Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 0,81 Mb.
bet19/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

Mineral moddalar. Bakteriyalar tarkibiga mineral moddalar (fosfor, oltingugurt, magniy, kaliy, kalsiy, temir, sili-siy, xlor), mikroelementlar, (molibden, kobalt, marganes, sink, mis va boshqalar) kiradi. Oddiy sun’iyoziq muhitlarida o‘stirilgan bakteriyalarning hujayrasi tarkibida mineral moddalar u mumi quruq moddalardan 2 — 14% gacha ko‘p bo‘ladi.
Quruq qoldiq. Bakteriyalar quruq qoldig‘iiing organik qismi oksiddan, nuklein kislotalardan, uglevodlardan, lipid va boshqa birikmalardan iborat.
Oqsillar. Bakteriya oqsillarining talaygina qismi murakkab va tarkibida nuklein kislotalar bor. Nuklein proteidlardan iborat. Bakteriyalarning hujayralaridagi oqsillarnint hajmi va sifati mikroblarning turiga va oziq muhitining tarkibiga bog‘liqdir. Antigen, toksin va fermentlar oqsillar bo‘lib, mikroblarning hayot faoliyatida rol o‘ynaydilar.
Oqsillar — oddiy oqsillarga, proteinlar va murakkab proteidlarga bo‘linadi.
Proteinlar gidrolizda aminokislotalar hosil qiladi. A.M.Kuzin ma’lumotiga ko‘ra patogen mikrob oqsillarida asosan 9 ta aminokislotalar bor, bu: lizin, argikin, gistidin, prolin, triptofai, tirozin, valin, fenilalanin va leysin. Boshqa mikroblarning oqsillarida zsa 15 — 20 aminokislotalargacha bor.
Proteidlar nuklein kislota bilan birlashganda — nukleo-proteidlarni, polisaxaridlar bilan birlashganda esa — glyukoproteidlar va yog‘simon moddalar bilan birlashganda — lipo-proteidlarni hosil qiladilar. Nukleoproteidlar oqsillarning asosiy qismini egallaydi, ko‘payishda va nasl qoldirishda aktiv ishtirok etadi. Mikroblarning hayot faoliyatida nuklein kislotalarning ham ahamiyati katta. Nuklein kislotalardan ikkitasi ma’lum:

1. Ribonuklein kislota (RNK).


2. Dioksiribonuklein kislota (DNK).
Ko‘pincha dioksiribonuklein kislota (DNK) mikroblar hujayrasining o‘zak moddalarida, ribonuklein kislota (RNK) esa sitoplazmada joylashadi. Viruslarning tarkibida bita nuklein kislota yoki ribonuklein (RNK) yoki dioksiribonuklein (DNK) bo‘ladi. Proteidlardan bo‘lgan xromoproteidlarning nafas olishida ishtirok etuvchi fermentlar katalizator sifatida katta ahmiyatga ega. Mikroblarning xujayralaridagi nukleoproteidlar va nuklein kislotalarning mikdori ularning yoshiga va sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Oqsillardan tashqari mikroblar quruq qoldig‘ining tarkibida uglevodlar xam bor.
Uglevodlar. Uglevodlar mikroblar hujayrasida asosan polisaxaridlar, ammo sitoplazmada glikogen va kraxmal zarrachalari holida uchrashi mumkin. Uglsvodlar asosan energetik materiallar sifatida xizmat qiladi va mikrob xujayrasida 12% dan 28% gacha bo‘ladi.
Polisaxaridlar gidrolizda oddiy shakarlarga parchalapadi. Murakkabligiga ko‘ra bakterial lolisaxaridlarni ikkita gruppaga bo‘lish mumkin:
1) o‘z tarkibida azot modda geksozamini yo‘klar va
2) murakkabrog‘i, tarkibida 1% dan 5% gacha azot moddalar-geksozaminlar borlar.
G‘ilofli mikroorganizmlarda uglevodlar ko‘proq. Bularga: azotobakter, leykonostok, kuydirgi kasalini qo‘zg‘atuvchilar va boshqalr kiradi.
Turli mikroorganizmlarning tarkibida ma’lum polisaxaridlar bo‘lgani uchun mikroorganizmlarni differensiunatsiya qilishga, ya’ni turlarini ajratishga imkon beradi. Mikroblarning sirtidagi kapsula uglevodlardan iborat. U mikroblarning virulentligini kuchaytiradi xamda ximoya funksiyasini bajaradi.
Lipidlar miqdori 3,8% dan to40% gacha bo‘lishi mumkin (sil kasalini qo‘zg‘atuvchining tarkibida 40 protsentgacha). Lipidlar sitoplazmatik membrananing tarkibiga kiradi va sitoplazmaning strukturasini saqlab turadi. Mikrobning hujayrasida lipidlar sitoplazmaning qobiqqa yakin qismida ko‘proq va qobiqning tarkibida ko‘p bo‘ladi. Lipidlar va lnpoidlar mikroblarning kislota va boshqa ximiyaviy moddalarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi. Masalan, tuberkulyoz (sil) kasalini qo‘zg‘atuvchisida kapsula yo‘q, ammo ular tashqi ta’sirlarga chidamli bo‘lib, noqulay sharoitda anchagina saqlanadi.
Yadro alparati. Bakteriyalar hujayrasining markazida yadro moddasi nukleoid—dezoksiribonuklein kislota (DNQ) joylashgan bo‘ladi. Bakteriyalarda ma’lum shakldagi yadro uchramaydi, balki yadronipg analogi — nukleoid uchraydi, shuning uchun bakteriyalar prokariotlarga mansub. Nukleoidning alohida membranasi yo‘q, yadrochalar va ma’lum miqdordagi xromosomalar bo‘lmaydi, balki DNK fibrillalar holida joylashgan bo‘ladi.
Bakteriyalarning xivchiki. Hujayra organoidlaridan biri xivchinlardir, lekii u hamma hujayralarda ham bo‘lavermaydi, faqat harakatchan formalarda uchraydi. Xivchinning asosiy tanasi — blefaroplast ikki juft diskdan iborat bo‘lib, sitoplazmada joylashadi.

Xivchin 4—6 nm uzunlikdagi spiralsimon ip bo‘lib, diametri 0,01—0,03 nm ga teng. Xivchinlar tarkibida flagelin oqsili uchraydi. Xivchinlar bir necha xil bo‘ladi. Monotrixi, lofotrixi, amfitrixi, peretrixi. Xivchinlar bakteriyalar yosh bo‘lgan vaqtda va suyuq oziq muxitida yashaganda uchraydi, keyinchalik ular xivchinini tashlaydi.
Bakteriyalar 1 sekundda o‘z tanasi uzunligiga nisbatan 20—50 marta ortiq masofani bosib o‘tishi mumkin, masalan, Vas. Megaterium ning tezligi 27 nm/s, Vibrio communis niki, 200 nm/s, lekin absolyut nisbati juda kichik. KO‘pchilik bakteriyalarda xivchinlardan tashqari yopishish organoidi bo‘lgan fimbriyalar ham uchraydi. Bular kalta (0,3—4.nm uzushshgidagi, enn 0,01 nm) o‘slmtalardir. Bakteriyalar ana shular yordamida tuproq zarrachalariga, qoldiq organik moddalarga yopishadi.
Bakteriyalarning ko‘payishi. Qo‘pchilik bakteriyalar ko‘ndalan| giga bo‘linish yo‘li bilap, faqat spiroxetalar uzunassga bo‘linib ko‘payadi. Bo‘lipganda baktsriya ho‘jayrasi teng ikkiga bo‘lkinsa— izomorf, teng bo‘linmasa—geteromorf bo‘linish deylladya. Odatda, bo‘linishda bakteriya xujayrasnning o‘rtasida to‘siq paydo bo‘ladi va u hujayrani ikkiga ajratadi, hosil bo‘lgan yangi qiz xujayra uni xosil qilgan ona hujayradan farq qiladi. Ona hujayra anilin bo‘sg‘i bnlan yaxshi bo‘yalsa, yangi dosil bo‘lgan , qiz hujayra yaxshn bo‘yalmaydi (P. A. Geikel 1947, I. Malek 1955, M. O. Streshinskiy 1955). Bo‘linuvchi hujayra 10—17 marta bo‘lingandan so‘ng bo‘linishdan to‘xtaydn va ip shakliga o‘tib qolgandan keyin erib ketadi.
Bakteriyalar juda tez ko‘payadi, agar sharoit qulay bo‘lsa, har 20—30 minutda qaytadan bo‘linib turadi. Ba’zi bakteriyalar tanasida to‘siqlar hosil qilish yoki gonidiyalar yordamida ham ko‘payadi.
2 j a d v a l

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish