limlarining vazifalari va funksiyalari.
Tayanch tushunchalar:
metodik, tipovoy shtat, koordinatsiya qilish, pedagogik bilimlar,
nazoratchi, operativ, obyektiv, ota-onalar qo'mitasi, maslahatlar, Seminar.
1. Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta'lim tizimiga rahbarlik
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga
muvofiq Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi
9
.
Vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun
javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.
Vazirlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Maktabgacha ta'lim tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g'risida‖gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF5198-son
Farmoniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta‘lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabragi PQ-3305-son qaroriga
muvofiq amalga oshiradi.
Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Vazirlikning o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor
shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta'lim
boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta'lim tuman
(shahar) bo'limlari (keyingi o'rinlarda hududiy bo'linmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan
tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol
toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash;
9
O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g‗risida"gi Nizom. - Т., 2017 21-noyabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |