Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining predmeti va vazifasi



Download 324,16 Kb.
bet11/54
Sana13.03.2023
Hajmi324,16 Kb.
#918808
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asosla

Huquqiy madaniyat - bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishi.
Jamiyatning huquqiy madaniyati avvalam bor aholining huquqiy ongini rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi, ya’ni aholi tomonidan huquq haqidagi bilimlarning o’zlashtirilganligi, bu haqda ma’lumotga ega ekanligi, ularning qonunga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, sudga nisbatan munosabatlari yoki fuqarolarning huquqiy ko’rsatmalarga bo’lgan (bajarish yoki bajarmaslik holatlari) karashlari va x.k.larga bog’liq bo’ladi. Bu huquq madaniyatning birinchi elementi hisoblanadi.
Huquqiy madaniyatning ikkinchi elementi bo’lib huquq faoliyatining rivojlanish darajasi hisoblanadi. Bu esa olim - huquqshunoslarning nazariy faoliyatidan, talablar va yuridik o’quv yurtlarining tinglovchilari faoliyatidan, qonun ijodkorligi va huquqning tadbiqi bilan bog’liq amaliy faoliyatidan yoki huquqni ko’llash faoliyati va hokazolar bilan bog’liq bo’ladi.
Jamiyatning huquqiy madaniyatiga davlatning hokimlik (huquq qo’llash) faoliyati sezilarli ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni qonunga binoan - uni tatbiq qilish maqsadida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni amalga oshiradi.
Huquqiy madaniyatning uchinchi elementi bo’lib yuridik aktlar butun tizumning rivojlanish darajasi hisoblanadi, ya’ni ushbu jamiyatning huquqini ifoda etuvchi va mustahkamlovchi hujjatlarning matni (teksti) jamiyatning huquqiy madaniyatini baholashda qonunchilik tizimi (uning asosi bo’lgan konstitutsiya ) ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi.Umuman olganda butun normativ-huquqiy aktlarning butun tizimi - qonunlardan tortib mahalliy hokimiyat boshqaruv organlarining aktlarigacha rivojlanish darajasi muhim rol o’ynaydi.
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, "...keyingi o’n yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik mumkin emas. Bir tomondan, bu ijtimoiy tenglikka, kafolatlangan mehnat qilish huquqiga, yalpi bepul ta’lim va tibbiyot xizmatga tarafdorlikka intilishida namoyon bo’lmoqda. Ikkinchi tomondan esa, yakka hokimlikdan iborat ma’muriy buyruqbozlik tizimi keltirib chiqargan insonni mulkka egalikdan va xo’jayinlik tuyg’usidan begonalashtirilganligi, tayyorga ayyorlik ruhiyati yuzaga keltirganligida ko’rinmoqda."40
SHuning uchun ham, deb alohida ta’kidlaydi Prezident I.Karimov, "xalqimiz huquqiy madaniyatini oshirishni tashkil etish, uni davlat siyosati darajasiga ko’tarish lozim, zero, mustaqillik tushunchasi zamirida buyuk huquqqa ega bo’lish yotadi."41
Buning uchun respublikamizda qilingan ishlar kam emas. Masalan, 1997 yil 20 mayda O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov huquqni himoya qilish organlari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Unda erkin, huquqiy demokratik davlat qurishning zaruriy sharti xalq huquqiy madaniyatini oshirish ekanligi ta’kidlandi. SHu bilan birga Prezident, har bir ishning muvaffaqiyati kadrlarga bog’liq, shuning uchun, barcha sohada bo’lganidek yurisprudentsiyada ham yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash zarurligiga e’tiborni qaratdi. Ushbu uchrashuv ho’jako’rsin uchun (deklarativ) yoki o’tkinchi xarakterga ega emasligini bir oydan keyin O’zbekiston Prezidentining "Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqshunos kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o’rganish ishlarini yaxshilash" (1997 yil 25 iyunь) va uning ketidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi yuristlar malakasini oshirish Markazini tashkil etish to’g’risida"gi qarori (1997 yil 22 iyulь) qabul qilingani ham ko’rsatadi. Bir oy o’tgach Oliy Majlisning 9 sessiyasida "Jamiyatning huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishning Milliy dasturi" (1997 yil 29 avgust) qabul qilinadi. Ushbu dastur aholining barcha qatlamida huquqiy savodxonlikni oshirish, yuqori darajadagi huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy bilimlarni kundalik hayotda tatbiq eta bilish ko’nikmalarini tarbiyalash uchun huquqiy madaniyatni rivojlantirishning keng, doimo harakatdagi tizimini yaratishni vazifa qilib belgiladi. SHuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, huquqiy madaniyatni shakllantirish uzoq davrlarni va doimo ishlashni o’z ichiga oladi. Nima uchun biz huquqiy madaniyatni shakllantirishga katta ahamiyat beryapmiz, bu bilan biz huquqiy davlat qurishdagi uning rolini bo’rttirib yuborayotganimz yo’qmi? Albatta, yo’q. CHunki huquqiy xulqni shakllantiruvchi bosh omillardan biri huquqiy madaniyat hisoblanadi. Bu masalaning qay darajada dolzarbligi to’g’risida Respublikamiz Prezidenti ta’kidlab, shunday deydi: “oldimizda turgan g’ov va to’siqlarni yengish jarayonida hammamiz uchun eng ta’sirchan qurolga aylanadigan kuch – bu xalqimizning huquqiy ongini, tafakkurini tarbiyalash, huquqiy madaniyatini oshirish, qalbida erkinlik va mas’uliyat tuyg’ularini qaror toptirishdir”42. Bundan tashqari, huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida siyosiy, axloqiy boshqarish madaniyatining to’laqonli ishlashini ta’minlaydi, busiz esa ijtimoiy taraqqiyot, davlatlararo, xalqlararo va madaniyatlararo aloqalar yo’q. Huquqiy madaniyat shaxs rivojining sifatini bildirib o’z ichiga g’oyaviy darajani (bilish va fikrlash madaniyati, ijtimoiy tajribani umumlashtirish va tahlil qilish, ilgari egallangan bilimlarga tayanib yangi ijtimoiy hodisalarni anglash), ruhiy emotsional darajani (bilimning haqiqiyligiga chuqur ishonish) va faol xulq-atvor darajasini (siyosiy va huquqiy qarorlarni amalga oshirishga shaylik va qodirlik) oladi.





Download 324,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish