MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
81
boriladi.
Mudira - ma'naviy, siyosiy huquqiy axloqiy yetuklik-saviya, ong ma'rifatchilik, madaniyatlilik,
xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo'lish,
mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko'ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo'lishi kerak.
Siyosiy-huquqiy va ma'naviy-marifiy jihatdan:
- Siyosiy va huquqiy yetuklik;
- Bilimdonlik;
- Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qodirlik;
- Topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik;
- Shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlariga bo'ysundirishga qodirlik;
- Kishilarga nisbatan mehribon va e‘tiborli bo'lish;
- Tashabbus va ilg'orlikni qo'llab-quvvatlash qobiliyati;
- Tamoyillik;
- Tanqidga chidamli bo'lish, o'z-o'ziga tanqid qila bilish;
- Intizom va mehnatga bo'lgan munosabati;
- Mehnatsevarlik;
- Jamoa o'rtasida intizomni yo'lga qo'ya bilish;
- Atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish;
- Ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar xodimlar jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalarni
muvafaqqiyatli bajara ololmaydi.
Bilim darajasi
Iqtisodiyotni bilishi;
Texnika va texnologiyani bilishi;
Boshqarish ilmini, funksiyalari va tuzilishini bilish;
Istiqbolni bilimga qodirligi va hokazo.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo'lishi, uni doimo to'ldirib va yangilab borish kerak.
Aks holda u obro' qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo'la olmaydi.
Tashkilotchilik qobiliyati
Xodimlarni tanlay bilish va ular dan samarali foydalanishni ta'minlay olishligi;
Qo'l ostidagilarni mehnatga o'rgatish va tarbiyalashni bilish;
Jipslashgan jamoani vujudga keltira olish;
Maqsad sari intiluvchanlik;
Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo'qotmaslik.
Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish.
Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati;
Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;
Ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyishlar yoza bilish;
Turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;
Rahbarlarni va qo'l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati;
Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini ta'minlash
qobiliyati;
Boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta'minlay bilish;
Boshqarish tuzilishini takomillashtirib berish qobiliyati va hokazo.
Rahbarning madaniy saviyasi ko'rsatkichlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |