Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 0,81 Mb.
bet69/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

IMMUNITET TO‘G‘RISIDAGI TA’LIMOT
Yuqumli kasalliklarning ba’zi xili bilap kasallanib tuzalgan odam shu kasalliklarga berilmaydigan bo‘lib qolishi allaqachon ma’lum bo‘lgan edi. Masalan, bir marta qnzamiq bilan og‘rigan bola ikkinchi marta bu kasallik bilan kasallanmaydi. Odam organizmining kasallik tug‘diruvchi mikroblarga berilmasligi immunitet deyiladi. Immunitet fiziologik himoya reaksiyalarining murakkab kompleksidan iborat.
Immunologiya fannni rivojlantirishda Lui Paster,I. I. Mechnikov, Ru, Bering, L. S. Senkovskiy, G. N. Gabrichevskiy, Borde, Erlix va boshqalar o‘z xissalarini qo‘shganlar. Immunitet turlari va shakllarining turli klassifikatsiyasi ma’lum. Shulardan eng oddiy klassifikatsiyaga muvofiq: tabiiy imunitet (buning tug‘ma turga alokador turi va hayot davomida rttirilgan turi ma’lum) va sun’iy immunitet (buni vaksinasiyadan keyin paydo bo‘ladigan aktiv immunitet va organizmga shifobaxsh zardoblar yoki gamma globulinlar yuborilganidan keyin hosil bo‘ladigan passiv immunitet) ni o‘rganamiz.
Tabiiy immunitet. Bu immunitetnnng tug‘ma turi kasallikka berilmaslikni vujudga keltiradi. U organizmning biologik xusuyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, odamlar qoramol o‘lati, tovuq vabosi va boshqa kasalliklar bilan kasallanmaydi. Tug‘ma immunitetda hujayralarda ro‘y beradigan bioximiyaviy protsesslar katta ahamiyatga ega. Odam yuqumli kasallik bilan kasallanib bo‘lganidan so‘ng uning organizmida immunitet paydo bo‘ladi, bu hayotda orttirilgan turidir.
Immunitetning bu turi nasldan naslga o‘tmaydi. Masalan, odam bir marta ko‘k-yo‘tal, qizamiq, tulyaremiya bilan kasallanganidan keyin hosil bo‘lgan immunitet umr bo‘yi saqlanadi. Lekin ba’zi bir kasalliklardan keyin hosil bo‘lgan immunitet uzoq muddatli bo‘lmaydi va organizm bir necha marta og‘rishi mumkin. Masalan, A tipdagi virusdan paydo bo‘lgan grippdan so‘ig immunitet 1—2 yil, V tipdagi virusdan paydo bo‘lgan grippdan so‘ng 3—6 yil davom etadi.
Chaqaloqlarning passiv immuniteti ona organizmidagi yo‘ldosh orkali qorindagi bolaga yoki ona suti orqali chakaloqqa antitelalar o‘tadi. Bunday immunitet qisqa muddatli bo‘ladi, lekin uning ahamiyati nihoyatda katta, chunki u 6 oy mobaynida organizmni mikrob yuqishidan himoya qilib turadi.
Sun’iy immunitet. Yuqumli kasallik paydo bo‘lmasligi uchun bu immunntet organizmda sun’iy yo‘l bilan yaratiladi. Sun’iy immunitetning aktiv va passiv formalari bor. Aktiv formasi odam organizmiga nobud qilingan yoki zaiflashtirilgan vaksina yuborish bilan hosil qilinadi.
Zaiflashtirilgan tirik mikroblardan iborat vaksinalar ishlatilganda immunitet 3—5 yil, nobud qilnngan mikroblar vaksinasi ishlatilganda bir yilgacha davom etadi.
Sun’iy immunitetning passiv formasi odam organizmiga immunoantitelalar yuborilganda hosil bo‘ladi. Antitelalar kasallangan hayvonlarning kon zardobidan olinadi. Passiv sun’iy immunitet bir oy atrofida saqlanadi, so‘ngra antitelalar yemiriladi va organizmdan chiqarib tashlanadi.
Mahalliy immunitet ham bo‘lib, uni A. M. Bezredka aniqlagan. Bu turli organ va to‘qimalarda qo‘zg‘atuvchiga berilmaslikning mahalliy xili. Masalan, vaksina ichirilsa, kasallik boshlanmaydi, chunki ingichka ichakning shilliq pardasi vabo vibrioniga berilmandigan bo‘lib qoladi. Ichak devorida plazmatik hujayralar bo‘lib, ular mikroblarga qarshi antitelalar ishlab chiqaradi va mikroblarga salbiy ta’sir etadi.
Immunitet faktorlari va mexanizmlari. Odamni kasalliklarga berilmaydigan qilib qo‘yadigan himoya faktorlari spesifik, ya’ni ma’lum bir qo‘zg‘atuvchiga qaratilgan va nospesifik, ya’ni odam va ko‘pgina hayvonlarga xos bo‘lishi mumkin. Nospesifik faktorlar xilmaxil mikroorganizmlarga qarshi himoyani amalga oshiradi.
Odam va hayvon organizmida patogen mikroblar kirishiga to‘sqinlik qiladigan yoki ularni nobud qiladigan tabiiy himoya vositalari bor. Bularga teri, shilliq pardalar, limfa, ichak, va oshqozon shirasi, lizotsim fermenti, o‘t, safro va boshqalar misol bo‘ladi. Teri organizmga ko‘pgina mikroblarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan to‘sik bo‘lib xizmat qiladi. Undan ajralib turadigan ter va yog‘ bezlar tarkibida bo‘lgan sut va yog‘ kislotalarning salbiy ta’siridir, teriga tushgan mikroblar 30 minutdan so‘ng nobud bo‘ladi. Agar teri iflos bo‘lsa, uning bakteritsidlik xossalari susayib ketadi, shuning uchun terini doim toza holda saqlash muhim ahamiyatga ega.
Burun, xalkum, nafas yo‘llari, ichak, siydik-tanosil yo‘llari va ko‘z konyunktivlarining shilliq pardasi yanada kuchli himoya xossalarnga ega. Bu shilimshiq ko‘z yoshi, so‘lak, hazm bezlari ishlab chiqaradigan sekretlar tarkibida ko‘pgina mikroblarga salbiy ta’sir etuvchi alohida moddalar bo‘ladi. Ana shunday moddalardan biri lizotsimdir, u ko‘pgina saprofit mikroblarga, patogen mikroblargata’sir etadi va ularni eritib yuborish xususiyatiga ega.
Nafas yo‘llari shilliq pardasining epiteliysi organizmga kirgan patogen bakteriyalarni ushlab qoladi va tashqariga chiqaradi. Eng mayda zarrachalar o‘pka alveolalariga yetib boradi va bu yerda fagotsitlar tomonidan tutib qolinadi, undan limfa tugunlariga o‘tkaziladi va zararsizlantiriladi.
I. I. Mechnikov fagotsitoz nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Bu nazariyaning ma’nosi shundan iborat: organizmga tashqi muhitdan kirgan mikroorganizmlarni myozoderma hujayralari hazm kilib yuboradi. Donador leykotsitlar, limfotsitlar, monotsitlar, plazmatik hujayralar fagotsitlarga misol bo‘ladi.
Qo‘pgina yukumli kasalliklar vaqtida bemorning qon zardobida spesifik antitelalar hosil bo‘ladi, ularni ma’lum antigen orqali bilish mumkin. Immunitet reaksiyalari spesifik va nihoyatda sezgir bo‘lib, diagnostikada keng qo‘llaniladi.
Immunitet reaksiyalari agglyutinatsiya, presipitatsiya, komplementni bog‘lash reaksiyalaridir. Immunitet reaksiyalari antigen bilan antitelaning spesifik ravishda o‘zaro ta’sir ortishiga asoslangan.
Ma’lum antigenlar yordamida bemor yoki tekshirilayotgan odamning kon zardobida antitelalar boryo‘qligini aniqlash mumkin.
Agglyutinatsiya reaksiyasi. Agglyutinatsiya reaksiyasi antitelalar (agglyutininlar)ning yaxlit mikrob xujayralari yoki boshqa hujayralar bilan spesifik ravishda o‘zaro ta’sir etishiga asoslangan. Shunday o‘zaro ta’sir natijasida cho‘kmaga tushadigan aglomerat zarralar xosil bo‘ladi (agglyutinat). Bu reaksiya ikki fazada o‘tadi: birinchi fazasi — antigen bilan antitelaning spesifik tarzda birikishi, ikkinchisi — nospesifik faza, ya’ni ko‘zga ko‘rinadigan agglyutinat hosil bo‘lishidir.
Agglyutinat natriy xlorid ishtirokida cho‘kmaga tushadi. Agglyutinatdagi mikroorganizmlar uzoq vaqtgacha tirik koladi, lekin harakatchanligini yo‘qotadi. Agglyutinatsiya reaksiyasi yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasini hamda ajratib olingan mikroblarning antigen strukturasini aniqlash uchun keng ko‘llaniladi.
Presipitatsiya reaksiyasi. Bu reaksiyalarda ishtirok etadigan antitelalar presipitinlardir. Organizmda hosil bo‘ladigan mayda dispersli antigen — antitela kompleksi oddiy metodlarda qo‘yilgan presipitatsiya reaksiyasida ma’lum bo‘ladi. Masalan, kuydirgi, toun, tulyaremiya, meningit diagnostikasida halkasimon presipitatsiya reaksiyasidan foydalaniladi. Buning uchun ingichka probirkalarga maxsus immun zardob quyiladi va unga juda ehtiyotlik bilan qoplam qilib antigen tushiriladi. Ikki suyuqlik chegarasida xalqa, ya’ni presipitat paydo bo‘lishi tegishli antigen borligini ko‘rsatadi.
Komplementni biriktirish reaksiyasi. Bakterial, virus, protozoy infeksiyalarida bemorlar kon zardobidagi antigenni topish uchun, shuningdek, kasal kishilardan ajratib olingan viruslarni aniklash va tipini belgilash uchun shu reaksiyadan foydalaniladi. Bu reaksiyada antigen, antitela va komplementdan tashqari, reaksiya natijasini ifodalaydigan gemolntik sistema ham ishtirok etadi. Komplementni biriktirish reaksiyasi ikki fazada o‘tadi. Birinchi fazada — komplement ishtirokida antigen bilan antitelaning o‘zaro ta’sirini, ikkinchisida komplementning birikish darajasini gemolitik sistema yordamida bilib olish mumkin.
Komplementni biriktirish reaksiyasi zaxm (Vasserman reaksiyasi), so‘zak (Borjangu reaksiyasi), toksoplazmoz, rikketsioz va virus kasalliklari diagnostikasida ko‘llaniladi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish