Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining predmeti va vazifasi



Download 324,16 Kb.
bet13/54
Sana13.03.2023
Hajmi324,16 Kb.
#918808
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asosla

Huquqni o’qitish deganda, huquqqa oid materiallar vositasida bilim berish, yoshlarni huquqiy ongli, madaniyatli qilib tarbiyalash va har tomonlama barkamol inson qilib kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jarayon tushuniladi. Huquqiy tushunchalar tafakkurning mantiqiy shaklidir. Huquqiy tushuncha shunday bir fikrki, unda huquqiy faktlarning eng muhim, farq qiladigan va umumiy belgilari aks ettiriladi. Huquqiy tushunchalarni hosil qilish deganda huquqiy faktlarning eng muhim belgilarini ikkinchi darajali belgilaridan ajrata bilish, ularni huquq sohalariga bo’lib o’rganish, huquqiy hodisa va voqealar o’rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni chuqur anglab tushunib olish ko’zda tutiladi. Ana shunday shakllangan, mukammal huquqiy tushunchalar ilmiy bilimlar tizimining vujudga kelishida bamisoli zanjir vazifasini o’taydi.
Huquqni tushuntirish deganda, u yoki bu mavzuning ilmiy mazmuni, nazariy asoslarini aniqlash, huquqiy materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish bo’yicha ish usullarini belgilab olish tushuniladi. Huquqiy tushuncha va tasavvurlar bir-biri bilan uzviy bog’langan. Huquqni o’qitish jarayonida o’quvchilarning huquqiy tasavvurlari chuqurlashib borishi natijasida huquqiy tushunchalarni shakllantirish uchun zamin yaratiladi. Huquqiy tushunchalar o’z navbatida huquqiy tasavvurlarni mazmunan boyitib, aniqlashtirib borishga yordam beradi. Huquqiy tasavvur va huquqiy tushunchalarni hosil qilishning metodik usullari ham ko’p hollarda bir-biriga o’xshab ketadi.
Tasavvur – kishining narsa, hodisa haqidagi tajribasiga asoslangan bilim-tushunchasidir.45 Tasavvur – idrok qilingan, his etilgan huquqiy hodisaning kishi ongida aks etishi, gavdalanishidir.
Huquqni o’qitish jarayonida o’quvchilarning ko’z o’ngida huquqiy hodisalarni tasavvur ettirishda obrazlilikdan foydalanish huquqiy ongning shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi. Obrazlilik – o’quvchilarning huquqdan olgan bilimlarini ilmiy va puxta bo’lishining zarur shartlaridan biridir, ularning huquqqa qiziqishini uyg’otish va huquqiy faktlarni tahlil qilish va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratishning muhim vositasidir.
Tasavvurlarni shakllantirishda o’quvchilar huquqiy hodisalarni faol suratda idrok etishiga qaratilgan usullardan foydalaniladi. O’qituvchi bayonining mazmunan ko’rgazmali va obrazli bo’lishi, ma’ruza matnidagi, huquqiy hujjatlardagi voqea va elementlar, huquqiy adabiyotlar o’quvchilarda huquqiy tasavvurlarni shakllantirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. O’qituvchi materialni bayon qilayotganda, huquqiy hujjatlardan, ilmiy-ommabop va qonunlardan olingan tafsilotlarga hamda o’quvchilardagi mavjud tasavvurlarga suyangan holda ish tutib, o’quvchilarning huquqiy ongining ortishi, ularning muhim tafsilotlarni ajratib olishi va esda saqlab qolishlariga yordam beradi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarning faol fikrlashini tashkil qilishi lozim. O’qituvchi qonunlarni o’qib qo’ya qolmay, balki qonundagi alohida me’yorlarni o’quvchilar ishtirokida tahlil qilib, undagi eng muhim elementlarni ajratib chiqishi lozim.
Huquqiy tushuncha – predmet va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini umumlashtirib, birlashtirib aks ettiruvchi umumiy tasavvur bo’lib, huquqiy onglilik, insonning bilim va tasavvurlari darajasidir.
Huquqiy ong shakllanishida huquqiy tushunchalarning turli sohalarga tegishli ekanligidan kelib chiqib, tarixiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, sotsial, madaniy, ma’naviy, nazariy, ilmiy, sohaviy va h.k. guruhlarga ajratish mumkin.
Huquqni o’qitish jarayonida tushunchalarni shakllantirishning usul va vositalari xilma-xil bo’lib, avvalo u tushunchalar mazmunining murakkabligiga bog’liq. Masalan, davlatning belgilari – hudud, suverenlik, armiya, soliq, bank kabi tushunchalarning hosil bo’lishi uchun bir soat dars kifoya qilsa, sotsiologik tushunchalar, masalan, davlat va huquqning paydo bo’lishi va rivojlanishi davlat va huquq nazariyasi fanini o’rganish jarayonida o’zlashtiriladi.
SHaxsda tushunchalarning chuqur va mustahkam bo’lishi, asosan, o’qituvchining o’quvchilar fikrlash faoliyatini qanchalik uyg’ota olishi va unga qay darajada rahbarlik qila olishiga bog’liq. Huquqiy tushunchalar hosil qilishda o’quvchilarning voqea va hodisalarni analiz, sintez qila olish qobiliyatini o’z ichiga olgan fikrlash faoliyatini kuchaytirishda ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari, interfaol metodlardan foydalanish, o’quvchilarning ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari, huquqiy hujjatlar bilan ishlashlarini uyushtirish alohida ahamiyatga ega.
SHunday qilib, huquqiy tafakkurni rivojlantirish uzluksiz jarayon bo’lib, u yoshlarda umumiy nazariy bilimlar va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ishlarining muhim tarkibiy qismidir.
Huquqiy bilim berish bilim oluvchida bilimlarni egallash, o’quv ko’nikmalari va malakasini shakllantirish jarayonidan iborat bo’ladi.
Huquqiy ongli va huquqiy madaniyatli insonni kamolga yetkazish bilim oluvchini aqliy jihatdan rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
Huquqiy ta’lim berish, uni rivojlantirish va tarbiyalash funktsiyalari amalga oshirilishi natijasida shaxsni shakllantirish jarayonida kompleks yondashuvga erishiladi.
Huquqiy bilim – bu bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan, bir-biri bilan uzviy bog’liq hodisadir. CHunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o’zi mavjud bo’ladi. Huquqiy bilimlarni egallash natijasida huquqiy ko’nikma va malakalar shakllanadi. Bilimlarni egallash jarayonida vujudga keladigan usullar va elementlarning o’zlashtirilishi (ko’nikma) hosil bo’ladi hamda shu usul va elementlarni to’g’ri tanlab, foydalanish yo’llarining egallanishi (malaka)ga erishiladi. Huquqiy bilim asosida shaxsda huquqiy ong shakllanishiga erishiladi.
Huquqiy ta’lim jarayonida shaxs huquqiy jihatdan tarbiyalanib, huquqiy bilimlarni hayotga tatbiq etishga o’rgatiladi. Bu haqda ko’pgina olimlar o’z fikrlarini bildirganlar46. Ular o’z ilmiy ishlarida huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiyaning hamda huquqiy tarbiya vositalaridan foydalanishning o’rni va ahamiyati, haqida ta’kidlaganlar. A.A’zamxo’jaev va SH.O’razaev huquqiy tarbiyani jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga, ongiga sistematik va maqsadga muvofiq ta’sir etish jarayonidir, deb, huquqiy tarbiyada muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo’lishga erishish maqsad qilib qo’yilishini ko’rsatganlar47. H.Yo’ldoshev, U.Tojixonov va boshqalar huquqiy tarbiya bu – shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, faol qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holda ta’sir ko’rsatilishidir48, deb fikr bildirganlar. A. Rafiqov, O.Karimova, SH.Eshonova huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, ya’ni huquqiy me’yorlarga hurmatni, ularga ixtiyoriy va ongli ravishda rioya qilishni o’rgatishdir, deb hisoblaydilar49. Darhaqiqat, huquqiy ta’lim jarayoni Konstitutsiya va qonunlarni, milliy qadriyatlarni hurmat qilish, shaxsni vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, poklik, adolatlilik ruhida tarbiyalashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib huquqiy ta’limning tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilash mumkin:
1) huquqiy ta’limning maqsadi (huquqiy ta’limning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari inobatga olinadi);
2) huquqiy ta’limning mazmuni (huquqni o’qitish-o’rganish natijalariga – huquqiy bilim, ko’nikma, malakalar orqali huquqiy ongning shakllanish darajasiga erishish inobatga olinadi);
3) huquqiy ta’limning metodologiyasi (huquqni o’qitishning metod va usullari inobatga olinadi);
4) huquqiy ta’limning tamoyillari (bilim beruvchi faoliyatini va bilim oluvchilar bilish faoliyatining xususiyatini belgilaydigan asosiy qoidalar inobatga olinadi);
5) huquqiy ta’limning samaradorligi (yoshlarning bilish faoliyatini faollashtirish inobatga olinadi).
Huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatini berishdan iboratdir.
Huquqiy ta’lim jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi va huquqiy ong muntazam, tizimli asosda shakllantiriladi:

Download 324,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish