MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 105
kutilayotgan xarajatlarni prognoz kilishda qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda. Bu sohada ham ma‘lum
egiluvchanlikni kiritishni o‘rinli deb bilamiz. Ya‘ni havoning past-baland kelishini inobatga olgan
holda mablag‘larni ma‘lum me‘yorda ajratishni kamaytirish va yoki aksincha kupaytirib berish -
mahalliy byudjetlarning ijro samaradorligini oshirilishida ma‘lum rezervlarga ega.
Yandeks.DirektKak effektivno prodavatь muzыku?
2. Maktabgacha ta‘lim muassasasi smetasi va uni tuzish tartibi. Smeta — maktabgacha ta‘lim muassasasining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari,
byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘larini aks ettiradigan moliyaviy-me‘yoriy xujjatdir.
Maktabgacha ta‘lim muassasasida yozgi hordiq va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish
uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar,
bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo‘lishi, muassasa xodimlarining necha soat ishlashi
va ishning turiga ham alohida e‘tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar
bo‘yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma‘muriy va xo‘jalik
xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar, ko‘rgazmali vositalar va o‘yinchoqlar
sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va
inshootlarni kapital ta‘mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».
Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida taomnoma tuzish:
«Ovkatlantirish xarajatlari» moddasiga bolalarni ovqatlantirishga mo‘ljallangan mablag‘lar
kiritiladi. Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul me‘yori va yil
davomidagi tushumlar asosida tuziladi. Bunda maktabgacha ta‘lim muassasasining turi, ish vakti
e‘tiborga olinadi. Ovqatlantirish me‘yori Sog‘liqni sakdash, Moliya va Iktisodiyot vazirliklari
tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag‘ mikdorini anikqlash uchun bir
bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha ta‘lim va yasli guruhlari bo‘yicha jami
bola soniga ko‘paytiriladi. SHuningdek, maktabgacha ta‘lim muassasasi smetasiga barcha
xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag‘ ajratish ham ko‘zda tutiladi. Bu xalq ta‘limi va moliya
bo‘limlari tomonidan alohida ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar xaq to‘lash
hisobiga maktabgacha ta‘lim muassasalarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va
muassasa kaysi byudjet hisobidan mablag‘ bilan ta‘minlanishi qayd etiladi. Yozgi dam olish va
sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish sarf-xarajatlari maktabgacha ta‘lim muassasasi xarajat
smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o‘tkaziladigan hollarda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq
ko‘shimcha xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. SHuningdek, bolalar bog‘chalarida ota-onalar
mablag‘lari hisobga olingan alohida smeta ham tuziladi.
Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiklangan xujjat
asosida tuziladi. Smetada muassasaning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami hamda har bir
modda bo‘yicha xarajatlar miqdori joriy yilga tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon
tuzilayotgani va o‘tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e‘tiborga olingan holda kiritilgan
o‘zgartishlar bilan taqqoslab keltiriladi.
Ko‘rsatilgan ma‘lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish jarayonida undan chetga chiqish
hollarining yuz bergani va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar miqdorini tug‘ri
belgilash talab etiladi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalari smeta tuzish vaqtida kelgusi yilgi ish ko‘rsatkichlarini
(guruhlar va tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning muassasada bo‘lish vaqti va hokazo)
belgilashda o‘zi buysungan yuqori tashkilotning me‘yoriy xujjatlari, buyruq va ko‘rsatmalariga