Ma`ruza materiallari 1-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon



Download 433,71 Kb.
bet8/21
Sana13.06.2022
Hajmi433,71 Kb.
#665419
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
2 5393579677883305680

Tayanch iboralar:So’zning obrazga aylanishi, denotativ ma’no, konnotativ ma’no, til metaforasi, individual metafora.
Savol va topshiriqlar:

  1. Obrazlilik – voqelikni ijodkorning dunyoqarashi, ideali nuqtai nazaridan aks ettirishning umumiy printsipi.Lirik qahramon qanday shaxs?

  2. Zulfiyaning «Xotiramsiniqlari» dostonidashoiradardiqandayo’zifodasinitopgan?

  3. IkromOtamurodning «Ichkari... tashqari...» va «Sopolsiniqlari» dostonlaridaqandayg’oyailgarisurilgan?

4.«Izohsiz lug’at», «Chiptasiz odamlar» dostonida qanday g’oya ilgari surilgan? «Yoziq», «Ayolg’u» dostonining falsafiy haqiqati qanday?
Adabiyotlar ro`yxati:

  1. N.Rahimjonov. o’zbek adabiyotida poema. –T.: Fan, 1986.

  2. Ulug’bek Hamdamov. Badiiy tafakkur tadriji. –T.: Yangi asr avlodi. 2002.

  3. To’lan Nizom. Girya. Sharq yulduzi, 1993 yil, 9-son.

  4. To’lan Nizom. Cho’lpon. Sharq yulduzi, 1992 yil, 6-son.

  5. Cho’lpon Ergash. Ra’noning savdosi. Sharq yulduz, 1997 yil, 3-son.

  6. Oydin Hojieva. Najot. Sharq yulduzi. 1991 yil, 12-son.

7.Normatov. Dunyoni yangicha ko’rish ehtiyoji. Jaxon adabiyoti, 2002 yil.
8.Ibrohim Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. –T.: 1991.
9.Pirimqul Qodirov. Ma’naviyat, modernizm va absurd. o’zAS, 2004 yil.
10.N.Rahimjonov. o’zbek sovet adabiyotida poema. –T.: Fan. 1986.
11.SH.Hasanov. Davr va doston. “Sharq yulduzi”, 2002 yil, 4-son.
12.SH.Hasanov. Doston janridagi o’zgarish va yangicha badiiy talqinlar. o’zbek tili va adabiyoti. 2000 yil, 2-son.
13.Usmon Azim. Oqpadar. Sharq yulduzi. 1992 yil, 4-son.
14.Asqad Mahkam. Tavajjuq. Sharq yulduzi. 1992 yil, 5-son.
15.Ikrom Otamurod. Ichkari... tashqari... Sharq yulduzi, 1997 yil, 5-son.
7-mavzu: Hozirgi nasrda hikoya, ocherk, esse, memuarning o`rni. 2 soat.
Reja:

  1. Epik tur. Hikoya janri haqida.

  2. Ocherk haqida ma’lumot.

  3. Esse janri va uning turlari.

  4. O’zbek adabiyotidagi esselar.

  5. Memuar asarlarning xususiyatlari.

Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda, avvalo, voaeabandlikni tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so'z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to'laqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o'zinftng tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni tasvirlangan deb aytiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo'lib, bu elementlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik element.iari deyilganda muallifning mushohadalari, fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli o'laroq, asarni o'qish davomida o'quvchi tasavvurda jonlanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uyg'un birikishi kuzatiladi: asardagi badiiy voqelikni biz shartli ravishda obyektiv ibtido deb olsak, asar to'qimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini subyektiv ibtido deh yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina «obyektiv» ibtido deyishimizga sabab, u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan, ideal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, muallif obrazi hatto «obyektiv tasvir» yo'lidan borilib, muallif imkon qadar o'zini chetga olgan asarlarda ham mavjud bo'lishi tabiiydir. Demak, epik asarlarda badiiy voqelik bilan bir qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt mavjuddir.
Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo'lda yozilishi, shuningdek, nasriy yo'lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari aytildi. Demak, nasriy yo'lda yozilganligining o'zigina asarni epik deyishimizga asos bermaydi, «nasriy asar» va «epik asar» tushunchalari bitta ma'noni anglatmaydi.
Epik asarda, odatda, makon va zamonda kechuvchi voqealar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi-personaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishini taqozo qiladi, zero, ularning ban birlikda o'quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an'anaviy ravishda yetakchi o'rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va h.k.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlaming barini yaxlit butunlikka birlashtiradi.
Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning salmog'i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og'zaki ijodidagi ertaklar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog'i katta bo'lgani holda, dialogning salmog'i unchalik katta emas, tafsilotlar esa badiiy voqelikni to'laqonli tasvirlashga ko'pincha yetarli bo'lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda keyingi ikkisining salmog'i va ahamiyati ortib boradi. Bu narsa badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o'ziga singdirishi natija'sidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengayishi sifatida tushunilishi mumkin. Masalan, dramaturgiya va teatrning rivojlanishi natijasida inson xarakterini yaratishning dramaturgik usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; teatr san'atining rivoji o'quvchi ommani dramaturgik usulda yaratilgan inson xarakterini anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan badiiy voqelikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, ya'ni badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik unsurlar kirib keldi. Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o'zining hayotiyligi, ma'no ko'lamining kengligi bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, epik asarda dialog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda qatnashayotgan personajlarning ruhiy holati, xarakter xususiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari mavjud. Ya'ni personajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin.
Epik asarda voqea-hodisalarni hikoya qilib berayotgan shaxs rpviy yoki hikoyachi deb yuritiladi. Yuqorida aytganimizdek, epik asarda rivoya ko'pincha muallif tilidan, ba'zan esa personajlardan bin tilidan olib boriladi. Masalan, G'afur G'ulomning «Shum bola», «Yodgor», X.To'xtaboyevning «Sariq devni minib», E.A'zamovning «Otoyining tug'ilgan yili» kabi qissalarida rivoya personaj tilidan olib boriladi. Shuningdek, rivoya asosan muallif tilidan olib borilgan asarlarda ba'zan epizodik ravishda roviy-personajning paydo bo'lishi ham kuzatiladi. Masalan, «O'tgan kunlar»da rivoya muallif tilidan olib boriladi, romanga kiritilgan «Usta olim hikoyasi»da esa rivoya personaj tilidan olib boriladi. Roviyning o'zgarishi, tabiiyki, muayyan badiiy-estetik maqsadlarga xizmat qiladi. Buni yuqorida eslatganimiz «O'tgan kunlar»da roviyning o'zgarishini yuzakigina mushohada qilinsayoq ko'rish mumkin bo'ladi. Hikoyaning usta Olim tilidan berilgani, avvalo, tabiiylikni ta'minlaydi: o'z xonadoniga kutilmagan mehmon sifatida kirib kelgan va bir ko'rishdayoq ko'ngliga o'tirishgan Otabekning kayfiyatini ko'tarish, nima bilandir mashg'ul qilish istagi usta Olimni o'zining kechmishi haqida hikoya qilishga, shu bahona ko'nglini bo'shatishga undaydi. Xuddi shunday holatning hayotda yuz berishi mumkinligi tabiiy, albatta. Ikkinchidan, usta Olim hikoyasining kiritilishi bu ikkisining bir-birlari bilan samimiy do'st bo'lib qolishlarini, Otabekning keyingi Marg'ilon kelishlarida ham shu xonadonda qo'nib yurishi, nihoyat, chor qo'shinlariga qarshi jangda ikkisining bir safda bo'lishini asoslaydi. Yoki «Shum bola» qissasida rivoyaning personaj tilidan hikoya qilinishi ham o'ziga xos badiiy samara bergani shubhasiz. Deylik, mabodo qissada rivoya yozuvchi tilidan olib borilganda, undagi ayrim epizodlar o'quvchida shubha uyg'otishi, ishonchsizlik qo'zg'ashi mumkin bo'lardi. Qorajon tilidan olib borilganda esa biroz orttirilgandek ko'ringan o'rinlar hikoyachining fe'liga yo'yiladi, boz ustiga, uning xarakter xususiyatlarini yorqinroq ko'rsatishga ham xizmat qiladi.
Ba'zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo'l bilan badiiy asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi. Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o'quvchida «asar voqealari o'ylab chiqilgan emas, haqiqatda yuz bergan» degan tasavvurni uyg'otadi. Masalan, A.Qodiriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun ularni go'yo bobosidan eshitgandek, endi esa ularni o'quvchiga qayta so'zlab berayotgandek bo'ladi. Shunga o'xshash, epik asarlarda voqealar ba'zan tasodifan yozuvchi qo'liga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari yoki qo'lyozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki o'zi tasodifan shohidi bo'lib qolgan voqea va h.k. tarzida berilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo'llanilishi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim, degan fikrga bormaslik kerak. Aksincha, bu xil usullar zamonaviy nasrchilikda nisbatan kam qo'llanadi, aksariyat epik asarlarda «obyektiv tasvir» yo'lidan boriladi, ya'ni yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeida turadi va o'zining bosh vazifasi deb o'z-o'zicha sodir bo'layotgan voqealarni tasvirlab berishni tushunadi.
Epik asarlarni janrga ajratish prinsiplari masalasida adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud. Bunda bir qator xususiyatlarni e’tiborga olish zarur bo’ladi. Avvalo, epik asarlardagi hayotni badiiy qamrov ko’lami turlicha bo’lishidan kelib chiqiladi. Masalan, epik asar qahramon hayotidan birgina epizodni (hikoya), butun bir etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini (roman) qalamga oladi. SHunga ko’ra, adabiyotshunoslikda katta, o’rta va kichik epik janrlar ajratiladi. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining keyingi davrlarida, eposga dramaning kirib kelishi va syujet vaqtining qisqara borishi barobari bu xil tamoyilning ojizligi ayon bo’lib qolayotir. Negaki, zamonviy nasrchilikda, masalan, qahramon hayotidan katta bir davr emas, atigi bir etapgina qalamga olingan romanlar ham yaratilmoqda (mas., "Kecha va kunduz", "Ulug’bek xazinasi"). Tabiiyki, bunday holatda epik asarlarni janrlarga ajratishda ularning boshqa jihatlariga ham e’tibor qilish zarur bo’ladi. Jumladan, asarda qo’yilgan muammolar ko’lami janr xususiyatlarini belgilovchi unsur sifatida olinishi mumkin. Bu jihatdan katta epik shakl bo’lmish roman dunyo-yu davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo’lsa, qissa markazida qahramon xarakteri, hikoyada esa konkret hayotiy voqea turadi. Ko’ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga mansub asar qahramonlari asarda tutgan mavqei, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahramon vosita, — dunyoni anglash (bunisi maqsad) vositasi, qissanavis uchun qahramonning o’zi maqsad (voqea-hodisalar vosita), hikoyanavis uchun voqeaning o’zi maqsad bo’lib qoladi.
Epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki, hajm mezon bo’lolmaydi. Zero, ayrim hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin bo’lishi va aksincha holatlar kuzatilishi mumkin. Biroq odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga mos tarzda kattarib borishi ham inkor qilib bo’lmaydigan haqiqatdir.
Epik janrlar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Masalan, syujet nuqtayi nazaridan olinsa, roman ko’p planli murakkab syujetga egaligi, qissa syujeti asosan bosh qahramon tevaragida uyushishi, hikoya syujeti odatda bitta yoki bir-biriga uzviy bog’liq bir necha voqea asosiga qurilishi kuzatiladi.
Hikoya, qissa va roman eposning asosiy janrlari sanaladi. SHu bilan birga, epik turning asosiy bo’lmagan qator janrlari ham mavjud. Ularni hayotni badiiy qamrash ko’lami jihatidan quyidagi tartibda tasniflash mumkin:
1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse;
2) o’rta epik shakllar: qissa (povest)
3) katta erik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya
Yuqoridagi tasnifga ayrim izohlarni kiritib o’tish darkor. Masalan, badia, etyud, ocherk kabilar sof badiiy proza namunasi bo’lmay, badiiy-publitsistik janrlar sanaladi. Avvalgi bobda aytilganidek, ularni “turdan tashqari formalar” deb tushunish to’g’riroq bo’ladi. Yoki hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan esse janri, birinchidan, badiiy-publitsistik xarakterga egaligi, ikkinchidan, hajm e’tibori bilan turlicha (kichik hikoya shaklidan to katta roman shakligacha) ko’rinishlarga egaligi bilan xarakterlanadi. Masalan, X.Davronning "Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston" asari ham, B.Ahmedovning "Mirzo Ulug’bek" asari ham mohiyatan esse, biroq ular hajm e’tibori bilan keskin farqlanadi. Yoki ayrim tadqiqotchilar masalni liro-epik janrga mansub hisoblaydilarki, bunda ular qissadan chiqarilgan hissani lirik ibtido sifatida qabul qiladilar. Biroq har qanday masalda voqea (juda qisqa bo’lsa ham) hikoya qilinishi e’tiborga olinsa, uni epik asar sanash to’g’riroq bo’lur edi. Zero, bu yo’ldan borilmasa, voqeaband she’rlarni ham, muallif chiqarayotgan xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga mansub etishga to’g’ri kelur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, "doston" nomi bilan yuritiluvchi janr ham lirikada, ham eposda bo’lishi tabiiy. SHu bois ham adabiyotshunoslikda "lirik doston", "epik doston", "liro-epik doston" singari janr atamalari qo`llaniladi. SHunday ekan, konkret dostonni u yoki bu turga mansub etishda o’sha dostonning o’zidan kelib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog’ini asosga olishimiz zarur bo’ladi. Masalan, xalq og’zaki ijodidagi dostonlarning aksariyati epik doston sanalsa, Mirtemirning "Surat" (muallif uni "lirik qissa" deb nomlagan bo’lsa ham), S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat” dostonlari lirik dostonlardir.
“Psixologizm… yozuvchilik mahoratining eng muhim jihatidir” (A. Qahhor), asar badiiyligining asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Chunki “odam adabiyotning tasvir predmetidir. Odam tasviri yo’q joyda badiiy adabiyot yo’q, shu bilan birga “odam tasviri” demak –boshlicha odamning ichki dunyosi tasviri, uning kechinmalari tasviri demakdir.”9 Hayotda bo’lganidek, adabiyotda ham odam o’zining individual psixologik xususiyati bilan boshqalardan ajralib turadi bu xarakter (“tamg’a”, “xislat”, “belgi”, “alomat” ma’nolarini beradi) tushunchasi bilan bog’liqdir.10
Umuman, badiiy ijod sohasida andoza bo`lmaganidek, hikoyada xarakter yaratilishi uchun ham andoza yo`q bo`lib, u yozuvchi mahorati va aniq maqsadidan kelib chiqadi.Xarakter qotgan holda ham, rivojlangan holda ham bo`lishi mumkin. Biroq bu o`sish jarayoni janrning hajm jihatdan chegaralangani sababli povest va romandagi singari keng davrni emas, bir yoki bir necha epizoddangina iborat bo`ladi. Biroq hajm chegaralanishi janr qimmatini tushirmaydi, hikoyada xarakter boshqa janrlar bilan bir qatorda davrlarni ko`rsatib chiqishga qodir.11
Shukur Xolmirzayevning “To`p o`yini”, “Ko`ngil” kabi hikoyalarining qahramonlari Tarzan, Nazrulla va ularning oila a`zolari ikkinchi jahon urushidan jabr ko`rgan. Hikoyaga bu kabi xarakterlarni kiritish orqali yozuvchi urush yillaridagi og`ir hayot tarzini o`quvchiga ko’rsatib, bugungi farovon hayotimizning har oniga shukrona aytib yashashga chorlaydi. Yozuvchining asarlarida inson ruhiyatini ayniqsa o’smir bolalar ruhiyatining nozik qirralarini ochishga harakat qilgan. Vaholanki inson zotining eng ta’sirchan, beriluvchan, salga xafa bo’ldigan, qizziqqon davri bu o’smirlik davridir. Agar uni qilgan ezgu ishiga sal rag’bat, e’tibor bo’lsa, u kelajakda usta-hunarmad, shoir-yozuvchi, balki o’qituvchi-murabbiy hatto olim bo’lib yetishishi mumkin. Yozuvchi bu xil ko’rinishdagi asarlari bilan kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarga, ularning qizziqishlariga e’tibor bilan qarashga o’z hayot yo’llarini tanlashlarida ularga maslahat va tafsiyalar berishga chorlaydi.
Adibning “Qorbobo keladi”hikoyasi yosh yigit tilidan bayon etiladi. Yozuvchi bu hikoyani jiyanlarining suhbatidan eshitib qolganligini asar boshida aytib o`tgan. Hikoyada juda ishonuvchan, qalbi pok bolaning ruhiyati ochilgan. Unda bir bola, bola bo`lganda ham juda sodda, ishonuvchan, qalbi pok, orzu qilgan narsalarini o`zi xohlaganday tasavvur qiladigan va shunga o`zi ham ishonadigan obraz sifatida tasvirlangan. U qish faslida tug`ilgan. “Ilk ko`rgan narsalarim: oyim, qor va qorbobo”12 deb, faxrlanib yuruvchi bola. U qorboboni o`rmonda yashaydi va har yili yangi yilda sovg`alar ulashish uchun qishloqlarga keladi va yanagi yangi yilgacha o`rmonga qaytib ketadi deb o`ylaydi. Bola maktab yoshiga yetgach, maktabga boradi. Bir kuni do`stlari ana qorbobo mallim ketmoqda desa, u yo`q, qorbobo o`rmonda yashaydi, har yangi yilda sizu bizga sovg`a bergani keladi, u bu yerda nima qilsin deb, o`z o`ylarini himoya qiladi. Do`stlari bu gaplarni eshitgach uning ustidan kulishadi. Ular ko`rgan qorbobo haqiqatdan ham yangi yil tadbirida qorbobo bo`lgan maktab o`qituvchisi edi. Bola qorboboning maktab o`qituvchisi ekanligini bilsa ham, o`rmonda yashovchi qorbobolar aslida yo`qligiga aqlan ishonsa ham, baribir u o`rmonda yashovchi qorbobo borligiga va har yangi yil kechasida unga sovg`alar olib kelishiga ishonadi. Bola o`zicha men chol bo`lib qolsam ham, baribir bu xayollarim o`zgarmasa kerak deb o`ylaydi. Yozuvchi bu hikoyasi bilan bolalikdagi toza, beg`ubor, gardsiz o`y-fikrlarimizni doimo shu holicha, sofligicha unga chang-g`ubor yuqtirmasdan, doim to`g`ri yo`ldan sobitqadamlik bilan ilg`or g`oyalarni ilgari suruvchi faol o`quvchi yoshlar bo`lishga barchamizni undamoqda.
Yozuvchining “Bahor” hikoyasida esa tog`li hududlarda yashovchi, qalbida ilk muhabbat kurtak otayotgan va bu ayni bahor faslida daraxtlar uyg`onib, barg yozayotgan fasl tasvirlanib hikoyaga yanada joziba bergan. Isajon Sulton so’zlar, ma’nolar vodiysidan o’tib, postmodernizm murakkabliklarni yengib, o’zlikning betakror mohiyatini anglab bera oldi.To’plamga yozuvchining uch turkumdagi 18 hikoyasi kiritilgan. Hikoyalar erkin realistik, postmodernistik yo’nalishda yaratilgan. “Mansub – 1984”, “Todd” hikoyalarida an’anaviylik ko’zga aniq tashlanadi. “Atomlar muzeyida” – ilmiy-badiiy hikoya. “Askar”, “Do’st” publitsistik ruh bilan sug’orilgan. Yana anglashilincha, “Todd”, “Avliyo”, “Oydinbuloq”, “Atomlar muzeyida”, “O’rgimchak” hikoyalari romanlar ruhiga singdirib yuborilgan. Yozuvchining “SHamolli kecha”, “Safiya”, “Bog’i eram”, “Ayvon” hikoyalarining qahramonlari G’aribga (“Munojot”) o’xshab ketadi. Hikoyalarda ko’zga tashlanadigan xususiyat shundaki, yozuvchi shamol, bo’rondan unumli foydalanilgan. To’plamdagi hikoyalar orasida “Ayvon” mustahkam kompozitsiyasi, polifonik ruhi bilan diqqatni jalb qiladi. Voqea nihoyatda oddiy. Ona bemor. Unga baliq go’shti davo bo’larmish. Uch murg’ak aka-uka baliq topib kelishadi. Ona quvona-quvona baliqni yeydi. Hikoyaning mohiyati boshqa tomonda: baliq vositasida aka-ukalar marhum otalarini, ona yerini eslab ketadi. Otaning qilmishlari; gap-so’zlarini har bir aka-uka o’zicha tushunadi, o’zicha talqin qiladi. Kichkina o’g’il zovurdagi jonzotni, negadir oltin baliq deb biladi. Uni kuzatishdan zerikmaydi. U zovur bo’yida o’tirib, har xil hashoratlarni ko’radi. Turli holatlarning guvohi bo’ladi. Mana, ninachi tuxumini yorib, kichkina, nimjon ninachi bola chiqadi. Kenja o’g’il murg’ak hashoratning paydo bo’lishiga guvoh bo’ladi. Negadir uning diqqatini barra maysalar, qish uyqusidan uyg’otgan hashoratlar jalb qiladi. U mana shu g’aroyib sharoitga sho’ng’ib ketibdi, tilla baliqcha bilan do’stlashishni juda-juda istaydi. O’rtacha o’g’il ukasining g’aroyib qarashlarini qabul qiladi. Lekin uning ongida boshqacha tushunchalar ham yo’q emas. Negadir u otasining ruhi zovurdagi baliqqa ko’chganday ko’rinaveradi. Uningcha baliq ona dardiga malham. Ikkinchi tomondan baliq jismiga otasining ruhi singib ketgan. U o’ylay-o’ylay o’yining oxiriga yeta olmaydi. Lekin baribir, akasiga zovurdagi baliq haqida xabar beradi. Aka baliqni otib kelishni, onasiga qovurib berishni maqsad qilib qo’yadi. SHunday qiladi ham. Baliqni otganda, ichak-chavag’ini olib tashlaganda, bo’laklarga ajratganda ongining bir qismida otasi turadi. U baliq timsolida otasidan qasd olayotganday bo’laveradi. Ota ichardi, onasini azoblardi, o’g’illariga beparvo edi. Hatto u bir gal jahl ustida o’rtacha o’g’lini tomga uloqtirib yuborgan. Katta o’g’lida qasoskorlik ruhi kuchli. Ona ham bolalarining otasini eslaydi, topish-tutishida baraka yo’qligini, ko’p ichishini aytadi, lekin erini yomonlamaydi. Xudodan o’z jufti haloliga rahmat, mehr-shafqat so’raydi. U tug’ilibdiki, qamish o’radi. Adoqsiz qamishzor uning jon-joniga tegib ketgan. Qachon tugarkin, bu azob-uqubat. Qo’lning tirnalmagan, yuz-ko’zining yara-chaqa bo’lmagan joyi qolmagan. Ota alamidan ichadi. Ulfatlari davrasida ichkilik sarxushligida o’zini emin-erkin tutadi. Qarang, bir voqea, bitta holat turli yosh, tushunchadagi kishilar tomonidan badiiy talqin qilinadi. Hikoyadagi arxitektonika obrazlarni yoritish yo’sini betakror, yangi. Yozuvchining “Ayvon” hikoyasi 2011 yilda jahondagi 10 ta yetuk hikoya qatoridan o’rin oldi. U postmodernistik metodning a’lo asarlaridan deb topildi.
To’plamdagi “Atomlar muzeyida” hikoyasi o’ziga xos. Yozuvchi yuzakigina bilgan narsalarni haqida yetuk, ishonarli asar yarata olmaydi. Umri davomida aniq fanlar shug’ullangan olim san’at o’quv yurti talabalariga kichik zarralar haqida qiziqarli, ko’rsatmali ma’ruza o’qiydi. Uning malekula, atom, proton, neytron, antivodorod, antinzotol, ters zarralar genlar haqida gapiradi-da, bular inson aqlining samaralari ekanligini ta’kidlaydi. Insonning o’zi ham N2O – suvday tizilma singari aql va ma’naviyatdan paydo bo’ldi. Yetuk aql, mukammal ma’naviyat insonning asl mohiyatidir. Haqiqiy olimlar ma’naviyat egalari bo’lganlariday bo’lg’usi olimlar intellek va ma’naviyatni muvozanatda rivojlantirishlari lozim.
To’plamdagi “Katoblepas” o’ziga xos postmodernistik asar. Tabiatda g’aroyib maxluqlar ko’p. “Ozod” romanida to’ppa-to’g’ri inson yuragiga tajavuz qiladigan yajuz-ma’juzlardan o’laroq sirtdan o’ta taviya katoblepas maxluqi bor. U yovuzlik, zo’ravonlikka beparvo bo’la olmaydi. Maxluq uyasi joylashgan yerga oyoqlari chilvirlangan quyonni keltirib tashlaydilar. Katoblepas azoblanayotgan quyonning tepasiga kelib qotib turaveradi: unga yordam bera olmaganidan azobda. Bir mahal toshlar orasidan yo’g’on, uzun bo’g’ma ilon chiqib keladi. Ko’ngli bo’sh maxluq o’zini tamoman yo’qotadi. Dam quyonga, dam ilonga boqadi. Xullas, ilon quyonni bag’riga bosib eza boshlaydi. Katoblepas avval o’ng, so’ng chap qo’lini g’arch-g’arch chaynab yuta boshlaydi. Qizig’i, unda qon ko’rinmas edi. Tasodifan quyon ilon og’ushidan qutuldi. Bir chekkaga o’zini otdi. Ajabki, hozirgina chaynab yutib yuborilgan qo’llar qaytadan o’sib chiqdi. Maxluqda jonlanish alomati sezildi. Bu – postmodernistik asar. Noreal voqelik orqali muhim insoniy holatni tasvirlab bergan.
“Sog’inch” hikoyasi “Katoblepas”ga o’xshab ketadi. Dehqon yigit tuxumdan endigina chiqqan musicha bolalarini bag’rida ko’tarib yuradi. Ularni hashoratu don-dunlarini yeyishga o’rgatadi. Dehqon yigit lapashang musicha bolalarini e’zozlaydi, ularga qalb qo’rini beradi. Insoniy harorat, mehr bachajish qushlarning “odam” bo’lishiga hissa qo’shadi.
Isajon Sulton hikoyalarida poligarmoniya, politasvir diqqatni tortadi. Yozuvchi hech qachon bitta holat, bitta masalaga yopishib olmaydi. Uning “SHamolli kecha”, “Sog’inch”, “Avliyo”, “Oydin buloq” hikoyalarida shamol esishi, o’yini, qahri, muloyimligi o’ziga xos timsol. Darvoqe, yozuvchining “Boqiy darbadar” romanida bo’ron dahshatli kuch sifatida ko’rsatiladi. “Ozod”da sar-sari shamol ham hamroh, ham ustoz, ham roviy, ham tabiatning betakror kuchi. Ozodning Uchyong’oqdan Iskandar tog’igacha borishida shamol yetakchilik qiladi. “SHamol kecha” hikoyasida aka-singilning iztiroblari tun va shamol bilan bog’liq. SHamol zabtiga olmasa singil akadan ortda qolib ketmas, yo’qolib qolmas edi. Aslida-ku, shamolda ayb yo’q. Murg’ak balalar shamoldan, tundan qo’rqib shoshadilar, qo’rquvga beriladilar, zo’riqadilar. To’plamdagi “Safiya” hikoyasida shu nom bilan aytiluvchi to’fonning qisqa muddat ichida quturishi, asov today ko’kka intilishi, toshqin daryoday yutoqib-yutoqib intilishi, adadsiz kuchi bilan qars-qars sindrishi, chaqmoq chaqib, g’aramlar, daraxtlarni lov-lov yondirishi tasvirlanadi. Qizig’i shundaki, roviy safiyani yovuz kuch sifatida tasvirlaydi. Safiya muhitni yangiladi. SHarillab yoqqan yomg’ir nafaqat chor atrofdagi, balki qalbdagi g’uborlarni yuvib tashladi. Safiya qisqa muddat ichida dengiz yurtga ummon ruhi, havosi jo’shqinligini in’om etdi.
Isajon Sulton shamolni goh bo’z bola, goh xazonlarni bir joyga to’plovchi farrosh, barglarni charxpalak qilib uchiruvchi varrakchi bolalarga mengzaydi. SHamol yozuvchi imkoniyatidagi tuganmas poetik imkoniyat. Yaratilajak timsollar moyasi. Yozuvchi nafaqat shamol, bo’ron, to’fonni o’rni-o’rni bilan hashoratu hayvonotni, parranda-yu parqu bulutni, kapalaklar, ninachilarni tasvirlaydi. Ularning har biri ma’no qati, ramzi sifatida aks eta boshlaydi. Xullas, postmodernistik asarda hamma narsa o’z o’rnida betakror timsol vazifasini o’taydi.
Modernizm va postmodernizm metodidagi asarlarda muhim bir xususiyat ko’zga tashlanadi. Ya’ni muallif fikr bildirishga e’tibor beradi. Jumlaning uzun-qisqaligi, tinish belgilarining qo’llanilishi uni ko’pam qiziqtirmaydi. A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor singari realistlar jumla tizimini uning betakrorligi masalasida alohida e’tibor berar edilar. Isajon Sultonov, so’zsiz iste’dodli adib, lekin jumla tuzish, bir xil so’zning har xil ko’rinishlaridan foydalanishga yetarli e’tibor bermaydi. Uning asarlarida shamol, bo’ron tasviri ancha serob, lekin yozuvchi yel, sabo, nasim, shabada, haydar shamol, to’fon singarilardan kam foydalanadi. “Avliyo” hikoyasidagi 70 ta jumla “edi” bilan tugallanadi.
Asad Dilmurod, Isajon Sulton, SHomirza Turdimov singarilar mumtoz adabiyotida ishlangan mavzularga yangicha qarashlar asosida yondashmoqdalar. Ular garchi, postmodernizm namoyondalari bo’lsalar-da, mumtoz adabiyotdagi so’z go’zalligi, ma’nodorligiga alohida e’tibor berishlari lozim. Yangi metoddagi yozuvchilar asarlarida sinkretizm (janrlararo ichki aloqadorlik) masalasi ko’zga aniq tashlanadi. Bunday asarlarda nafaqat janrlar, balki ilmiylik, mif, fantastika, detektivlik belgilari namoyon bo’ladi.
Hozirgi o’zbek adabiyotini modernistik va postmodernizm asarlarida ayro tasavvur etish mumkin emas. Xurshid Do’stmuhammad, Nazar Eshonqul, Hamid Ismoilov, Faxriyor, SHamshod Abdullaev, Ulug’bek Hamdam, Isajon Sulton, Oydinniso, Bahrom Ro’zimuhammad, Go’zal Begim singarilar asarlarisiz bugungi adabiyotimiz kemtik bo’lib qolardi. Xo’sh, ularning adabiyotda bajarayotgan muhim missiyalari nimadan iborat? Birinchidan yangi adabiyot namoyandalari XX asr adabiyotidagi ilg’or yangi qarashlarni zarrama-zarra o’rgandilar. Jahon modernistik adabiyotini o’qidilar. Nihoyat, ular Attor, Navoiy, Rumiy, Mashrab singarilar ijodi mohiyatiga kirmoqdalar. Yangi tipdagi yozuvchilarga estafeta tayoqchasini Murod Muhammad Do’st, SHavkat Rahmon, Halima Xudoyberdieva, Erkin A’zam, Usmon Azim, SHarof Boshbekov, Tog’ay Murod uzatdilar. Hozirgi iste’dodli postmodernistik adib va shoirlar oltin band barpo etdilar. Ular mumtoz sharq adabiyoti, ilg’or g’arb va rus adabiyoti, yapon, turk adabiyoti yangiliklari mumtoz va hozirgi o’zbek adabiyotidan paydo bo’lgan ma’naviy zaxirani o’zlari bunyod etgan oltin band o’tkazib, turli davr va millat adabiyotlari sinkretizmidan bahra olgan adabiyotni paydo etmoqdalar. Adabiyotga kirib keladigan murg’ak avlod bu ma’naviy daryoga kuch, rang, viqor baxsh etishiga shubha yo’q.
Ocherk – ruscha “ocherkat - tasvirlash”. Epik turning kichik shakli, badiiy-publittsistik janr. Ocherk hajm e’tibori bilan hikoyaga yaqin turadi., lekin undan qator jihatlari bilan farqlanadi. Avvalo, ocherk konflikt asosida rivojlanib yechimga intiluvchi syujetga ega emas. Hikoyada voqealar ijodiy qayta ishlansa, ocherkda muallif maqsadiga mos jihatlar tasvirlanadi. Hamisha hujjatlilik xususiyatiga ega: shaxslar hayotda mavjud, voqealar haqiqatda yuz bergan. Bu janr doimo ijtimoiy davr bilan bog’liq. Deyarli, barcha ocherklarning materiali muallif yashagan davr hayoti, undagi zamondoshlardir.
Ocherk dastlab G’arbiy Yevropa mamlakatlaridagi ma’rifatchilik adabiyotida yuzaga keldi va hayotning dolzarb masalalariga hozirjavobligi bilan 18 asr realistik romanining taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Bu davrda frantsuz adabiyotida L.S.Mersьe, retifa de la Bretonlarda ko’p uchraydi. Keyinroq nemis adabiyotida shuhrat qozondi. 19 asrda rus adabiyotida N.A Nekrasov, Gleb Uspenskiy, keyinchalik A.Turgenev, Saltikov SHchedrinlar ijodida kuzatiladi. 20 asrda M.Gorьkiy, V.Mayakovskiy, N.Tixonov, K.Simonov, M.SHoloxov va boshqalar... O’zbek adabiyotida Oybek, G’.G’ulom, H.Olimjon, A.Qahhor, SH.Rashidov, N.Safarov, A.Muxtor, H.G’ulom, P.Qodirov, I.Rahim, Y.Sulaymon, T. Po’lat va boshqalar ijodida mavjud.
Esse – frantsuzcha “tajriba, sinab ko’rish, harakat, ocherk”. Nemis adabiyotida “skittse” yoki “katta reportaj” deb nomlangan. Muallifning muayyan voqea hodisa, hayotiy holat bo’yicha shaxsiy mulohazalarini bayon qiluvchi nasriy asar, adabiy janr.essening kompotsion qurilishiga ham, mavzusiga ham cheklovlar yo’q. Muallifning fikr va mulohazalari, kechinmalari erkin ifodalanadi. Tematik jihatdan, tarixiy, biografik, adabiy tanqidiy, ilmiy ommabop ko’rinishlarga ega. Esseda masalaning tugal yechimi bo’lmaydi, uning markazida muallif shaxsi turadi, sub’ektiv bo’yoqdorlikka ega bo’ladi. Ruscha “Adabiy qomus lug’ati”da “Esse avtor pozitsiyasi birinchi planga chiqariladigan janr” deyiladi. Inglizcha “Dunyo qomusiy lug’ati”da ham aynan shunday ta’rif keltirilgan. Ya’ni “Maxsus fan tarmoqlagiga xos qisqa prozaik mulohazalar essedir”. “Buyuk turkcha tlug’at”da essega aynan o’xshash “deneme” – o’zbekcha “sinov” janri haqida ma’lumot berilgan, ya’ni “deneme – har qanday mavzuda yangi va shaxsiy qarashlar bilan bezangan, bir ifoda ichida berilgan proza janri”. Ba’zilar “badi’a, badea” deb aytishadi.
Adabiyotshunoslar orasida “Ocherk bilan esse bitta janrmi?” degan savol doim o’ylantiradi. SH.Xolmirzaev esse, ocherk, hikoyaning o’xshash va farqli jihatlari haqida shunday deydi: “”Esse janri ocherk bilan hikoya o’rtasida o’sib chiqqan janr – tasvir usulidirki, u maqola, ilmiy bo’ladimi, badiiyroq bo’ladimi, baribir, to’g’rirog’i, ularni o’ziniki qilib oladi . Demak, adib esseni hikoya, ocherk, maqola janrlarining badiiy, publitsistik, ilmiy uslublardagi mavzularni baravar ravishda qamrab oluvchi sinkretik janrligini to’g’ri ta’kidlaydi.
Mustaqil janr sifatida 16 asrdan, ya’ni frantsuz adibi M.Monten (1533 G’ 1592)ning 1580 yildagi “Essaus” (“Tajribalar” yoki “Esselar” ) asaridan boshlangan. Essega xos xususiyatlar Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub”, Boburning “Boburnoma” asarlarida ham mavjud. Bu janrda yozuvchilar bilan birga faylasuflar ham ijod qildi. Essega xos belgilar postmodernizmda ustuvorlik qiladi. O’zbek adabiyotida SH.Xolmirzaev, O.Muxtor, X.Davron, X.Sultonov kabi adiblar, M.Qo’shjonov, O.SHarafiddinov, U.Normatov, N.Karimov kabi adabiyotshunoslar ijod qildilar. Adabiyotshunos Marhabo Qo’chqarova esse janri bo’yicha 2004 yilda nomzodlik ishini himoya qilgan.
Esselarning mazmun mohiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Falsafiy estetik esselar. (Alber Kamyu, Xose Ortega Gasset, A.Muxtor)

  2. Adabiy tanqidiy esselar.(Jorj Oruel, P.Qodirov, A.Muxtor, O.SHarafiddinov).

  3. Tarixiy biografik esse.(Andre Morua, E.Samandar,N.Karimov, X.Davron)

  4. Xotira esselar. (A.Morua, I.Erenburg, S.Ahmad, SH.Xolmirzaev).

  5. Ijtimoiy siyosiy esselar. (X.O.Gasset, J.Oruel, SH.Xolmirzaev).

  6. Badiiy publitsistik esselar. (A.Kamyu, M.TSvetaeva, CHo’lpon).

  7. Fantastik esselar. (Tomas Mann, Robert Muzilь). Jahon adabiyotida Borxesning satirik esselari ham mavjud.

XX asr frantsuz adabiyotida P.Valeri, A.Morua, faylasuf-ekzistentsialistlar A.Kamyu ijodida essening ajoyib namunalari yaratildi. A.Kamyu adabiyot maydoniga lirik mazmundagi esselari bilan kirib keldi. Uning falsafiy qarashlar evolyutsiyasi tarixiy muhit, davr bilan chambarchas bog’liq. M: “Sitsif haqida afsona”, “Do’zaxdagi Prometey” esselari shular jumlasidandir.
Masalan, Said Ahmadning “Nazm chorrahasida”, “Edip”, “Yo’qotganlarim va topganlarim”, SH.Xolmirzaevning “Tog’larga qor tushdi”, “Taqdir bashorati”, “Tanqidchiga uch maktub”, “Binafsha hidlang, amaki”, “Odil aka haqida o’ylasam”, “Ay, SHuhrat akam a”, “Adabiyot o’ladimi?”, I. G’afurovning “Usmon Nosir”, “Ona yurt kuychisi”, “Joziba”, “Go’zallikning olmos qirralari” kabi o’nlab esselar mavjud.
SH. Xolmirzaevning “Bir vujudda ikki jon” esse-xotirasi alohida e’tiborga loyiq. Adibning onasi Oysha momo uch bora turmush qurgan. O’gay ota va farzand munosabatlari ham esseda o’z aksini topgan. Ona yetmish yillik umrini sotsialistik tuzum davrida kechirgan. Uning qalbi hamon “kompartiya” deb uradi., e’tiqodini qay holda o’zgartirishni bilmaydi. Yangi tuzum uning qarashlarini ostin-ustun qilib yuborgan. SHo’ro davrining qurboniga aylangan momo ikki jon ovvorasiga aylanadi. Oysha momoning Jayron oti bilan bog’liq voqealar juda ta’sirli ifodalangan.
Memuar frantsuzcha “xotiralar, esdaliklar”. Muallifning o’tmishda o’zi bevosita ishtirok etgan yoki guvohi bo’lgan voqealar haqidagi xotiralari bayon qilinadigan adabiy asar. O’zining bayon yo’sini, voqealarning syujetli tarzda berilmasligi, vaqt tartibiga rioya qilinishi, faktografiklik xususiyatlari bilan kundaliklarga, haqqoniyligi va to’qimaning yo’qligi jihatdan hujjatli tarixiy ocherk, ilmiy biografiyalarga yaqin turadi. Memuarlar hajmi, hayotni qamrash ko’lami, uslubiy xususiyatlari bilan farqlanadi. Masalan, xronologik jihatdan N.Muhitdinovning “Kremlda o’tgan kunlarim”, ongli hayotni qamrab olgan “boburnoma”, konkret voqeaga qaratilgan O’.Sharafiddinovning “Bir nutq tarixi”, biror shaxs hayoti haqida Z.Saidnosirovaning “Oybegim mening” kabilar. Memuar yozish bilan faqat yozuvchilar emas, boshqa soha kishilari ham shug’ullanadilar.

Download 433,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish