Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining predmeti va vazifasi


- MAVZU. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiyaning o’rni



Download 324,16 Kb.
bet10/54
Sana13.03.2023
Hajmi324,16 Kb.
#918808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asosla

6- MAVZU. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiyaning o’rni.
Huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat sohasida ilmiy faoliyatni o’rganish tadqiqotchilar uchun an’anaviy tusgaaylandi. Ya’ni, huquqiy tarbiya masalasi ko’pgina olimlar ilmiytadqiqot ishlarining ob’ekti sifatida xizmat qilgan va xizmatqilmoqda. Haqiqatda ham ayni va qtda ushbu masala mamlakatimizning rivojlanishidagi asosiy dolzarb muammolardan biribo’lib qoldi. «Tarbiya» atamasi kundalik hayotda insoniyat muoma-lasida ko’p marotaba takrorlanadigan ijtimoiy kategoriyadir. Jamiyatdagi barcha tarbiyalarning yagona tizimini ijtimoiy tar-biya o’zida mujassam etadi va u siyosiy tarbiya, madaniy tarbiya, ma’naviy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya, shuningdek, huquqiy tarbiya va boshqa tarbiya turlarini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy tarbiya tizimida tarbiyaning boshqa turlari sin-gari huquqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning ahloqiy, estetik, ma’naviy va boshqashu kabi turlari negizida shakllanadi va rivoj topadi. Ya’ni, huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning barcha turlari bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Jumladan, yuksak rivojlangan huquqiy davlat va adolatlifuqarolik jamiyati qurishni o’z oldiga asosiy maqsad qilibqo’ygan har bir davlatning asriy orzusi o’z aholisining huquqiyongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishdir. Harqanday davlatning ijtimoiy rivojlanishi o’sha davlat fuqarolarining huquqiy madaniyati bilan bog’liq bo’ladi. Zero, yuksak darajada rivojlangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ajralmas belgisidir. Yuksakdarajadagi huquqiy ong va huquqiy madaniyat esa huquqiy tarbiyaning mahsuli. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiya asosiy o’rinni egallaydi. Prezidentimiz I. A. Karimov ham yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida «huquqiy madaniyatni yuqori darajada bo’lishihuquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir»deb ta’kidlagan. Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniy ham «Tarbiya biz uchun yo hayot– yo momot, yo najot– yo halokat, yo saodat– yo falokat masalasidir» deb bejiz ta’kidlamagan. CHunki «huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat» kabi bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va bir-birini to’ldirib turuvchi ushbu mantiqiy izchillikda va ketma-ketlikda joylashgan o’xshash kategoriyalar jamiyat huquqiy tizimining holatidan darak beradi.
SHaxs huquqiy ongi eng avvalo huquqiy tarbiya ta’sirida shakllanadi. Huquqiy tarbiya batartiblilik va intizom darajasining oshishiga, burch hissining mustahkamlanishiga va shaxs huquqiy madaniyatining yuksalishiga yordam beradi. Huquqiy tarbiya– murakkab va ko’p qirrali hodisadir, ya’niuni bir ma’noli qilib ta’riflab bo’lmaydi. Huquqiy tarbiyaning ta’rifi bu jarayonning qaysi tomonini, jumladan, umumijtimoiy jihatini, huquqning ijtimoiy amal qilish tizimisifatida yoki davlatning ijtimoiy boshqarish, huquqbuzarlik-ning oldini olish elementi sifatidagi va zifasi va shu kabilarni tadqiq qilishimizga bog’liq bo’ladi. Huquqiy tarbiya degandashaxsning ongiga tashkiliy suratda va aniq maqsadni ko’zlab ta’-sir ko’rsatishning maxsus yuridik turi tushuniladi. «Huquqiy tarbiya» kategoriyasi olimlar tomonidan turlichatalqin qilingan va izohlar berilgan. «Huquqiy tarbiya– shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko’rsatiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan, rejalashtirilgan va maxsushuquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladiganpedagogik ta’sir jarayonidir» Davlat va huquq nazariyasi bo’yicha darsliklarda huquqiytarbiyaga keng ta’rif berish uchraydi, ya’ni «huquqiy tarbiya fuqarolarning ongi va ruhiyatiga ta’sir qilishga qaratilgan, huquqiy tarbiya shakllari, vositalari va uslublaridan foydalanib, fuqarolar ongida chuqur va barqaror huquqiy bilimlar, e’tiqodlar, ehtiyojlar, qadriyatlar, qonunga mos fe’l-atvor, odatlarni shakllantirish jarayonidir»
Fikrimizcha, huquqiy tarbiya fuqarolarga huquqiy bilim-ni singdiruvchi muhim ijtimoiy vositadir. Tarbiyani keng va tor ma’noda tushunish mumkin.
Tor ma’nodagi tarbiya– huquqni muhofaza qilish organ-lari xodimlari tomonidan maxsus tashkil etilgan jarayon bo’lib, bunda shaxsni tarbiyalash uchun tarbiyaning barcha shakllari va usullari bir maqsadga qaratiladi, yo’naltiriladi. Uning tashkilotchilari, ya’ni asosiy sub’ektlari– ota-onalar, o’qituvchilar, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari va ularning boshliqlari, jazoni ijro etish muassasalarining xodimlarihisoblanadilar. Keng ma’nodagi tarbiya – shaxsning tarbiyalanishida uningtarbiyasiga ijobiy ta’sir qila oladigan, shaxslar tomonidanmaxsus tashkil etilgan yoki tashkil etilmagan tarbiya jarayonla-rining yig’indisi. Bunda oila, bog’cha, maktab, ish va yashash joy-larida, bevosita profilaktika noziri tomonidan olib borila-digan tarbiyaviy profilaktik ishlar tushuniladi. Mazkur jara-yonlarda ko’pincha kuzatilishicha, muhit tarbiyaga ta’sir etadi, uhit o’zgarsa, tarbiyaning mohiyati va shaxslarning xatti-hara-katlari ham o’zgaradi. SHaxsning xatti-harakati ijtimoiy muhitta’sirida shaxsning shakllanishiga yordam beradi. Yuqoridagi ta’riflarning mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy tarbiyani ham tor va keng ma’noda izohlash mumkin.
Tor ma’nodagi huquqiy tarbiyada shaxslarning rasman yuridik o’quv yurtlarida oladigan huquqiy bilimlarining yig’indisi tushuniladi. Huquqiy tarbiya– shaxsning bir maqsad yo’lida, ongli ravishda jamiyat taraqqiyoti va siyosatidan kelib chiqib, olib boradigan bir tizimdagi ijobiy faoliyatidir. Huquqiy jihatdan shaxsning o’zini o’zi tarbiyalashi– bu ongli ravishda bir maqsad yo’lida, o’z xarakterida ijobiy-huquqiy yo’nalishni shakllantirishidir. Keng ma’nodagi huquqiy tarbiya– shaxsning oila va bog’chada huquqiy bilim olishi, o’qishi, o’zining huquqiy bilimla-rini mustaqil boyitishi, umuman o’z ustida mustaqil ishlashi orqali olinadigan huquqiy bilimlarining yig’indisidir. Yuqorida huquqiy tarbiyaga berilgan izohlarni tahlil qilgan holda, fikrimizcha, huquqiy tarbiya– davlat organlari, nodavlat organlari, mansabdor shaxslar va alohida shaxslar guruhining aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maxsus faoliyati hisoblanadi. Tarbiya jarayonlarining yo’nalishlarini farqlashda qo’llaniladigan muhim mezonlardan biri- ong shakllarining turlicha ekanligi. CHunki, alohida olingan tarbiya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko’rinishlarini kamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya-siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya- ma’naviy ongni; estetik tarbiya- estetik ongni qamrab oladi va hokazo.
Huquqiy tarbiya, ongning o’ziga xos shakli bo’lgan, huquqiy ong bilan bog’liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi– tarbiyalanuvchilarga ma’lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko’nikmalar va malakaning berilishi. Ikkinchisi–tarbiyalanuvchilarda huquqiy g’oyalar, xissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish. SHu vazifalardan kelib chikib huquqiy tarbiyada fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi: birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmuni va mohiyatini tug’ri tushunish; ikkinchidan, huquq, qonunlar, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur hurmat qilish; uchinchidan, huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo’llay olish; to’rtinchidan, o’z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish; beshinchidan, huquqiy normalarning xar qanday buzishlariga nisbatan qat’iy murosasizlik ko’nikmasini hosil qilish.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. SHu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro’y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo’lishiga erishish maqsad qilib qo’yiladi. Ularning shaxsiy e’tiqodi dan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo’lgan xurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o’zagini tashkil etadi.
Bu yig’indiga kiruvchi huquqiy ongning tarkibiy qismlari shaxsga nisbatan kerakli psixologik va mafkuraviy yo’l-yo’riqlarni tashkil qiladi, uning o’z huquqiy bilimlarini turmushda faol tadbiq qila olishiga imkoniyat yaratadi. Mana shu tayyorgarlik darajasi huquqiy tarbiyaishlarining samaradorligini ko’rsatadigan asosiy ko’rsatkichdir Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, Huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi, uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holda ta’sir ko’rsatishdir.
SHuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tar-biyaga unchalik jiddiy e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda ham shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Huquqiy tarbiyaning tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi sifatida belgilab qo’yilmaganligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
SHubhasiz, huquqiy, siyosiy, va ma’naviy ongning o’zaro bog’liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo’shib yuborish ham mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o’ziga xos yo’nalishi sifatida huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog’liq. Huquqiy tarbiya mustaqil huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o’ziga xos shakllari va usullarini izlab topish hamda qo’llanish zaruriyatini taqozo etadi. Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan, huquqiy ongi shakllangan, huquqiy madaniyati yuksak bo’lishi lozim. Huquqiy tarbiya tamoyillariga ilmiylik, amaliyot bilan uzviylik, o’ziga xoslikni hamkiritish mumkin. Huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uni amalga oshirish jarayonida hozirgi zamon huquqiy va boshqa fanlari, avvalo, huquqiy faoliyat, shaxs tarbiyasi (sotsiologiya, ruhshunoslik, pedagogika va boshqalar) bilan bevosita munosabat dor yutuqlardan foydalanishni ifodalaydi. Ayni vaqtda huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uning mavjud holatini aks ettirmaydigan sub’ektiv izm bilan, huquqiy voqelikni baholashda mafkuraviy andozalardan foydalanish bilan chiqisha olmaydi. Huquqiy tarbiyaning amaliyot bilan munosabatdorligi ushbu tizim hal qiladigan huquqiy masalalarni hayotdagi mavjud hodisalar bilan uzviylashtirish zarurligini ifodalaydi.Mustaqil davlatimizning rivojlanish istiqbollari har tomonlama bilimli, yuqori malakali yoshlar qo’lida bo’lib, bu ulardan yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo’lish huquqni puxta bilishni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o’tish hamda huquqiy demokratik davlat qurish, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolatning qaror topishini ta’minlash, aholini huquqiy jihatdan tarbiyalash va uning huquqiy ongini rivojlantirishga bog’liqdir. SHu ma’noda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997yil 26 iyunda «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o’rganishni yaxshilash haqida» gi farmoni kata ahamiyatga ega. Mazkur Farmon asosida 1997 yil 22 iyunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Huquqiy ma’rifat targ’iboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yo’lga qo’yishi to’g’risida» qaror qabul kildi. Yuqoridagi qarorga asosan Toshkent Davlat Yuridik instituti xuzurida Respublika huquqiy ma’rifat targ’iboti markazi va uning joylardagi mintaqaviy bo’limlari tashkil etildi.
Bu markaz oldiga yoshlarni tarbiyalashda, huquqiy ongini rivoj-lantirishda huquqiy ta’limni kuchaytirish va bu jarayonni meto-dika jihat dan ta’minlash, aholi o’rtasida huquqiy bilimlarni targ’ib qilish, ommabop huquqiy adabiyotlar va darsliklar tayyorlash hamda boshqa ko’pgina vazifalar qo’yildi. Buning natijasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustun yo’nalishi bo’lganligi bois, bir qator amaliy ishlar qilindi. Yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirishda televidenie, radio va matbuotning o’rni o’ta muhimdir. Bu o’rinda Adliya va -zirligi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi organlarning«Huquqva burch» yuridik jurnali, «Inson va qonun» huquqiy gazetasi, «Postda» gazetasi, «Fuqarolik jamiyati» va «Advokat» jurnallari hamda boshqa nashrlar aholi huquqiy ongining o’sishigamuhim hissa qo’shmoqda.
Yuridik amaliyotda aholiniing huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida bir qancha huquqiy tarbiya usullaridan foydalaniladi. CHunonchi, ishontirish, ogohlantirish, rag’batlantirish, majburlash va jazolash, shular jumlasidan.

Keng umumnazariy miqyosda olganda madaniyat inson faoliyatining barcha ko’rinishlari va munosabatlarini aks ettiruvchi daraja va yo’nalishlarini o’z ichiga oladi, ularga taalluqli usul, yo’l-yo’riq, normalar majmuasidir. Ushbu yondashishdan kelib chiqganda madaniyat butun ijtimoiy hayotni boshqarish, saqlash, qayta yaratish va rivojlantirish usuli hisoblanadi. Bu o’rnida madaniyatning kontseptual mohiyatini, shu jumladan faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida huquqiy madaniyatning mohiyatini ham ochib berish muhimdir.


“Huquqiy madaniyat jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi, taraqqiyotning vorislik yo’sini bilan asta-sekin, biri ketidan biri keladigan avlodlar tajribalari va faoliyatining natijasi hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat ma’naviy-axloqiy va huquqiy boyliklar sifatida qonunga itoatkor turmush tarzini shakllantiruvchi, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy boshqaruvchi va mamlakatda huquqiy tartiblarni o’rnatuvchi huquqiy makonda, normativ aktlarda va huquqiy ongda o’z ifodasini topadi.37
Aynan, ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda huquqiy ongdagi nuqsonlar (krizis) ko’p jihatdan huquqiy madaniyatning past darajasi bilan belgilanadi.
"Jamiyat, huquqiy bo’lmagan boshqaruvning totalitar usullaridan voz kechib, huquqiy davlat qurish yo’liga qadam qo’yishga intilgan zahotiyoq, oldingi tuzum davrida siyosiy va iqtisodiy erkinliklardan siqilgan kishilar o’zlarining huquq va erkinliklaridan foydalanishning real imkoniyatini sezishlari bilanoq jamiyatda yillar davomida ustunlik qilib kelgan huquqqa va uni baholashga bo’lgan salbiy qarashlar ta’siri ostida shakllangan huquqiy madaniyat darajasining pastligini ko’rsatdilar."38
Huquqiy madaniyat harakatdagi qonunshunoslikning asosiy qoidalari ibtidosi haqida ma’lum bir tassavurlarga ega bo’lishni va ulardan foydalanish ko’nikmasini talab etadi.
Davlat huquqiy tizimi va harakatdagi qonunshunoslik haqida zarur bilimlarga ega bo’lmay fuqarolar o’z huquq va burchlarini ado etib, qiziqishlarini himoya qilolmaydilar. Davlat hokimiyati va boshqaruv lavozimlarida yuridik nuqtai nazardan savodsiz kishilar uchrasa, agar shunday kishilar sud, qonun ishlab chiqish, huquqni himoya qilish idoralarda ishlasa juda yomon. Huquqiy madaniyatning ushbu yo’nalishiga respublikamiz Prezidenti doimo e’tiborni jalb etadi. “Men o’z burchi, o’z xizmat vazifasiga ko’ra qabul qilingan qonunlarning bajarilishiga mas’ul bo’lgan shaxslar haqida alohida to’xtalishni istardim. Bular – qonunni muhofaza qiluvchi idoralar va ma’muriy organlarning xodimlaridir. Ayni shu xodimlarning xatti-harakatlariga qarab ko’pchilik jamiyatda qonun kuchiga qanday amal qilinayotganiga, huquqiy mexanizmlar nechog’li kuchli ekaniga, huquqiy jamiyat qay darajada yetukligiga baho beradi.”39
Huquqiy madaniyat ko’p qirrali murakkab hodisa sifatida quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:

  • ma’lum bir huquqiy ong darajasini, ya’ni huquqiy borliqni ongli tarzda his etishni;

  • umumiy madaniyat negizida, tsivilizatsiya darajasini, tarixiy xotira, milliy-madaniy an’ana va urf-odatlarni;

  • aholi tomonidan mavjud qonunlarni bilish va huquq normalarini yuksak darajada hurmat qilishni;

  • yuqori darajadagi qonunlar ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etishni;

  • qonun ishlab chiqish, huquqni himoya qilish, boshqaruv kabi idoralar faoliyatining samarali ishlashini;

  • mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga itoatkorligini..

Huquqiy madaniyatning xususiyatlarini o’rganganda uning nafaqat "gorizontal", shu bilan birga jamiyat – ijtimoiy guruh (millat, mehnat jamoalari, aholi qatlamlari) – shaxs (fuqaro, mansabdor shaxs) tizimini o’z ichiga oluvchi "vertikal" yo’nalishini ham nazarda tutish zarur. Hozir fanda ushbu yo’nalishlarni empirik tadqiq etish yetarli darajada chuqur olib borilmoqda. Huquqiy madaniyatni anglash bir darajadan yoki yo’nalishdan, ikkinchi darajaga yoki yo’nalishga o’tganda o’zgaradi, ya’ni tadqiq etish tepadan pastga qarab tushgani sayin ob’ekt holati aniqlashib, hatto maydalashib boradi; tadqiq etish qanchalik yuqori darajaga qaratilsa, ob’ektning mohiyati va o’rni shunchalik aniqlashadi, biroq bu o’rinda ob’ektdagi individual o’ziga xosliklar, guruhiy farqlar yo’qolib, ular tekislashadi.
Agar gap madaniyatning ma’lum bir tashkilot, ijtimoiy, hudud doirasida amal qilishi ustida ketadigan bo’lsa, ushbu makonlardagi guruhiy ong alohida ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga ijtimoiy guruhlar (kasb-kor, yoshlar va boshqalar) ning ham ongi mavjudligini, uning xususiyatlarini nazardan qochirmaslik kerak. Darvoqe, ushbu xususiyatlarni o’rganish ijtimoiy muhitlar madaniyatini rivojlantirishning qulay yo’llarini topishga imkon beradi. Va nihoyat, professional siyosatchilar va boshqaruvchilar ongining holati tamoyili ahamiyatga ega, ammo bu masala alohida o’rganishni taqozo etadi. Huquqiy madaniyatning yuqori qatlamlarini son-sanoq usulida (raqamlar asosida) bayon etish qiyin, ayni paytda bunday usul quyi qatlamni o’rganishda keng ishlatiladi. Ijtimoiy ong uzoq davr muqim, o’zgarmay qolishga moyil, ongning individual shakli esa keskin o’zgarishlarga uchrashi mumkin.

Download 324,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish