MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
109
5. Ta‘lim tizimida rejalashtirishning turlari.
Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turlar farqlanadi.
Istiqbolli reja bu
— Xalq ta‘limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, tuman va shahar moliya-
iqgisod bo‘limlari tomonidan uzoq muddatga (5—10 yilga) mo‘ljallab tuziladigan rejalar
tushuniladi.
Joriy rejalashtirish
— har yili amalga oshiriladigan moliyaviy-xo‘jalik ishlari rejasidir. Ta‘lim
tizimi yuqori boshqaruv organlari qonunchilikda belgilangan xuquq va vakolatlari doirasida
maktabgacha ta‘lim muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar beradi, muassasa o‘z faoliyatida
qonunchilikka qanchalik rioya qilayotgani, ijtimoiy mulkni qay darajada tasarruf etayotgani ishlab
chiqarish va moliyaviy xo‘jalik faoliyatini nazorat etadi, zarur hollarda boshqa manfaatdor
tashkilotlarni jalb qilib, bir yilda bir marta kompleks tekshiruvni amalga oshiradi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarining
xarajat smetalari
ularning ijtimoiy-tarbiyaviy va
moliyaviy-xujalik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larning qanday maqsadlarga
sarflanishi va choraklar bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beradigan asosiy xujjat hisoblanali. Ana
shu smetaga asoslanib, byudjetda maktabgacha ta‘lim muassasasining moliyaviy ehtiyojlari uchun
mablag‘ ko‘zda tutiladi va konunchilikda belgilangan tartibda muassasa hisob raqamiga o‘tkazib
beriladi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalari vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari mahalliy kengashlari
qaroriga binoan, respublika, viloyat, shahar va tumanlar xalq xo‘jaligi rejasida belgilab berilgan
bolalar kontingenti doirasida tuziladi.
Ta‘kidlash joizki, ta‘lim soxasi va kadrlar tayyorlashni moliyalashtirish tizimi uzluksiz
takomillashtirib boriladi, jumladan, uning ko‘p variantlik (byudjet va byudjetdan tashkari
manbalardan) tizimi joriy etilib, ta‘lim muassasalarining o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta‘minlash,
xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta‘lim sohasiga jalb etish borasida sa‘y - xarakatlari
rag‘batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to‘lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan
ta‘lim kreditlari berish mexanizmini shakllantirishga, uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini
moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda donorlik va homiylar mavqeini kuchaytirishga alohida e‘tibor
qaratiladi. SHuningdek, ta‘lim sohasida pullik xizmatlar ko‘rsatish, tadbirkorlik, maslahatlar berish,
ekspertiza ishlari, noshirlik, ishlab chiqarish hamda muassasa nizomida belgilab qo‘yilgan
vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat yunalishlari rivojlantirib, shu asosda ta‘lim
muassasalari daromadlarini ko‘paytirish ta‘minlanadi.
Rejalashtirishning asosiy bosqichlari bo‘yicha Venn diagrammasini to‘ldiring
Do'stlaringiz bilan baham: |