4-bob. Yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish 1. O’quv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qo’llash faoliyati bilan chambarchas bog’liqligini ta’minlash, talabalarda tahliliy fikrlashni, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish mahoratini shakllantirishga qaratilgan o’qitishning zamonaviy shakllari va uslublari hamda texnologiyalari asosida tashkil etish.
2. Yuridik oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarini kuchaytirish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Zamonaviy xorijiy tajriba asosida yuridik sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi innovatsion shakl va institutlarini joriy etish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Ilg’or xorijiy tajriba asosida milliy yuridik ta’lim va yuridik fan sohasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo’shgan O’zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga faxriy doktor darajasini berish tartibini joriy etish.
5. O’quv jarayoniga klinik yuridik ta’limni tatbiq etish yuzasidan yetakchi xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan keng va unumli foydalanish.
Tarmoqlararo ta’limni kuchaytirish va bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida «Huquq va Tibbiyot», «Huquq va Qurilish» kabi mutaxassisliklar ochilishini ta’minlash.
6. Huquqiy mavzular bo’yicha ta’lim beruvchi pedagog-o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
5-bob. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish 1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning ko’rsatkichlarini ishlab chiqish.
2. Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq ko’rsatkichlar asosida o’rganib borish va baholash.
3. Huquqiy fanlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan rejalarini ishlab chiqish va uning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash.
4. Huquqiy tarbiyaning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish.
5. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlash ko’lamini kengaytirish, bunda oiladagi mojaro va zo’ravonliklar hamda ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilishga alohida e’tibor qaratish.
6. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etishga oid mavzularni muntazam e’lon qilib borish.
7. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini o’rganish uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va so’rovlar o’tkazish.