Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining predmeti va vazifasi



Download 324,16 Kb.
bet35/54
Sana13.03.2023
Hajmi324,16 Kb.
#918808
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asosla

1. Kirish. Ta’lim texnologiyasining bu qismida huquqiy davlat barpo etish sharoitida va jamiyatning demokratiyalashuvida ta’lim berishni texnologiyalashtirishning dolzarbligi asoslanadi, o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi bayon etiladi va ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim berish texnologiyasiga qisqa tavsiflar beriladi.
2. Ta’lim texnologiyasinngi kontseptual asoslari. Ta’lim texnologiyasining bu qismida quyidagilar yoritiladi:

  • o’quv fanining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, auditoriya soatlarining umumiy hajmi va o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq ularni mavzular bo’yicha taqsimoti, ish turlari;

  • o’quv fanining mazmuni, o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq o’quv fanining mavzu mazmuni bayon etiladi;

  • o’quv mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontseptual holatlari - ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning asosi bo’ladigan, ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirishning kontseptual asoslari.

  1. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim texnologiyasi. Har bir ta’limiy texnologiya ta’lim texnologiyasi, ta’limning texnologik xaritasi, texnologiya xaritasiga ilovalardan iborat bo’ladi.

12 mavzu.Huquqiy tarbiya psixologik asoslari
O’zbekiston Respublikasi qonunchilik amaliyotida ilk bor Jinoyat kodeksining Maxsus qismida voyaga yetmaganlar, ya’ni jinoyat qonuni bilan to’qnashgan paytida 18 yoshga to’lmagan shaxslarning javobgarligiga xos xususiyatlarni aks ettiruvchi qoidalarni tartibga solishga bag’ishlangan maxsus oltinchi bo’lim ajratilgan. Bunday qonuniy hal qiluv bir qator omillar bilan, ammo, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlarning psixofiziologik rivojlanishi, ularning jamiyatga moslashuv darajasi bilan bog’liq. SHaxs shakllanishidagi biologik, fiziologik va ijtimoiy omillarning inobatga olinishi ushbu shaxslar toifasiga xos bo’lgan xususiyatlardan kelib chiqib, jinoyat huquqining bir qator institutlari qoidalarining mazmuniga yondashuvni qonun darajasida o’zgartirish zarurligini belgilab berdi.
Ushbu vazifalarni hal qilishda jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi va jazolanishiga xos xususiyatlarni tartibga soluvchi jinoyat qonunining ahamiyati katta bo’lib, u adolat, insonparvarlik, qonuniylik, demokratizm, fuqarolarning qonun oldida tengligi, ayb uchun javobgarlik, jazoning muqarrarligi printsiplari amalga oshishi uchun huquqiy asos hisoblanadi.
Jinoyatchilikning umumiy tuzilishida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarning ulushi taxminan 4 % ni, ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo o’tayotganlar umumiy sonining esa 0,92 % ni voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. Biroq bu xotirjam bo’lish uchun asos bo’la olmaydi, zero ushbu raqamlar sodir etilgan jinoyatlarning ancha xavfliligidan dalolat beradi. Ularda voyaga yetmaganlar sodir etadigan barcha jinoyatlarning yarmidan ortig’ini tashkil etuvchi g’arazli, g’arazli-zo’ravonlik va zo’ravonlik xususiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy xavfli qilmishlar ustunlik qiladi.
Mamlakatimiz bo’yicha voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kamayib borishidan iborat umumiy tamoyil ko’zga tashlanayotgan bo’lishiga qaramay, ba’zi yillari bir qator hududlarda uning o’sganligi ko’rinadi. Masalan, 1999 yilda Toshkent shahrida u 1998 yildagiga nisbatan 5,8 % ga, Toshkent viloyatida - 10,7 % ga, Samarqand viloyatida - 20,1 % ga, Andijon viloyatida - 19,7% ga, Namangan viloyatida - 35,7 % ga, Xorazm viloyatida - 2,7 % ga ko’paydi. Tarbiya koloniyalarida tarbiyalanayotganlarning 60 % dan ortig’i birinchi jinoyatni 16 yoshga to’lmaslaridan avval, ya’ni voyaga yetmagan paytlarida sodir etganliklari ta’kidlanadi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining xususiyatlari, shuningdek ushbu toifaga kiruvchi shaxslarning qonunni buzish hollarini keltirib chiqaruvchi ularning psixofiziologik xislatlari, jinoyat qonuni printsiplarining amalga oshirilishi Jinoyat kodeksi 17-moddasining 6-qismida o’z ifodasini topgan 18 yoshga to’lmasidan jinoyat sodir etgan shaxslar javobgarligining umumiy qoidalarga muvofiq tarzda hamda Jinoyat kodeksi Umumiy qismining Oltinchi bo’limida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda yuz berishi haqidagi qoidaning qonun darajasida belgilab qo’yilishiga sabab bo’ldi. Jinoyat kodeksi Umumiy qismining Oltinchi bo’limiga muvofiq, mazkur xususiyatlar jazo va uni tayinlash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarida nazarda tutilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlarini tartibga soluvchi bir qator qoidalar jinoyat qonun hujjatlarining boshqa moddalarida ham mavjud. Ushbu xususiyatlarni ko’rib chiqamiz.
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi bir qator jinoyatlar uchun istisno etiladi, chunki ilk bor javobgarlik 18 yoshga to’lish bilan boshlanishi (JK 17-m. 4-q.); voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlaganlik (JK 122-m.); ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlaganlik (JK 123-m.); voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik (JK 127-m.); fuqarolarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik (JK 144-m.); saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o’tkazish to’g’ridagi qonun hujjatlarini buzganlik (JK 146-m.); ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzganlik (JK 193-m.); atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to’g’ridagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik yoki buzib ko’rsatganlik (JK 194-m.); (JK 195-m.); 205, 207, 208, 209, 210, 255, 226, 230, 231-235, 279-302 uchun belgilab qo’yildi. SHunday qilib, voyaga yetmaganlarga aslida maxsus belgi maqomi berildi, chunki voyaga yetmaganlarning javobgarlik chegaralari ular yetgan yoshga qarab (13, 14, 16 va 18 yosh), muayyan toifadagi jinoyatlarga nisbatan farqlanadi. Binobarin, jinoiy qilmish doirasi ularning turli yoshdagi voyaga yetmaganlar sodir etganligiga nisbatan katta yoshdagilar uchun g’ayriqonuniy va ijtimoiy xavfli deb baholanadigan xatti-harakatlarga nisbatan ancha cheklangan.
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi jinoyat sub’ektining o’ta xavfli retsidiv kabi maxsus belgisi bilan ham cheklanadi, chunki Jinoyat kodeksi 34-moddasining 6-qismiga muvofiq, shaxsni o’ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masala ko’rib chiqilayotganida, u 18 yoshga to’lmasidan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganligi hisobga olinmaydi.
Voyaga yetmaganlarga muayyan turdagi jazolar qo’llanilishi mumkin emas. Bu esa qonunda jazolarning umumiy tizimi bilan bir qatorda (JK 43-m.), voyaga yetmaganlar uchun maxsus mo’ljallangan jazolar tizimi (JK 81-m.) bilan ham, boshqa moddalarda mavjud bo’lgan ko’rsatmalardan ham kelib chiqadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 51-moddasining 2-qismiga muvofiq, jinoyatni 18 yoshga to’lmasidan sodir etgan shaxsga nisbatan o’lim jazosi tayinlanishi mumkin emas. Jazolarning maxsus tizimida mavjud bo’lgan boshqa turlariga kelganda esa umumiy tizimni tashkil etuvchi jazolarning o’xshash turlari bir xilda nomlanishi bilan birga, ular mazmunan jiddiy farq qiladi va ancha yengilroqdir.
Jinoyat kodeksi 55-moddasi 1-qismining «j» bandiga muvofiq, voyaga yetmagan yoshda jinoyat sodir etganlik fakti sud jazo chorasini belgilayotganida jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanishi kerak. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2000 yil 15 sentyabrda chiqarilgan «Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida»gi 21-son qarorning 8-bandida berilgan tushuntirishlarga ko’ra, voyaga yetmagan shaxs jinoyat sodir etishidan avval katta yoshdagi shaxslarning, jumladan, ish bo’yicha jabrlanuvchi deb topilgan shaxslarning g’ayriqonuniy yoki ig’vogarona xulqi mavjud bo’lgan taqdirda sud ushbu holatni aybdorning jazosini yengillashtiruvchi holat deb topishga haqlidir. Ayni paytda Jinoyat kodeksi 55-moddasi 1-qismining «g» bandiga muvofiq, jismoniy yoki ruhiy majburlash natijasida yoxud voyaga yetmagan shaxsning moddiy, xizmat jihatidan va boshqacha qaramligi tufayli jinoyat sodir etishi ham jazoni yengillashtiruvchi holatlarga kirishini inobatga olish lozim. Qonun chiqaruvchi organ voyaga yetmaganlikni jazoni yengillashtiruvchi holat deb belgilaganida ular shaxsining rivojlanishidagi psixofiziologik xususiyatlar, jamiyatga moslashish darajasi, hayotiy tajribasi, axloqiy ko’nikmalarining yetishmasligi hamda o’z harakatlarining oqibatini oldindan ko’rib tanlab harakat qilish imkoniyatining cheklanganligidan kelib chiqqan. Ayni shu omillarni O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi o’zining rahbariy tushuntirishlarida ham inobatga olgan.
Ozodlikdan mahrum qilishga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan voyaga yetmaganlarga, shuningdek ilgari qasddan jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilinganlarga nisbatan, sodir etilgan jinoyatning og’irligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksi 72-moddasida belgilangan tartibda shartli hukm qilish qo’llanilishi mumkin.
Insonning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odamning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi.
Odam o’z tevarak – atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuqtai– nazardan olganda, odamning o’zini anglashi sub’ektiv ravishda o’zini «Men» deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zligini anglash qobilyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o’zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o’zini anglashi,o’zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o’zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagini anglashi, o’z huquq va burchini anglashi, va nihoyat o’zining fazilati hamda kamchiliklarini anglashi o’zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munrosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir.
Inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin–asta tarkib topadi.Inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi.odam tug’ilib o’sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri.Odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim – tarbiya Odamga nasliy yo’l bilan beradigan irsiy omillar Insonning pisxik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamitga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o’tganimizdek, faqat shu faktorga mos, balki uchinchi bir faktorga ham bog’liqdir. Bu faktor nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, soch va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakkki, odamga hech vaqt tarbiya uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir haollarda ayrim qobilyatlar, masalan, musiqa, matematika qobilyatlarda nasliy yo’l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ruyobga chiqishi uchun albatta, ma’lum sharoit bo’lishi kerak. Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan ist’dodli olimlar, muhandis– ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, ist’edodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo’l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo’la oladi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, o’smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo’ladi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o’rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadiryatlarga yo’nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi.Shaxsning ta’rifi xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l – atvor tuzilishini belgilaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzasiga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl – uning jamiyatdagi hayot yo’li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.Individ, shaxs va sub’ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e’tibor qilishi zarur inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart – sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari):
Insonning o’ziga taaluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizimlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi
Inson yaxlit tuzilishining asosiy tarkiblari, uning ichki qonuniyatlari, shaxsning tashqi ta’siriga javobi va munosabati
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yaxshi muhiti tarixiy tajribani egallash interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko’nikma va malakalarini, kishining sosial tajribalarini o’zlashtiribgina qolmay balki o’zining idroki, tafakkuri, hayoli, hissiyotlari va irodasini bir so’z bilan aytganda, voqelikka bo’lgan ongli munosabatini hamda o’z harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va har bir murakkab qurilmadan iborat bo’lgan hamda shartli ravishda to’rtta o’zaro mustahkam bog’langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:

Download 324,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish