Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining predmeti va vazifasi



Download 324,16 Kb.
bet16/54
Sana13.03.2023
Hajmi324,16 Kb.
#918808
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asosla

Huquqiy ta’lim mazmunining tamoyillari. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida demokratik jamiyat barpo etishdek orzumizning ro’yobga chiqishida zamon talabalariga javob beradigan, huquqiy bilimga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
SHuning uchun ham O’zbekiston mustaqilligining ilk qadami sifatida ta’limni tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda egallash imkoniyatini berishdan iborat51 ekanligi e’tirof etilgan.
Huquqiy ta’lim mazmuni alohida tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Huquqiy ta’lim mazmunining tamoyillari deganda, bilim beruvchi faoliyatini va bilim oluvchilar bilish faoliyatining xususiyatini belgilaydigan asosiy qoidalar tushuniladi. Bu tamoyillarga amal qilish natijasida huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishiga va unga taalluqli xususiyatlarning shakllanishiga erishiladi.
Bu tamoyillar tarkibiga huquqiy ta’limning insonparvarligi; huquqiy ta’limning davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishlariga bog’liqligi; huquqiy ta’limning uzluksizligi; huquqiy ta’limning tizimli va izchilligi; huquqiy ta’limning dunyoviyligi; huquqiy ta’limning erishilgan yutuqlar bilan muvofiqligi; huquqiy ta’limning kasbga yo’naltirilganligi; huquqiy ta’limning ilmiyligi; huquqiy ta’limning hayot bilan bog’liqligi; huquqiy ta’limning amaliyot bilan birligi; huquqiy ta’limning faolliligi; huquqiy ta’limning tarbiya bilan birligi; huquqiy ta’limning boshqa fanlar bilan aloqadorligini kiritish mumkin.
Barcha tamoyillarning yig’indisi huquqiy ta’lim mazmunini ifodalaydigan ichki o’zaro muvofiqlashgan qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi.
Ushbu tamoyillarni uch guruhga ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi guruh – huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy tamoyillari bo’lib, bularga ta’limning uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi, faolligi kiradi.
Ikkinchi guruh – huquqiy ta’limning metodik-uslubiy tamoyillari bo’lib, bularga ta’limning tizimliligi, kasbga yo’naltirilganligi, ko’rgazmaliligi, amaliyot bilan birligi, boshqa fanlar bilan aloqadorligini kiritish mumkin.
Uchinchi guruh – huquqiy ta’limning tarbiyaviy tamoyillari. Bularga ta’limning insonparvarligi, vatanparvarligi, erishilgan yutuqlar bilan muvofiqligi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlariga bog’liqligi kiradi.
Huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy printsiplari huquqiy bilimlar ilmiy-nazariy asoslarining ta’lim jarayonidagi o’rnini ochib beradi. Bunda huquqiy me’yoriy hujjatlar, tushunchalar, nazariyalar bilan tanishtirilib, ilmiy-nazariy bilimlar beriladi. Ushbu bilimlar aqliy rivojlanish uchun muhimdir. SHunday bilimlargina huquq fanining ilmiy-nazariy mazmunini o’zlashtirib, fanni egallab olishga imkon beradi. Masalan, huquq nazariyasini ilmiy asosda tushunib olmasdan, huquqbuzarlik, uning turlarini tushunish qiyindir yoki konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlarning ilmiy mohiyatini bilmay turib, davlat bilan fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni (fuqarolikka qabul qilish, fuqarolarning teng huquqliligi) to’liq tushunish mumkin emas. Ilmiy-nazariy bilimlar o’zining xususiyatini yo’qotmagan holda, ta’lim oluvchilarning yoshiga, ularning rivojlanish darajasiga qarab izohlab berilishi lozim.
Huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy tamoyillarini amalga oshirishda izchillik va uzluksizlik juda muhimdir. Ya’ni bunda huquqiy ta’lim jarayonida muntazam, tadrijiy, tinimsiz asosda bilim berish tushuniladi. Masalan, davlat ramzlari maktabgacha ta’limda ham, boshlang’ich va umumiy o’rta ta’limda ham, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtida ham o’rganiladi. Bu mavzuning ilmiy tushunchalari yil sayin chuqurlashib boradi. Bola bog’chada davlat ramzlariga nimalar kirishini bilib oladi. Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerbni boshqa davlatlarning ramziy belgilari aks etgan rasmlardan ajratib olishga o’rganadi. Madhiyaning so’zlarini yodlab, musiqaga solib aytishni o’rganadi. Bunda madhiyaning har bir so’zini to’g’ri, aniq talaffuz etilishiga e’tiborni qaratish lozim. Bu fikrni ta’kidlashimizga asosiy sabab shuki, tadqiqotimiz jarayonida bog’cha tarbiyalanuvchilaridan ba’zilari O’zbekiston Respublikasi madhiyasidagi ”hur” so’zini ”ur”, ”yo’ldosh” so’zini ”o’ldosh”, ”jo’sh” so’zini ”o’sh”, ”zamon” so’zini ”omon”, ”diyor” so’zini ”uyor” deb kuylaganlari aniqlandi.
Huquqiy ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida ta’lim oluvchi boshlang’ich sinfda, umumiy o’rta ta’limda davlat ramzlarining mohiyatini, davlat ramzlarining qonun bilan tasdiqlanishini, davlat ramzlari haqida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida ma’lumot berilganini, davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlarni va davlat ramzlariga hurmatsizlik huquqiy javobgarlik keltirib chiqarishini bilib oladilar. O’rta maxsus va oliy ta’limda esa davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlarning mohiyatini, ularning xususiyatlarini, jahonda tutgan o’rnini va boshqa shu kabi ilmiy-nazariy xususiyatlarini o’rganadilar.
Huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy tamoyilini amalga oshirishda onglilik va faollik ham muhimdir. Bunda ta’lim oluvchining huquqiy bilimlarni egallash jarayonini faol fikrlash jarayoniga aylantirishi ta’lim oluvchida ijodiy tashabbuskorlik, mustaqil tafakkur, ilmiy dunyoqarash vujudga keltiradi. SHuningdek, bu qoidani amalga oshirishda huquqiy mavzuni ongli ravishda tushunish, unga nisbatan ongli munosabatda bo’lish va bilish faoliyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, yo’l harakati qoidalariga oid svetoforning qizil chirog’ida yo’lni kesib o’tmaslik qoidasini tushunishning o’zi kifoya emas. Ushbu qoidaga ongli munosabatda bo’lib rioya etilishi ham zarurdir.
Huquqiy ta’limning metodik-uslubiy tamoyillari ham katta ahamiyatga ega. Huquqiy ta’limning metodik – uslubiy tamoyillari ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadga erishish uchun qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullarining asosiy mazmunini ochib beradi. Bunda ta’lim oluvchilarning ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi va amalda qo’llay bilishlariga erishiladi. Huquqiy ta’limda to’g’ri foydalanilgan metodik tamoyillar ta’lim-tarbiya ishlarida ijobiy natijalarga olib keladi. Huquqiy ta’limning metodik-uslubiy tamoyillari tarkibida tizimlilik qoidasi asosiy o’rinni egallaydi. Masalan, dastavval davlat va huquqning nazariy asoslari, undan keyin davlat va huquq tarixi, keyingina huquq sohalari o’rganiladi yoki jinoyat huquqi sohasini o’rganishda avvalo jinoyat huquqining umumiy qoidalari (jinoyat huquqi tizimi, jinoyat huquqiga oid huquqiy hujjatlar, ularning vazifalari, jinoyat tushunchasi, uning tarkibi, jinoiy javobgarlik asoslari va h.k.) o’rganilib, keyingina maxsus qoidalar (jinoyat turlari va ularga tegishli jazolar) o’rganiladi.
Huquqiy ta’limning kasbga yo’naltirish tamoyili esa bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kasbiy yo’naltirilganlik ko’nikmalarini hosil qilishni nazarda tutadi. Masalan, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida har bir bo’lajak mutaxassisga kasbiga qarab huquqiy ta’lim berishga erishish muhimdir. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlaydigan pedagogika bilim yurtlarida huquqiy ta’lim berishda asosiy e’tibor bola huquqlari, inson huquqlari, pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari, ta’lim huquqi, pedagog xodimlarning mehnat munosabatlari, ish vaqti, dam olish vaqti, mehnatga haq to’lash, mehnat shartnomasini tuzish, bekor qilish va h.k.ga qaratilishi lozim.
Huquqiy ta’limda ko’rgazmalilik tamoyiliga amal qilish ham yaxshi natijalar beradi. CHunki ta’limda og’zaki bayon etish bilan birga og’zaki bayon etishning ko’rgazmali bo’lishi, ko’rgazmali qurollardan foydalanib ta’lim berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda bilim oluvchi yorqin va aniq tasavvurga ega bo’ladi. Masalan, yoshlarga huquqiy ta’lim berishda saylov tizimi, saylov tamoyillari tushuntirilib, saylov byulleteni haqida bayon etilganda, ta’lim oluvchiga aynan saylov byulletenining o’zi ko’rsatilsa, yoshlarda yanada aniq tassavur hosil bo’ladi. SHuningdek, huquqiy mavzu bayonida chizma, diagramma kabilardan foydalanish ham yuqori samara beradi. Bunga misol qilib, A.Saidov, U.Tojixonov tomonidan yozilgan ”Davlat va huquq asoslari” o’quv qo’llanmasida, O.Karimova, H.Tuychieva tomonidan yozilgan ”Davlat va huquq asoslari” o’quv qo’llanmasida berilgan chizmalarni keltirish mumkin52.
Huquqiy ta’limning amaliyot bilan bog’lab olib borilishi ko’rgazmalilik tamoyili bilan chambarchas bog’langan. Ta’limning amaliyot bilan bog’liqlik qoidasi yoshlarning hayotni o’rganish yo’lidir. Bu esa ta’limni hayot bilan bog’lab olib borishga yordam beradi, huquqiy bilim yoshlarning ishonchi va e’tiqodiga aylanishiga ko’maklashadi, fuqarolik huquq va burchlarini tushunib, jamiyatda o’z mavqeini topishga yordamlashadi. Masalan, bog’cha bolasiga yo’l harakati qoidalariga rioya etishni bayon qilib bo’lgandan so’ng, ularni ko’chaga olib chiqib, yo’l harakati qoidalariga –chorraha, svetofor, yo’lkalarni ko’rsatib amaliy rioya ettirilsa, kutilgan natija yuqori darajada bo’ladi.
Huquqiy ta’limning tarbiyaviy tamoyilining ham o’ziga xos o’rni bor. Bunda inson shaxsida umumiy insoniy fazilatlar (yoqimlilik, barkamollik, so’zga chechanlik, hurmatga sazovorlik, jiddiylik, ziyolilik, oddiylik), axloqiy xislatlar (odamiylik, jonkuyarlik, rahmdillik, olijanoblik, xushmuomalalik, andishalilik kabi) va ular vatanparvarlik, ongli intizomlilik, qonunga rioya etish ruhida tarbiyalanadilar. Huquqiy ta’lim jarayonida muayyan mavzuni davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishi bilan, erishilgan yutuqlar bilan bog’lab olib borish yaxshi natijalar bermoqda. Masalan, huquqiy ta’lim davlatimizda ro’y berayotgan islohotlarni bayon etish, xalq hokimiyatchiligining ahamiyati, siyosiy o’zgarishlar, hozirgi zamon fani va texnikasi, umuminsoniy qadriyatlar va milliy qadriyatlarga asoslanishi bilan olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Konstitutsiya baxtimiz va erkinligimiz timsoli sifatida inson va fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlarini kafolatlovchi Bosh Qomusdir. Har qanday davlatning yuzi, obro’-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya esa davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan hujjatdir.
Davlat tizimini yangilash, uning demokratlashtirish jarayonini rivojlantirish sharoitini yaratgan mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi - Vatanimiz va xalqimizning o’tmishi, buguni va kelajagini 21 yildan buyon ko’rsatib kelmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “barchamiz bir haqiqatni anglab, tushunib bormoqdamiz – bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishayotgan bo’lsak, bularning poydevorida Konstitutsiyamiz - buyuk Hayot qomusimiz turibdi”.53
Davlatimizning Asosiy qonuni inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab, o’zining muxtor vakillari siymosida qabul qilingan.
O’zbekiston Konstitutsiyasi yangi jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantiradi va mustahkamlaydi. Bu Asosiy Qonun har tomonlama va chuqur o’ylangan umumxalq muhokamasidan keyin demokratik yo’l bilan qabul qilingan. Konstitutsiya bizga inson huquqlari, ozodlik, barqarorlik va taraqqiyot majmuini ifodalaydigan demokratik, huquqiy va adolatli davlatni qanday qilib qurish yo’llarini ochib bergan.
Ma’lumki, mustaqillikning o’tgan qisqa tarixiy davrida mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida ham tub islohotlar izchil amalga oshirildi. Hur O’zbekiston erkin demokratik konstitutsiyaviy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishdek buyuk maqsad sari o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyot yo’lidan bormoqda. Hayotning o’zi, jamiyatni demokratlashtirish va yangilashning, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishning o’zbekcha modelini tanlangan yo’limiz va tamoyillarimizning to’g’ri ekanini ko’rsatmoqda.
Qisqa davr ichida O’zbekistonda Konstitutsiya zamirida tamomila yangi siyosiy va huquqiy tizim shakllandi. Fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy ongi va tafakkurida, dunyoqarashida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
O’zbekiston xalqining tinchlik-xotirjamlikda hayot kechirishi, ertangi kunga bo’lgan ishonchining negizida Konstitutsiyada belgilangan huquqiy me’yorlarning ahamiyati katta.
Yangi jamiyat barpo etish borasida bugunga qadar erishgan yutuqlarimiz, hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan demokratik amaliyot va an’analarni joriy etayotganligimiz, shuningdek davlat hokimiyati faoliyatida inson huquqlari va manfaatlari g’oyalariga tayanib ish ko’rayotganligimiz natijasida O’zbekiston xalqaro maydonda obro’-e’tiborga ega bo’lib, dunyo hamjamiyati bilan hamkorligi tobora mustahkamlanib bormoqda.
Fan, ta’lim, ishlab chiqarish, tibbiyot, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlarimizni jahon e’tirof etmoqda. Ayniqsa, yurtimiz buguni va kelajagining hal qiluvchi kuchi bo’lgan yoshlarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda.
Xalqimiz nimalar evaziga, qanday og’ir va mashaqqatli kunlar, sinovlarni boshdan kechirib, bugungi yutuq va marralarga erishganini anglagan holda, ertangi yorug’ va hech kimdan kam bo’lmaydigan kelajagimizga ongli ravishda qadam qo’ymoqdamiz.
Bu yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir54.
O’zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidan borar ekan, uning asosiy vazifasi har tomonlama barkamol erkin shaxslarning kamol topishiga shart-sharoit yaratish hisoblanadi. SHuning uchun ham ta’lim sohasiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor berilmoqda.
1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” printsiplariga asosan O’zbekiston Respublikasi shaxsning bilim olish huquqini amalga oshirilishining harakatdagi samarali huquqiy mexanizmini yaratib berdi.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi yaratilib, uning asosida shaxs ta’lim olishining huquqiy mexanizmlari amalda mustahkamlandi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ushbu hujjatlarning mantiqiy davomi bo’lgan “2004-2009 yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” hamda sohani rivojlantirishga oid qabul qilingan boshqa qonun va qonun osti hujjatlari, ularning ijrosini ta’minlash borasida bugungi kunda ta’lim muassasalarining moddiy - texnika bazasini takomillashuvi, davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarining yaratilishi, optimallashuvi va boshqa yaratib berilayotgan imkoniyatlar Asosiy Qonunimizda ta’lim olishga berilgan huquqning kafolatini ta’minlaydi. Ushbu qoidaga ko’ra, davlat nafaqat ta’lim olish huquqini kafolatlamoqda, balki uning qay tarzda amalga oshirilishi nazoratini ham o’zining zimmasiga olgan. Yaratib berilayotgan imkoniyatlar zamirida o’quvchilarimiz matematika, ximiya, fizika, rus tili fanlaridan o’tkaziladigan xalqaro olimpiadalar, turli tanlovlar, sport musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar. 
Ta’lim turlari va shakllarining turli-tumanligi shaxsning ta’lim olishga bo’lgan talab va ehtiyojlarini to’la qondirish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda har bir shaxs dini, tili, irqi, yashash joyi, millati, kelib chiqishi va qaerda ishlashidan qat’iy nazar teng ta’lim olish huquqiga ega deb ko’rsatib o’tilgan. Ta’lim olish huquqining mazmuni shundaki, O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosiga ta’lim va tarbiyaning barcha ko’rinishlaridan teng foydalanish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Ta’lim olish huquqini amalga oshirishga mavjud kuchli moddiy - texnika bazasi imkon yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy maqsadlaridan biri fuqarolik jamiyati qurish, uni har tomonlama rivojlangan, mustaqil va barkamol shaxslardan iborat bo’lishini ta’minlashdan iborat. Davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishi har bir insonning qobiliyatiga yarasha ta’lim olishi va uni jamiyat foydasiga, tarraqqiyotiga xizmat qilishini ta’minlashga qaratilgan. Texnika va fanning yuksak darajadagi rivojlanishi har bir kishi bilimini yuqori sifatda bo’lishini talab qilmoqda.
Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlatni barpo etishda birinchi navbatda, kelajak avlodning madaniyati, ma’lumoti, ma’naviyati muhim o’rin egallaydi. Ilm-ma’rifatni egallamasdan turib, biror-bir yutuqni qo’lga kiritish, tub ma’nodagi islohotlar o’tkazish, yosh avlod tarbiyasida ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Ayni shu haqiqat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq va ravon belgilab qo’yilgan. Ushbu me’yorlar Konstitutsiyaning 2 bo’limining “SHaxsiy huquq va erkinliklar” deb nomlangan VII bobda, “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan IX bobda ko’rish mumkin.
Jumladan, 41-moddada quyidagilar kafolatlangan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”55. Mazkur moddada belgilab qo’yilgan qoidalarga ko’ra, bizda millatidan qat’i nazar har bir fuqaroning bilim olish huquqi kafolatlanadi. Davlat tomonidan bepul umumiy ta’lim olinishi mustahkamlanib, ayni paytda maktab-maorif ishlarining davlat nazoratida ekanligi belgilab qo’yilgan. Nazarimizda, 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning mohiyati Konstitutsiyamizdagi aynan shu moddalarning amaliy isbotidir.
2013 yilda mamlakatimizda 756 ta ta’lim maskani, musiqa va san’at maktablari, bolalar sporti ob’ektlari yangitdan qurildi, rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi. Zamonaviy kompyuter sinflari, o’quv laboratoriyalari, ustaxonalar tashkil etilib, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Ma’lumki, shu yildan e’tiboran mamlakatimizda xorijiy tillarni o’qitish tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab xorijiy tillarni chuqur o’rganish yo’lga qo’yildi. Bu esa, yoshlarning jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlarini egallashi, yetuk va malakali kadrlar bo’lib yetishishi uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Har yili mamlakatimizda 600 mingdan ziyod butunlay yangicha shart-sharoit va muhitda kamol topgan yosh avlod vakillari katta hayotga yo’llanma olmoqda.
2012 yilda kam ta’minlangan oilalarga mansub o’quvchilarga qiymati qariyb 28 milliard so’mdan iborat bo’lgan qishki kiyim-kechak berildi. Yangi o’quv yilida 510 mingga yaqin birinchi sinf o’quvchisi, shuningdek, uyda ta’lim olayotgan, imkoniyati cheklangan 11 mingga yaqin bola davlat byudjeti hisobidan 12 turdagi o’quv anjomlari to’plami bilan ta’minlandi.
Ayni vaqtda o’quvchi qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish va rag’batlantirish maqsadida 190 mingta sport kiyimlari to’plami ularga sovg’a tariqasida berilgani, 50 ming nafar bola bepul, 270 ming nafar bola esa imtiyozli asosda yozgi oromgohlarda dam oldirilganini ta’kidlash lozim.
2012 yil davomida mingga yaqin umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter xonalari, 1150 tadan ziyod kasb-hunar kollejidagi o’quv ustaxonalari amaliy mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan jihozlar, xomashyo mahsulotlari bilan ta’minlandi. “Elektron ta’lim” loyihasi doirasida oliy o’quv yurtlarining kutubxona fondlarini elektron shaklga o’tkazish borasidagi dasturiy ishlar boshlandi.
Internet tarmog’ida ishlash ko’nikmalarini egallash bo’yicha qishloq yoshlari uchun ishlab chiqilgan maxsus o’quv dasturi asosida 30 mingga yaqin yigit-qiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha o’z bilimini oshirishga muvaffaq bo’ldi.
2012 yilning o’zida 168 ta bolalar sporti ob’ekti foydalanishga topshirildi va bugungi kunda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan 1 million 600 mingdan ziyod bolalarimiz sport bilan muntazam shug’ullanish imkoniga ega bo’ldi56.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlab o’tganidek, davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig’i ta’lim sohasini moliyalashtirishga yo’naltirildi.57
Aholini ijtimoiy himoya qilishda yolg’iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa zaif toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha amaliy va aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011–2015 yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2011 yil 30 maydagi PQ-1542-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to’g’risida”gi 1994 yil 24 avgustdagi 434-son qarori, “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to’g’risida”gi 2007 yil 15 maydagi 97-son qarori, “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori, “O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2010 yil 19 fevraldagi 29-son qarori, “Ijtimoiy nafaqalar tayinlash tartibini yanada takomillashtirish hamda oilalarning jami daromadlari yanada to’liq hisobga olinishini ta’minlash to’g’risida”gi 2012 yil 7 iyundagi 165-son qarori shular jumlasidandir.
Oliy ta’limda ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda, Jumladan, 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab biz uchun yangi bo’lgan oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, doktorlik ilmiy ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlar berish tizimi joriy etildi.
Ilmiy kengashlar asosan nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash maskani, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylanishi lozim bo’lgan yetakchi oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etildi.
2013 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizda oliy o’quv yurtlari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etildi. Reyting tuzish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi zimmasiga yuklandi. Ushbu markaz reyting baholarini tuzishning hozircha vaqtinchalik tasdiqlangan metodikasi asosida Hukumatga mamlakatimizda oliy ta’limning qanday rivojlanayotgani to’g’risida har yili tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlab o’tganidek, ta’lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Frantsiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o’rinli, deb o’ylayman. Ma’ruza Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Ushbu ma’ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo’lib, mazkur ko’rsatkich bo’yicha bizning mamlakatimiz 35-o’rinni egallagan. Ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo’yicha esa O’zbekiston – shunga e’tibor beringlar – dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o’rinni band etgan58.
Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarida hech bir shaxs, hech bir fuqaro o’z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o’zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitutsiyasisiz tasavvur qila olmaydi, chunki har bir shaxs kundalik hayotida Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi hamda ushbu Asosiy Qonunga o’zining huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi oliy yuridik hujjat sifatida qaraydi.
SHuning uchun ham demokratik jamiyatda yashayotgan har bir shaxs Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi, uni hayotiy qo’llanmaga aylantirishi hamda shaxsiy hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimini aynan Konstitutsiyadan topa bilishi zarur. 
Darhaqiqat, demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidagi eng dastlabki va eng muhim qadam Konstitutsiyani o’rganish hamda uni hayotga tatbiq etishdan boshlanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e’lon qilgan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida”gi farmoyishi ham “O’zbekiston Konstitutsiyasining jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o’rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uning mazmun-mohiyatini targ’ib va tashviq qilish maqsadida”59 qabul qilingan tarixiy hujjat sifatida demokratiya yo’lida ulkan bir qadam qo’yish uchun katta turtki bo’ldi.
Davlatimiz rahbari O’zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog’chasidan boshlab o’rgatish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’rganishni vazifa qilib qo’ydi.
TDPUni bitiruvchilari ta’limning barcha turlarida faoliyat olib borar ekanlar, nafaqat ijtimoiy fan o’qituvchilari, balki tabiiy, gumanitar fan o’qituvchilari ham yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirishda O’zbekiston Konstitutsiyasining ma’no-mazmuni va mohiyatini tushuntirishga tayyor bo’lishlari lozim. Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquqiy me’yorlarni shunchaki yodlatish emas, balki uning ma’nosini tushuntirish va uni hayotga tatbiq etishga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston xalqi Konstitutsiyaning 21 yilligini katta tantana qilib nishonladi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2014 yil mamlakatimizda “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilindi. Sog’lom bolaning dunyoga kelishi, uning baquvvat bo’lib o’sib-ulg’ayishi ko’pgina talab va omillarga bog’liq ekanligidan kelib chiqib, bir qator vazifalar belgilandi. Prezident ta’kidlaganidek, “sog’lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim-tarbiyaning o’rni va ta’sirini yanada kuchaytirish lozim”.60
Darhaqiqat, ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog va murabbiylarni ta’minlash bizning universitetimizga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Boshlang’ich ta’limda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo’lgan pedagog kadrlarning faoliyat ko’rsatishiga erishmoq lozim. Ta’limning boshqa yo’nalishlarida ham sog’lom bolani voyaga yetkazishda nimalarga ahamiyat berish lozimligini aniqlash va uning yechimini topish bugungi kunning dolzarb masalasidir.



Download 324,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish