Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 0,81 Mb.
bet10/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

Sporalar. Ko‘pincha tayoqchasimon bakteriyalar spora hosil kilib, muayyan turining saqlab qolinishiga imkon beradi. Tayoqchasimon bakteriyalar spora hosil qiladi, kokklarda sporalar hosil bo‘lishi juda kam uchraydi, vibrion va spiralsimonlarda spora hosil bo‘lishi noma’lum.
Spora hosil qiluvchilar ko‘pincha xavo, suv va hayvonlarning tanasida yashovchi saprofnt mikroblardir. Ammo hayvonlarda yuqumli kasalliklarni hosil qiluvchi mikroblarning oraligida spora hosil qiluvchilar ham bor (kokshol, batulizm, kuydirgi, anaerob infeksiyalar). Hayvonlarning organizmi uchun noqulay sharoitda ham (temperatura va muhit o‘zgarganda, oziqlar kamayganda va hokazo) sporalar hosil bo‘ladi.
Spora hosil bo‘lishi to‘rt bosqichdan iborat:

  1. Tayyorlanish stadiyasi.

  2. Spora oldidagi stadiya.

  3. Qobiq hosil bo‘lish stadiyasi,

  4. Yetilish stadiyasi.

Batsillalarning noqulay sharoitga tushishi bilan hujayraning ichki strukturasida o‘zgarishlar hosil bo‘lib, ma’lum bir qismidagi protoplazma quyuqlasha boshlaydi va spora oldidagi (predsporovaya) membrana tashkil topadi, so‘ngra shu joy mumsimon, zich bir necha qavatli qobiq bilan o‘raladi. Hujayraning qolgan qismi esa asta-sekin yemiriladi va spora yetiladi. Shunda uning hajmi, vegetativ shaklli mikrobning xajmiga ko‘ra o‘n baravar qisqaradi (kichiklashadi). Shu tariqa bakteriya hujayrasi 18 — 20 soatda sporaga aylanadi.


Bo‘yalmagan sporalar mikroskopda yaxshi ko‘rinmaydi, bo‘yoqlar esa kobiq ichiga nihoyatda qiyinchilik bilan o‘tadi. Shuning uchun sporalarni bo‘yashda maxsus usullar ko‘llanadi. Sporalarning qobig‘i zich, tarkibida suvning kam, kalsiy, lipoid va pikolin kislotaning ko‘p bo‘lishi ularning tashqi muhitning nokulay ta’siriga chidamlilignni, ba’zilarining esa bir necha o‘n yilgacha shu sharoitda hayot faoliyatini saqlashiga imkon beradi. Sporalar 253 daraja sovuqda o‘z hayot faoliyatlarini saklab qoladilar.
Sporalar bakteriya hujayrasining turli yerlarida joylashishi mumkin. U hujayraning o‘rtasida o‘rnashsa, markaziy spora, bir uchida bo‘lsa — terminal spora, bir uchiga yaqin joylashsa subterminal spora deb ataladi. Sporalarning joylashishi laboratoriyada mikroblarning turini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Har xil mikrob turlarining sporalari turli shaklda bo‘ladi. Bular sharsimon, cho‘ziq chok (oval) bo‘ladi.
Sporalar ustki (ekzina) va ichki (intina) qavatlardan iborat bo‘lib, ekzina qavati sitoplazmani tashqi faktorlar ta’siridan saqlaydi, intina esa sporaning o‘sib chiqishiga yordam beradi.
Sporalar yaxshi, qulay sharoitga tushganda o‘sishni davom etdiradilar. Bunda ular shishadi, hajmi kattalashadi, suv miqdori oshadi, almashinuv jarayonlari kuchayadi va anilin bo‘yoqlar bilan oson bo‘yaladi.
O‘sish davriga o‘tishda sporaning bir qutbidan yoki markazidan xujayra o‘sa boshlaydi. Hujayra sporaning bir qutbidan chiqsa qutbli, o‘rta qismidan chiqsa ekvatorial o‘sish deb ataladi.
Sporadan o‘sib chiqqan bakterial xujayra uning ichki (intina) qavatiga o‘ralgan bo‘ladi.
Spora hosil qilish jarayoni turg‘un hodisadir. Biroq batsillalar zaharli moddalar ta’siriga uchrasa, noqulay sharoitga tushib qolsa, yuqori temperaturada o‘stirilsa yoki sun’iy oziq muhitlariga ko‘p marta takrorlab ekilsa, sporalar hosil qilish xususiyatlarini yo‘qotadi. Bunday organizmlar asporogenli irq deb ataladi. Sporalar batsillalarda ko‘payish uchun xizmat qilmaydi, balki muayyan turning saqlanib qolishiga imkon beradi va ko‘pincha batsillalarda faqat bittadan hosil bo‘ladi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish