Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 0,81 Mb.
bet65/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

Adabiyotlar: 1: 74-84; 2: 68-69.
Asosiy tushunchalar: nitrozomanos, nitrobakter, rizobium trifolia, rizobium yaponikum, sevdomanas.

Nitrifikatsiya protsessi. Ammonifikatsiya protsessida hosil bo‘lgan ammiakning bir qismi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilsa, qolgan qismi nitrifikatsiya protsessida azot kislotagacha oksidlanadi. Nitrifikatsiya protsessida ishtirok etadigan bakteriyalarni 1889 yilda Vinogradskiy kashf etgan. Bu protsess ikki fazada boradn:


Birinchi fazada Nitrosomonas ishtirok etadi va NH3 ni HNO2 gacha oksidlaydi:
NH3 + 3O2 → 2HNO2 + 2H2O + 658 kJ
Ikkinchi fazada Nitrobacter ishtirok etadi. U HNO2 va HNO3 gacha oksidlaydi:
2HNO2 + 3O2 = 2HNO3 + 180 kJ
Nitrobacter tuxumsimon shakldagi kurtaklanuvchi bakteriya, rivojlanish siklida harakatchan bosqichni ham o‘tadi.
Nitrosomonas va Nitrobacter doim birga uchraydi, birining hosil qilgan mahsuloti ikkinchisi tomonidan o‘zlashtiriladi. Bunga metabioz deyiladi. Birining hosil qilgan mahsuloti ikkinchisi uchun oziq manbai hisoblanadi.
Nitrifikatorlar ximiyaviy energiya hisobiga S02 va N2O dan organik moddalar sintezlaydi, energiyani esa NH3 ning HNO2 gacha va HNO2 ning HNO3 gacha oksidlanishidan oladi, ya’ni xemosintez protsessini amalga oshiradi.
Nitrifikatsiya protsessining birinchi bosqichi ikkinchisnga nisbatan jadal o‘tadi, chunki birinchi bosqichda 658 kJ, ikkinchi bosqichda atigi 180 kJ energiya ajraladi.
Nitrifikatorlar organik modda sintezlash uchun yashil o‘simliklar singari, SO2 ni yoki NaNSO3 ni o‘zlashtiradi. Bikarbonatlar tez parchalanib, SO2 hosil qiladi:
Vinogradskiy nitrifikatorlar organik moddalarga nisbatan juda sezgir ekanligini aniqlaydi juda sezgir, agar muhitda bir oz ko‘proq organik modda yig‘ilib qolsa, bakteriyalarning o‘sishi sekinlashadi, agar yanada ko‘proq to‘plansa, bakteriyalar butunlay o‘sishdan to‘xtaydi. Bularni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin (16 jadval).
Nitrozbmonas bir qism uglerod o‘zlashtirishi uchun 35 qism azot, nitrobakter esa 135 qism azot oksidlashi kerak, buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin (17jadval).
Albatta, fotosintezga nisbatan xemosintez protsessida oz miqdorda organik modda sintezlanadi, lekin xemosintez protsessining o‘ziga xos xususiyati bor, chunki shu yo‘l bilan ham organik moddalar sintezlanishining o‘zi muhim ahamiyatga ega va boshqa organizmlarning yashashi uchun zamin tayyorlaydi.
Turli tuproklarda boradigan nitrifikatsiya protsessi. Tuproqda boradigan nitrifikatsiya protsessi laboratoriya sharoitida olib boriladigan nitrifikatsiyadan brshqacha bo‘ladi. Laboratoriya sharoitida organik moddalarning ko‘payishi, ya’ni ortishi bakteriyalarga salbiy ta’sir etsa, tuproqda bunday bo‘lmaydi, chunki tuprokda organik moddalarning eruvchan formasi kam uchraydi. Ikkinchidan, tuproqda nitrifikatorlar bilan birga boshqa bakteriyalar ham uchraydiki, bu bakteriyalar organik moddalarni o‘zlashtiradi va nitrifikatorlar uchun mikrozonalar vujudga keltiradi.
Nitrifikatorlar muhitning kislotali reaksiyasiga sezgir va rN 60 dan past bo‘lsa, protsess to‘xtaydi. 6,2 dan to 9,2 gacha bo‘lsa, bakteriyalar yaxshi rivojlanadi. Nitrifikatsiya protsessi natijasida 1 ga yerda 1 yilda 300 kg nitrat kislota to‘planadi. Butun yer yuziga hisoblaganda. bu nihoyatda katta son. Shuning uchun agronomiyada bu protsessga katta ahamiyat beriladi. Nitrifikatsiya protsessi ammonifikatsiya protsessi bilan chambarchas bog‘liqdir, ammonifikatsiya qancha tez borsa, nitrifikatsiya ham shuncha intensivlashadi.
Nitrifikatorlar botqoq tuproqlardan tashqari, hamma tuproqlarda uchraydi. Agar botqoq tuproqlar quritilsa va ularga ohak solinsa, u yerlarda ham nitrifikatorlar rivojlana boshlaydi. Podzol tuproqlarda nitrifikatsiya protsessi asosan tuproqning haydalma katlamida boradi Qora tuproklarning haydalma qatlamida ham bu protsess intensiv boradi, 50 sm chuqurlikda ham uchraydi.
Urta Osiyoning bo‘z tuproqlarida nitrifikatsiya protsessi juda ham tez boradi va tuproqda ko‘p miqdorda nitratlar to‘planadi. Lekin sho‘r tuproqlarda bu protsess kuchsiz boradi va nitrit kislota to‘planishi bilan tugaydi, chunki sho‘r tuproklarda nitrobakter uchramaydi. V. L. Isachenko bu baktersyalarni sho‘r suvlarda ham uchratmagan. Endigina o‘zlashtirilayotgan sho‘r tuproqlarda nitrifikatsiya protsessi asosan haydalma qatlamda boshlanadi, ayniksa, sulfatli sho‘rlanish bakteriyalarga salbiy ta’sir etadi. Shuningdek, nitrifikatorlar tuprokiing namligiga ham sezgir, quruq tuproqda yoki namlnk xaddan tashkari ortib ketgan vaqtda ular yaxshi rivojlanmaydi.
Denitrifikatsiya protsessi. Denitrifikatsiya protsessi nitrifikatsiya protsessining aksi bo‘lib, bunda bog‘langan azot yana atmosferaga erkin holda qaytadi. Bu protsess bevosita va bilvosita bo‘ladi, chunki nihoyatda xilmaxil protsesslar natijasida nitratlardan" molekulyar azot hosil bo‘lishi mumkin.
Bevosita denitrifikatsiyada nitratlar denitrifakiyalovchi alohida bakteriyalar gruppasining hayot faoliyati tufayli qaytarilsa, bilvosita denitrikatsiyada faqat aminokislotalar bilan nitrit kislota o‘zaro ta’sir etadi. Buning natijasida ham molekulyar azot hosil bo‘ladi. Bevosita denitrifikatsiya tabiatda tuproqda, go‘ngda va suv havzalarida keng tarqalgan denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning xayot faoliyati tufayli sodir bo‘ladi:
Bu bakteriyalarga tubandagilar misol bo‘ladi:
1. Vas. Denitroficans tayoqchasimon, leretrixa tipda xivchinlangan, spora hosil qilmaydi.
2. Achromobacter — mayda tayoqchalar, ko‘pincha zanjir shaklida uchraydi.
3. Pseudomonas fluorescens — harakatchan, tayokchasimon bakteriya.
4. Pseudomonas pyocyonea—tayoqchasimon; ko‘k tusli pigment hosil kiladi.
Denitrifikatsiya ham oksidlanish, ham kaytarilish protsessidir.
Bakteriyalar fakultativ anaerob bo‘lib, kislorod ko‘payib ketganda denitrifikatsiya protsessi to‘xtaydi. Anaerob muhitda nitratlar va organik moddalar yetarli bo‘lganda darxol denitrifikatsiya boshlanadi, muhitda kislorod yetishmasa, nitratlarni qaytarib kislorod oladi. Muhitning rN3,2—8,7 bo‘lsa, bu bakteriyalar yaxshi rivojlanadi.
Bilvosita yoki bevosita denitrifikasnya nitratlar bilan aminlarning o‘zaro ximiyaviy yo‘l bilan reaksiyaga kirishi tufaylp boradi, bunda bevosita denitrifikatsiyaga qaraganda ikki marta ko‘p azot hosil bo‘ladi:
Molekulyar holdagi azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar.
Havo tarkibida 78—80% azot bo‘ladi, lekin uni yashil o‘simliklar va hayvonlar o‘zlashtira olmaydi. Azot moddalarning biologik o‘zgarishida ikki yo‘l bilan ishtirok etadi.
Birinchi yo‘lda elektr zaryadsizlanish vaqtida (kuchli chaqmok bo‘lganda) fotoximiyaviy oksidlanish ro‘y beradi, bunda N2→N02 ga aylanadi. Hosil bo‘lgan NO2 suvda va tuprokda yana oksidlanib, HNO3 ga aylanadi. Bir yilda yana shu yo‘l bilan 1 m2 maydonda 30 mg NO3 to‘planadi.
Ikkinchi yo‘lda molekulyar azotni azot to‘plovchi mikroorganizmlar o‘zlashtiradi. Bular ikki gruppaga bo‘linadi:
1. Tugunak bakteriyalar dukkakdosh o‘simliklar bilan simbirzholda xayot kechirib, molekulyar xoldagi azotni o‘zlashtiradi.
2. Erkin xolda yashovchi azotfiksatorlar azotni o‘zlashtiradi.
Tugunak bakteriyalar. M. S. Voronin (1886) dukkakdosh o‘simliklar ildnzida mikroorganizmlar borligini aniqlagan. Nemis olimlari G. Gelrngel va G. Vilfart (1886) qizdirilgan (ya’ni barcha bakteriyalari nobud qilingan) qumga dukkakdosh o‘simlik. ekib, uning ildizida tugunaklar xosil bo‘lmaganligini kuzatganlar. O‘z tajribalaridan ular shunday xulosa chiqaradilar:
1. Azot bilan oziqlanish jihatidan dukkakdosh o‘simliklar boshqa o‘simliklardan keskin farq qilar ekan.
2. Dukkakdosh o‘simliklarning o‘zi atmosfera azotini o‘zlashtira olmasdan, ular ildizida simbioz holda yashaydigan bakteriyalar o‘zlashtirar ekan.
Keyinchalik bu bakteriyalarni gollandiyalik olim M. Benernik sof holda ajratib oladi va Vas1. ga(Ns1so1a deb nomlaydi. Hozir bu bakteriyalar KShxo’sht avlodiga kiritilgan. Bu bakteriyalar sun’iy muhitda yaxshi o‘sadi. Lekin erkin azotni o‘zlashtirmaydi, fakat dukkakdosh o‘simliklar bilan simbioz xolda yashaganda azotni o‘zlashtiradi. Tugunak bakteriyalarning rivojlanish sikli o‘ziga xosdir. Yosh davrida xarakatchan, xivchinlangan bo‘ladi, keyinchalik xarakatdan to‘xtaydi va hujayralarida vakuola hosil bo‘ladi. Vakuolalar go‘yo belbog‘ hosil qilganday bo‘ladi, shuning uchun bakteriyalar bu davrda «belbog‘li» bo‘ladi. Tayokchalar shu vaqtda tarmoqlanadi va bakteriod deb nomlanadi. Bakteriodlar sharsimon kokklarga ajraladi, bulardan yana xarakatchan tayoqchalar o‘sib chiqadi.
Tuproqda uchraydigan tugunak bakteriyalar dukkakdosh o‘simlik ildiz tukchalar atrofida to‘planadi va ularning po‘stini eritib, ildiz hujayrasiga o‘tadi va ko‘paya boshlaydi, hujayralarni to‘ldirib yuboradi. O‘simlik o‘z navbatida ildiz hujayralarining bo‘linish protsessini tezlashtiradi va bakteriyalarni tugunak ichiga o‘rab oladi. Bakteriyalar ishlab chiqaradigan fiziologik aktiv moddalar ildiz hujayralarining bo‘linishini yanada tezlashtiradi va ildizga ko‘p mikdorda shakar oqib kelishini ta’minlaydi. Bakteriyalar shakarlar bilan oziqlanadi va o‘simlikni azot bilan ta’minlaydi.
Agar dukkakdosh o‘simlikka bor mikroelementi berilsa, simbioz ikkala organizm uchun foydali bo‘ladi, agar bor yetishmasa, N. Toriton ko‘rsatganidek, flbema naylari yaxshi rivojlanmaydi, natijada shakarlar ildizga kam keladi va tugunak bakteriya parazit holda oziqlanishga o‘tadi. Shunday kilib^ tugunak bakteriya o‘simlikka, o‘simlik bakteriyaga moslashib boradi.
Tugunak bakteriyalar o‘ziga xos xususiyatga eta. Hozir bularning 20 dan ortiq irqi ma’lum. Har bir irq ma’lum o‘silmikda yashaydi. Masalan, sebarga ildizida rizobium trifolia, soya ildizida — rizobium yaponikum, loviya ildizida — rizobium fassoli, beda va qashqarbeda ildizida — rizobium meliloti, no‘xat, xushbo‘y no‘xat, burchoq va nutda — rizobium legiminozarum, lyupin ildizida — rizobium lupini tugunaklar hosil qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tugunak bakteriyalarda har xil dukkakdosh o‘simliklarga nisbatan moslanish bor, ya’ni ular ma’lum bir turlardagina o‘sa oladi. Shu xususiyatiga ko‘ra ularni quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin:
1) no‘xat, yovvoyi no‘xat, xina va burchoq bakteriyalari;
2) lyupin va seradella bakteriyalari;
3) beda va qashqarbeda bakteriyalari;
4) loviya bakteriyalari;
5) soya bakteriyalari;
6) nut bakteriyalari;
7) sebarga bakteriyalari.
Bular tugunaklar xosil qilish va azot to‘plash aktivligi jihatidan ham bir gruppa ichida birbiridan keskin farq qiladi.
Keyingi yillarda nishonlangan azot bilan olib borilgan tajribalar shupi ko‘rsatadiki, tugunak bakteriyalar o‘zi azotni o‘zlashtira olmasdan, faqat dukkakdosh o‘simlik bilan birga bo‘lganda o‘zlashtirar ekan.
Ye. N. Mishustin SSSR bo‘yicha barcha dukkakdosh ekin maydonlarida o‘simliklar tomonidan bir yilda 3,5 mln tonna azot to‘planishini aniqlagan.
Tuprokdagi tugunak bakteriyalarni ajratib olish uchun Kraisilnikov va Korenyanko (1940) metodi qo‘llaniladi. Buning uchun dukkakdosh o‘simliklar urug‘i sulema eritmasi bilan sterillanadi, keyin sterillangan suv bilan yuviladi. Keyin urug‘ mineral holdagi agar solingan katta probirkalarga solinadi. Bakteriya yuqtirish uchun tuproq eritmasidan 1 ml qo‘shiladi. Agar, tuproqda tugunak bakteriyalar bo‘lsa, ular o‘simlikda tugunaklar hosil qiladi Ular 2—3 xaftadan so‘ng aniq ko‘rinadi. Dukkakdosh o‘simlik ildizidan kirkib olingan tugunakdan NH3 ajraladi. Fin olimi Virtanen aytishicha, tugunak bakteriyalar azot o‘zlashtirganda eng avval asparagin kislota xosil bo‘lar ekan:

Virtanen fikricha, bakteriyalar ko‘p miqdorda azot o‘zlashtirar ekan, uning bir qismi ildizlardan gidroksilamin va oksalatsirka kislota shaklida ajralib chiqar ekan.
Molekulyar azotni simbioz yo‘li bilan to‘plashda ishtirok etadigan boshka mikroorganizmlar. Dukkakdosh o‘simliklardan tashqari, ildizi molekulyar azotni to‘plovchi mikroorganizmlar bilan simbioz holda yashaydigan daraxt va butalarning 200 ga yaqin turi ma’lum. Bulardan qandag‘och (A1piz) yaxshi o‘rganilgan. Bu daraxtning ildizlaridagi tugunaklarda aktinomitsetlar bo‘lib, ular atmosfera azotini o‘zlashtiradi . Oilasiga mansub barglarida g‘uddalar hosil bo‘ladi, g‘uddalarda tugunak bakteriyalarga yaqin bo‘lgan va atmosfera azotini to‘play oladigan bakteriyasi topilgan. Mahalliy aholi bu o‘simlikdan yashil o‘g‘it sifatida foydalanadi.
Tuprokda erkin holda yashaydigan bakteriyalar tomonidan molekulyar azot to‘planishi. Tupiroqda tugunak bakteriyalardan tashqari, atmosfera azotini to‘playdigan boshqa bakteriyalar ham uchraydi. Vinogradskiy (1893) maxsus elektiv kultura tayyorilab, bu bakteriyalarni ajratib olgan. Elektiv kultura tayyorlash uchun u oziq muxitiga glyuikoza va boshqa tuzlar qo‘shadi, lekin azotli tuzlar qo‘shmaydi. Shuning uchun bunday muhitda faqat azotni o‘zlashtira oladigan bakteriyalar yashashi mumkin bo‘ladi. Tajribani anaerob sharoitda olib boradi va azot to‘plovchi S1oz1. raz1eipapit bakteriyasini kashf etadi. Bu bakteriya duksimon shaklda, 3 — 4 nm uzunlikda, eni 0,7 — 1,3 nm bo‘lib, spora hosil qiladi, tanasi peritrixa tipda xivchinlangan, yosh vaqtida tez xarakatlana oladi.
Klostridium oziq sifatida asosan glyukozadan foydalanadi, lekin saxaroza va fruktozani ham o‘zlashtira oladi, kraxmal va sellyulozani mutlaqo o‘zlashtira olmaydi. Hayot uchun zarur bo‘lgan eiergiyani yog‘ kislotali bijg‘ish protsessidan oladi:
Laboratoriya sharoitida klostridium 1 g bijg‘igan shakar hisobiga 1—5, ba’zan 5—10 mg azot to‘playdi.
Olimlar fikricha, bijg‘ish, protsessida vodorod molekula holida emas, balki atomar (2N) holda ajralib, atMosfyora azotining ammiak holida to‘planishida ishtirok etar ekan.
Lekin bulardan Clost. Pasterinaum atmosfera azotini eng ko‘p to‘playdi. Tuproqda Clost. Pasterinaum doim aerob usulda nafas oluvchi Vas. closteriodes bilan birga uchraydi, bu bakteriya Clost. Pasterinaum uchun anaerob sharoit yaratib bersa, uning hisobiga Vas. closteriodes vitaminlar bilan ta’minlanadi va Clost. Pasterinaum dan azot olib turadi (I. L. Rabotnova 1958, V. T. Yemsov 1959),
Klostridium tabiatda juda keng tarqalgan, chunki u tuproqning rN4,5—9,0 bo‘lsa rivojlana oladi, shuning uchun ham kislotali, ishkoriy, sho‘r va qora tuproklarda uchraydi. Tuproqning namligi 60—80% (to‘la nam sig‘imiga nisbatan) bo‘lsa, yaxshi rivojlanadi. Klostiridiumdan tashqari, tuproqda erkin holda yashaydigan yana bir bakteriya — azotobakterni gollandiyalik mikrobiolog Beyerink 1901 yilda sof kultura holida ajratib olgan. Bu bakteriyaning bir qancha turi ma’lum:
1. Azotobacter chroococcum — yirik shar shaklida (1 —10 nm), bir oz ovalsimon, xujayralarn juft-juft bo‘lib joylashadi. Ko‘pincha shilimshiq kapsula bilan o‘ralgan bo‘ladi. Aerob, ko‘p miqdorda kislorod bo‘lgan sharoit talab qiladi. Bu bakteriya yoshlik davrida hujayralari tayoqcha shaklida bo‘lsa, rivojlangan sayin ellipssimon bo‘ladi, keyin yumaloq bo‘lib qoladi. Xujayralarida jigar rang pigment hosil qiladi, qari hujayralari yiriklashib, qalin po‘st bilan o‘raladi va sista hosil kiladi. Azotobakter har 1 g bijg‘igan shakar hisobiga 10— 15 mg, ba’zan 20 mg gacha azot to‘playdi.
Muhitning rN ga juda sezgir, rN ning optimum nuqtasi .7,0—7,2, maksimumi 9,0 Agar rN<5,6 bo‘lsa, bu bakteriya uchramaydi, lekin bunday tuproqqa oxak solinsa, darhol azotobakter paydo bo‘ladi. Namlikka juda talabchan. 25— 30° da yaxshi rivojlanadi, Azotobakter bo‘z, qora va podzol tuproqlarda, erta baxrrda ko‘p uchraydi.
2. Az agile –xujayralari birmuncha yirik, serharakat bo‘lib, qo‘ng‘ir pigment hosil qilmaydi, lekin muhitning bir oz tovlanishiga sabab bo‘ladi.
3. N. Sushkina sho‘r tuproqlardaAz. galofilum borligini aniqlagan.
Azotobakter uchun eng yaxshi ozik mannit — SN2ON(SNON)4SN2ON, lekin dekstrin, glitserin, glyukozada ham yaxshi rivojlanadi. Azotobakter azotni o‘zlashtirganidan so‘ng birinchi galda NH3 xosil qilishi aniqlangan.
Keyinchalik M. V. Fyodorov azotobakter tomonidan azot to‘planishi boshqa yo‘l bilan bornshini ko‘rsatdi. Uning fikricha, protsessda alohida hujayra protoplazmasi bilan bog‘liq bo‘lgan katalizator ishtirok etar ekan. Bunnng uchun u katalizator tarkibiga kiruvchi gruppalarni blokirovka kiladi va buning natnjasida shunday xulosaga keladiki, azot to‘planishida karboksil va aminogruppalar ishtirok etmas ekan, asosan karbonil gruppa qatnashar ekan. Karbonil gruppaning kislorodi gidrazin hosil kilar ekan. Gidrazin aktiv vodorod yordamida kaytarilish reaksiyasiga kirishib, aminokislotalar hosil qilar ekan. Reaksiya quyidagicha boradi:
N2 + 2H+ → NH=NH
2NH + 2H2 → 2NH2OH yoki
N2 + 2H2O → 2NHOH
2NH + 2H2O → 2NH2OH
2NHOH + O2 → 2NH2OH
gidroksilamin
Hosil bo‘lgan gidroksilamin organik kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, bnr qator aminokislotalar hosil qiladi.
Azotobakterni o‘rganish ustida juda ko‘p ish qilingan.
Azot to‘plovchi boshka mikroorganizmlar. Amerikalik olimlar Jest va Kamen azot to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan yana 19 tur bakteriyani topganlar. Ko‘pchnlik yog‘ kislotali bijg‘ituvchi va S1o51g1s11it avlodiga mansub bakteriyalar azot to‘plash xususiyatiga, hatto aktinomitsetlar, mog‘or zamburug‘lari, turushlar va ko‘kyashil suvo‘tlar ham shunday xususiyatga ega. Tuproqda 30 ga yakin azot o‘zlashtiruvchi ko‘kyashil suvo‘tlar topilgan.
R. Starki va P De (1939) Hindistondagi sholipoyalardan Ag. 1P(11sit ni topganlar, bu bakteriya hatto kislotali tuproqlarda ham uchraydi.
Gollandiyalik mikrobiolog Beyerink nomi bilan atalgan Az.Beijirinckiae ham topilgan. Bu bakteriya ovalsimon, 2 — 3 nm uzunlikda, shilimshiq bo‘lib, burmali koloniyalar xosil qiladi. Qariganda qizg‘ish yoki to‘q jigar rangga kiradi, yosh vaktida harakatchan. Azotobakterga o‘xshash 16 — 20 mg azot to‘playdi (1 g shakar hisobiga). Bu bakteriya tropik zona va gruziya tuproklarida uchraydi.
Gollandiyalik olim Derksa nomi bilan atalgan yana bir bakteriya — Oegaa — tayoqchasimon, bir xivchinli bo‘lib, koloniyasi shilimshiq, qariganda sariqqo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi.
Azot to‘plovchi mikokobakteriyalar. Keyingi yillarda atmosfera azotini o‘zlashtiruvchi mikokobakteriyalarning yangi turlari topilgan. M. V. Fyodorov va T. A. Kalininskaya (1960) Mus. Flavum, Pseud. radiobacter ni kashf etganlar. Kalininskaya (1963) azot to‘plovchi mikokobakteriyalarni turli moddalarga bo‘lgan talabiga karab 3 gruppaga bo‘ladi.
Bu gruppaga: 1) vitamin talab qiluvchilar, 2) aminokislota talab qiluvchilar, 3) o‘z ozik muhitida oz miqdorda boglangan azot bo‘lishini talab qiluvchilar kiradi.
N. P. Lvovo (1964) podzol tuproqlardan yangi tur Azotoabsortum ni topadi, bu bakteriya muhitda oz miqdorda bog‘langan bo‘lsagina atmosfera azotini o‘zlashtira oladi. 1 g shakar hisobiga 9—11 mg azot to‘playdi. Oziq sifatida organnk kislotalar va spirtlardan foydalanadi. Bu bakteriya yana ikknta yo‘ldosh bakteriyalar bilan birga uchraydi. Bular glyukozani o‘zlashtirib, organik kislotalar xosil qiladi. Molibden mnkroelementi berilsa, azotobakterlarning ish faoliyati ortadi, chunki molibden gidrogeneza fermentining aktivligini oshiradi.
Ba’zi vakillariga, masalan, Azot. Agile, Mycobacterium ga vanadiy mikroelementi ham yaxshi ta’sir etadi.
Mic (Si) mikroelementi 1 l suvda 5 mg (SiSO4) eritilsa, Az.Beijijrinckae va Mus. flavum ning aktivligini oshirsaAzot. chroococcum ga salbiy ta’sir etadi.
Lishayniklar tomonidan atmosfera azotining o‘zlashtirilishi. Lishayniklar suv o‘ti bilan zamburug‘lardan tashkil topgan simbioz organizmlardir. 1936 yili lishaynik tanasidan uchinchi vakil azot to‘plovchi bakteriya ajratib olingan. Lekin Krasilnikov bu fikrga qarshi chiqadi. U lishaynik tanasidan Rzeiyotopaz va Vas1eg1it ni ajratib oladi. 1973 yilda P. A. Genkel va. T. T. Plotnikova ba’zi lishayniklardan azotobakter va beyerinkiyani ajratib oladilar, bu bakteriyalar ham 1 g mannit hisobiga 4,6—6—7 mg azotni o‘zlashtiradi. Genkel fikrini ko‘pchilik olimlar tan olishgan.
Qishlok xo‘jaligi uchun azot fiksatsiyaning ahamiyati. Mikroorganizmlar tomonidan atmosfera azotining o‘zlashtirilishi yer yuzida biologik yo‘lbilan to‘planadigan xosilning umumiy mnqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchunatmosfera azotining biologik yo‘l bilan o‘zlashtirilishini o‘rganish kishloq xo‘jaligi va biologiya fani uchun muxim ahamiyatga ega bo‘lgan problemalardan biridir.
Yer qobig‘idagi azotning umumny mikdori (massasi) 0,04%, havo tarkibida 78% molekulyar azot uchraydi yoki 41015 t ga teng. Lekin na odamlar, na hayvonlar va na o‘simliklar molekulyar holdagi azotni o‘zlashtira ololmaydi.
Taxminiy hisoblarga ko‘ra, bir yilda yer yuzi bo‘yicha o‘simliklar 100—110 mln tonna azot talab qilar ekan. Mineral o‘g‘itlar bilan esa atigi 30 % azot tuproqqa tushar ekan 2000 yilga kelib, yer yuzida bir yilda 110 mln tonna azotli o‘g‘it ishlab chiqarilsa, xosildorlik ikki marta ortadigan bo‘lsa, unda hosil bilan birga tuproqdan 200 mln tonna azot chiqib ketar ekan. Shuning uchun bunda mikrobiologik protsesslar muxim ahamiyatga ega bo‘lib qolaveradi. Azot to‘plovchi bakteriyalar yordamida (D. N. Pryanishnikov ma’lumotlari bo‘yicha): beda bir yilda 1 ga yerda 150—160 kg, sebarga 300 kg, lyupin 160 kg, soya 100 kg, burchoq 80 kg, no‘xat 60 kg, loviya 70 kg azot to‘plar ekan. Azot to‘plovchi bakteriyalar 3 kg dan to 5 kg gacha azot to‘plar ekan.
Minustin xisobiga ko‘ra, mamlakatimizda barcha dukkakdosh o‘simliklar bir yilda 2,3 million tonna, azot to‘plovchi bakteriyalar 3,4 million tonna azot to‘plar ekan. Shunday kilib, biologik yo‘l bilan to‘planadigan azot mikdori 5,7 million tonnani tashkil etar ekan.
Demak, tabiatda azot doim aylanib turar ekan. Yashnl o‘simliklar bog‘langan azotdan va uglevodlardan o‘z tanasida oqsil sintezlaydi. Usimliklarni hayvonlar iste’mol kiladi. Nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar qoldig‘i bakteriyalar tomonidan chirish protsessiga uchraydi va MN3 hosil bo‘ladi. MN3 ning bir qismi o‘sshmliklar tomonidan o‘zlashtirilsa, bir kismi nitrifikatsiyaga uchraydi.
Azot to‘plovchilar atmosfera azotini o‘zlashtirib, yana oqsillar sintezini ta’minlaydi, bu oqsillar chirituvchi bakteriyalar tomonidan parchalanadi. Denitrifikatorlar nitratlarni parchalab, atmosferaga azot kaytaradi. Shunday qilib, azot tabiatda aylanib yuradi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish