Ma`ruza materiallari 1-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon


-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon



Download 433,71 Kb.
bet2/21
Sana13.06.2022
Hajmi433,71 Kb.
#665419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2 5393579677883305680

1-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon
tushunchalari, kursning maqsad va vazifalari. 2 soat.
Reja:

  1. Adabiyot millat ruhiyatining ko’zgusi.

  2. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon tushunchalari.

  3. Hozirgi adabiy jarayon kursining maqsad va vazifalari.

  4. Hozirgi adabiy jarayonning adabiyotshunoslikda tutgan o’rni.

1991 yil 1 sentyabr. Bu kun xalqimizning tarix zarvaraqlariga oltin harflar ila yozildi. Istiqlol! Ha, jondan aziz Vatanimiz o’z mustaqilligini butun dunyoga jar soldi. Dunyo xaritasida O’zbekiston o’z mustaqil o’rniga ega bo’ldi. Milliy istiqlolimiz o’zligimizni anglashga, o’zligimizni tiklashga, o’zimizning yo`limizni tanlashga asosiy zamin bo’ldi. Milliy istiqlol sharofati ila mudroq qalblarga iliq nur yugurdi. Ko’zlarimiz tiyrak, qadamlarimiz dadil, yuraklarda jasorat, yangilanish, poklanish jo’sh urdi.


Adabiyot millat ruhiyati, ma`naviyatining ko’zgusi hisoblanadi. Unda butun millat orzu-umidlari, ilg’or g’oyalari mujassamlashgandir.
Adabiyot xalqning madaniy qiyofasi va saviyasini namoyon etadi. Xo’sh, istiqlol qalbimizning eng oliy tushunchasiga aylangan ushbu kunlarda adabiyotimizning, milliy adabiyotimizning ahvoli qanday? Qadimdan boy madaniy, adabiy merosga ega bo’lgan xalqimiz ma`lum muddat ulardan ko’r-ko’rona voz kechishga majbur bo’ldi. O’zining eng asl farzandlarini unutishga, ularning asarlari va ishlarini noto’g’ri baholashga majbur qilindi. Asta-sekin milliy adabiyotda soxtalik, bir xillik, sun`iy sistemalar paydo bo’ldi.
Adabiyot millatning emas, ayrim sinf, hokimiyatning maddohiga aylanib qoldi. Lekin ko’zga asta-sekin tashlanib borayotgan yuksak iste`dodlar qalblarda hali hayajon, chinakam tug’yon urayotganini ko’rsatdi.
XX asr boshlarida millatimizning eng asl farzandlari hisoblanmish Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon, Abdurauf Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Elbeklar endigina o’z yo’li va yo’nalishini topib borayatgan yangi o’zbek adabiyotiga olovdek yonib kirib keldilar. Ular o’zbek degan millatining yo`qolgan qadriyatlarini tiklash, mustaqilligimizni saqlab qolishga harakat qildilar. O’zbekistonning – azim Turkistonning kelajagi porloq davlat bo’lishini orzu qildilar. Ammo bu sa’y-harakatlar hammasi yovo`z kuchlar tomonidan bo’g’ib tashlandi. Eng sara satrlar, yoniq misralar uni tushungan qalblarda qolib ketdi. Ularning asarlarini tahlil qilish, keng ommaga yoyish ta`qiqlab qo’yildi.
Shukrlar bo’lsinkim, istiqlol sharofati ila ularning pok nomlari yana tiklandi, yana millat uchun xizmat qilmoqda. Ular bizning chinakam iftixorimiz ekanini anglab borayotirmiz.
Kirzun to’ra istiqlolni tarqatibdur bemalol,
Shuning uchun bilmoq kerak, u qandog’i istiqlol.
U shundoq bir istiqlolkim, Turkiyaga berilmish,
Uni olgan Turkiyani ko’ramizkim, hur emish.
Ha, qaysi adabiy davralarga quloq solmang, Cho’lponning jo’shqin qudratli misralarini eshitasiz, Usmon Nosir she`riyatidan sehrlangan ko’zlarni ko’rasiz. Quloqlaringizda ularning ovozlari yangrab ketgandek bo’ladi. Endilikdagi bizning birinchi vazifamiz ular ijodining o’rganilib yetilmagan, ochilmagan qirralarini ochish, ularga to’g’ri xolisona baho bera olishdir. Yetuk adabiyotshunos va tanqidchilar Umarali Normatov, Naim Karimov, Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo’shjonov, Norboy Xudoyberganov, Dilmurod Quronov kabi olimlar ko’plab ana shunday siymolar hayoti va ijodi bilan bog’liq ilmiy tadqiqotlar, risolalar e`lon qilmoqda. Ularning, jumladan hozirgi adabiy jarayon bilan bog’liq o’ziga xos tanqidiy qarashlari, asarlari kitob holida juda ko’plab nashr qilinmoqda. Bizga ma`lum bo’lmagan juda ko’p asarlar, ilmiy-tanqidiy maqolalar, tarjimalar e`lon qilinib adabiyotimizning tobora yuksalib borishiga xizmat qilmoqda.Faqatgina XX asr boshlarida adabiyotimizga kirib kelgan nafis so’z san`ati sohiblari haqida emas, butun tarix kechmishi oldida dunyoga mashhur farzandlarimizning nomini bor ovoz bilan aytish payti keldi. Doimo ularni eslar ekanmiz, shunday buyuk millatning avlodi ekanligimizdan yuragimizda chuqur hurmat fahr uyg’onganligini sezamiz. Cheksiz g’ururdan ko’zlarimizga yosh quyilib keladi.
Istiqlol adabiyoti bu o’zida eng ilg’or g’oyalarni mujassam qilgan, ilg’or an`analarni rivojlantira olgan, o’ziga xos milliy xarakterga ega bo’lgan adabiyot bo’lishi kerak. Satrlarimizda, misralarimizda hadeb istiqlol so’zini takrorlayverish, uni juda jo’n va oddiy narsalar ila ta`riflash bu chinakam adabiyot emas. Chinakam adabiyotga biz aytmoqchi bo’layotgan fikr satrlar singdirilib yuborilishi zarur, toki kitobxonning yuragi buni tushunib yetsin. Endilikda kitobxonni chinakam quyma satrlar, nafosatli, hayajonli jo’shqin misralar o’ziga jalb qiladi. Garchi o’zlari qatag’on qilingan bo’lsa ham Cho’lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqa so’z san`atkorlari erk va ozodlikni kuylovchi tagdor misralar yaratishga musharraf bo’lganlar.
Adabiyot muqaddas dargoh hisoblanadi. Shuning uchun adabiyotga xiyonat millatga xiyonat hisoblanadi. Xususan, adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul shunday deydi: “Adabiy jarayon – erkin fikr almashish va bevosita adabiyot, iste`dod qismatiga tegishli eng dolzarb muammolar ustida bahs-munozaralar o’tkazishni talab qiladi... Adabiyotimiz bugun shunday bir holatdaki, uni ozod mamlakatning mutlaqo ozod adabiyoti maqomiga ko’tarish uchun barcha iste`dod sohiblari bir yelkadan bosh chiqarishlari, necha o’n yillar mobaynida davom topib kelgan dastyorchilik va tashviqotbozlik xizmatidan butunlay xalos etishlari lozim. Ba`zan juda hayron qolasiz, hissiz bayondan iborat ekanligiga. Qani bu yerda yurakni “jiz” etkazadigan tuyg’u, xarakter.
Chinakam yurakdan chiqqan millatning xarakterini to’la ifodalay olgan misralar doimo ma`lum bo’lgan. Birgina Abdulla Oripovning “O’zbekiston vatanim manim”, Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidalarini oladigan bo’lsak, ular yuragimizga yaqin, xalq orasida juda mash’hur ijod namunalaridir. O’zini o’zbekman deya atab yuruvchi kishilar bularni yuragiga jo qiladi, tilida, dilida doimo takrorlab yuradi.
Bugungi kunga kelib adabiyotshunoshligimizdagi o’zgarishlar qatori nasrimizda, dramaturgiyamizda ham sezilarli o’zgarishlar, yangilanishlar paydo bo’lmoqda. Jahon adabiyoti durdonalari qatoriga kira oladigan saviya va darajadagi asarlar yaratilmoqda. Ularda davrimizning eng aktual muammolari, real hayotiylik, chinakam haqiqatlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Adabiyotimizga endilikda chinakam iqtidor egalari bo’lgan adiblar, adabiyotda o’ziga xos ovozga, yo`liga ega bo’lgan yoshlar kirib kelmoqda. Ular ijodidagi ajoyib xarakterlar, o’ziga xos chizgilar, go’zal tasvirlar bizni hayratga soladi.
Drammaturgiyamizda ham tomoshabinlar qalbini larzaga soladigan asarlar paydo bo’lmoqda. Bu esa, tomoshabinlar nazaridan biroz chetda qolib ketayotgandek bo’layotgan teatrlar endilikda ularning sevimli maskanlariga aylanib borishiga sabab bo’lmoqda
Filologiya so’zi yunoncha – Phileo – “sevaman”, logos – “so’zni” ma`nosini bildiradi. Yozma manbalarni, matnlarni o’qish, o’rganish orqali biron xalqning tili va adabiyoti haqida to’liq ma`lumot beruvchi fanlar majmuasi. Filologiya asosan adabiyotshunoslik va tilshunoslik qismlaridan tashkil topadi. “Lingvistika” so’zi franso`zcha so’z bo’lib (linguis – tigue) asosini yunoncha Lingua (lingua) belgilaydi. Literaturovedenie – adabiyotshunoslikdir. Lotincha Litera (litera) harf degani. Qadimda metall, yog’och va plastmassadan silliq bo’lakcha bo’lardi, uning ustiga qabariq harflar terilardi. Biz filologiya fakul`tetida yozma va bosma badiiy matnlarni yohud san`at to`rini o’rganamiz.
San`at turlarini Abdurauf Fitrat “Adabiyot qoidalari” kitobida bunday ifodalaydi: Go’zal san`atlar tovar (material) tovush, ohang bo’lsa, go’zal san`at musiqa bo’ladir; tosh, yog’och, ganch, tuproq, bo’lsa, me`morchilik bo’ladir; tosh va turli ma`danlar esa, haykalchilik bo’ladir; tan, yo`z harakatlari esa o’yin bo’ladir; gap, so’z esa adabiyot bo’ladir. Demak, san`at turlari: 1) musiqiy, 2) rasm, 3) haykalchilik, 4) me`morchilik, 5) o’yin (tans), 6) adabiyot..."
Badiiy adabiyot san`atning boshqa turlaridagi hamma xususiyatlarni o’zida aks ettiradi. Ijodkor jonli, harakatdagi so’z bilan ishlaydi. San`atkor badiiy asar yozar ekan, avval ohangini topib oladi. Badiiy asardagi barcha so’z, tuyg’ularni yagona, umumiy ohang birlashtiradi. Ijodkor so’zlardan qurilma – kompozisiya yasaydi. Ijodkor so’zlarni rangin qilib ifodalaydi. Nihoyat, badiiy asardagi har bir so’z o’z rangi, mug’a (xatti-harakatiga)siga ega.
Adabiyotshunoslikning asosini badiiy adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid belgilaydi. Biz o’rganmoqchi bo’lgan kursimiz “Hozirgi adabiy jarayon” deyiladi.
O’zbek adabiyoti tarixi, bizning bilishimizcha, ikki yarim ming yildan kam emas. Shiroq , To’maris, Spitamen haqidagi rivoyatlar miloddan oldingi 400-300 yillarda yozilgan.
Ma`lumki, adabiyot va san`at asarlari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yo`zaga kelib mazkur jamiyat hayotini ifodalab, muayyan estetik tarbiyaviy vazifani bajaradi, ayni paytda keyingi avlodlar uchun ham ma`naviy boylik sifatida xizmat qiladi. Ma`lum bir ijtimoiy to`zum o’rniga yangi ijtimoiy to`zum maydonga kelishi mumkin, ammo adabiyot va san`at asarlari yo`qolib ketmaydi, balki ular umuminsoniy ideallarni aks ettirib, muayyan davrga, mamlakatga, xalqqa mansub bo’lgani uchun u tarixiy va adabiydir. Zero, to`zumlar yo`qolib ketishi mumkin, lekin o’sha sharoitda yaratilgan eng yaxshi asarlar mangu qoladi.
Adabiyot va san`atning o`zluksiz taraqqiyoti, rivojlanishi, boyib borishi, yangi - yangi adabiy shakllarning maydonga kelishi, turli ijodiy, adabiy oqimlar paydo bo’lishi va o’zaro kurashlar adabiy jarayonni tashkil etadi.
Adabiy jarayon deyilganda ma`lum bir davrdagi adabiyotning taraqqiyot davri, uning asosiy xususiyatlari, undagi ijodkorlar, shu davrdagi adabiy oqimlar, ular o’rtasidagi kurashlar tushuniladi. Adabiy jarayon tushunchasi tor va keng ma`noda qo’llaniladi. Tor ma`noda qo’llanilgan holatda mazkur atama bugungi adabiyot bilan bog’liq barcha narsa-hodisalarni anglatadi. Keng ma`noda ishlatganimizda adabiy jarayon eng qadimgi davrlardan to shu kunlarga qadar o`zluksiz rivojlanib kelayotgan adabiyotni, u bilan bog’liq barcha narsa-hodisalarni nazarda tutadi.
Adabiy jarayonniig holati va rivojiga ta`sir ko’rsatuvchi omillar haqida gapirganda avvalo shuni aytish kerakki, adabiyotning taraqqiyot darajasi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot darajasiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
O’zbek adabiyoti taraqqiyoti davomida turli adabiy jarayonlar mavjud bo’lib ular o’z xususiyati, taraqqiyoti darajasiga ko’ra biri ikkinchisidan farq qiladi.
Hozirgi adabiy jarayon deyilganda o’zbek adabiyoti taraqqiyotining O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgan davrdan boshlab, bugungi kungacha bo’lgan adabiy jarayon tushuniladi.
Adabiy jarayon va ijodiy jarayon tushunchalari alohida tushuichalardir.Ijodiy jarayon deyilganda ma`lum bir asarning yaratilishi haqidagi niyatning paydo bo’lganidan tortib, o’sha asar nashr qilingunga qadar bo’lgan davr tushuniladi. Ijodiy jarayon har bir ijodkorda turlicha kechishi mumkin.
Adabiy jarayonda kishilar faqat o’zlaridan avvalgi adabiy taraqqiyotning natijalarini o’zlashtirib qolmasdan, balki unga o’z ulushlarini qo’shadilar. Bu narsa adabiy jarayonning rivojlanishini belgilaydi. Adabiyot taraqqiyotining muhim qonunlaridan biri shundaki, u yangi-yangi asarlar hisobiga to’xtovsiz boyib boradi.Adabiy jarayonda (obraz va hayotiy manzara yaratish, tasviriy vositalardan foydalanish kabilar) bo’ladiki, bu an`analarni qanday bo’lsa shundayligicha davom ettirish mumkin emas. Ijodkor adabiy meros tajribalarini ijodiy rivojlantirishi zarur.
Hozirgi adabiy jarayonning muhim xususiyati milliy mafkuraga tayanishi, ijodkorlarning turli andozalardan holi ekani, jadid adabiyoti, sho’ro adabiyotidan farqli o’laroq, istiqlol davri adabiyotining maydonga kelishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi adabiy jarayonda eski tushunchalar chilparchin bo’lib, yangicha shakllar, yangicha qarashlar yo`zaga kelmoqda. Xalqimiz tarixida muhim rol` o’ynagan Amir Temur, Bobur, Imom Buxoriy, Ho’ja Ahror kabi kishilar hayoti va ijodiga odilona baho berilmoqda.
Hozirgi davrda yaratilayotgan asarlarda din ahli vakillariga yangicha munosabat shakllanmoqda. Ilgari bosmachi deb atalgan milliy istiqlol kurashchilariga munosabat o’zgarmoqda.Hozirgi adabiy jarayonda ijodi qatag’on etilgan Cho’lpon, Fitrat, Avloniy singari ijodkorlar asarlari nashr etilmoqda, o’rganilmoqda.
Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyotda sodir bo’layotgan o’zgarishlar xilma-xil bo’lib, ularni badiiy asarning g’oyaviy-tematik mazmunida aniq sezish mumkin. Chunonchi, har bir davr badiiy adabiyotda o’z izini qoldiradi, to’g’rirog’i har bir davrning adabiyot oldiga qo’yadigan talablari tematikasi bo’ladi.
Badiiy adabiyotda g’oyaviy-tematik mazmunning doimo o’zgarib turishi va kishilik jamiyatining madaniy taraqqiyoti natijasida badiiy tasvirlash usullari ham, vositalari ham o’zgarib boradi. Shuning uchun ham badiiy adabiyotda xilma-xil turlar, janrlar, turli usullar, oqimlar, yo`nalishlar klassisizm, sentimentalizm, romantizm realizm va boshqalar), turli metodlar (hayotni aks ettirish prinsiplari) paydo bo’ladi. Badiiy nutqni ayrim usullari yangilanadi, yangi leksika, she`r to`zilishining yangi formalari yaratiladi.
Demak, adabiy jarayon, asosan ikki yo`nalish bo’yicha davom etadi. Birinchidan, badiiy asarlarning g’oyaviy-tematik mazmuni o’zgarib turadi, ikkinchidan, shunga muvofiq,badiiy tasvir usullari ham yangilanadi.
Hozirgi adabiy jarayon kursining maqsadi talabalarni istiqlol yillari adabiy hayotida ro’y berayotgan yangiliklardan xabardor qilish, eng so’nggi badiiy asarlarni muntazam o’qib borishga o’rgatish hisoblanadi. Shunday bo’lsada, kursda hozirgi adabiy jarayonni XXI asr insoniyat badiiy tafakkuridagi so’z san`atining eng go’zal an`analaridan, samarador tamoyillaridan o`zib olgan holda emas, balki o`zviy aloqadorlikda, bog’liqlikda talqin etiladi.
Mazkur kurs “Adabiyotshunoslikka kirish”, “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi”, “Yangi o’zbek adabiyoti” kabi fanlar bilan bog’liq holda o’rgatiladi.
Adabiy tanqid hozirgi adabiy jarayon bilan hamnafaslikda shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaratilayotgan ilmiy risolalar, adabiy tanqidiy maqolalar, adabiy portretlar va tadqiqotlar orqali ko’rishimiz mumkin. Hozirgi o’zbek she`riyati, nasri va dramaturgiyasining taraqqiyot tendensiyalari, yetakchi tamoyillari qator o’zbek munaqqidlari tomonidan har tomonlama chuqur o’rganilayotganligini Umarali Normatov, Baxtiyor Nazarov, Norboy Xudoyberganov, Abdug’afur Rasulov, Qozoqboy Yo`ldoshev singari olimlarning yaratgan qator risolalari orqali ko`zatamiz.
Ustoz munaqqidlardan Ozod Sharafiddinovning «Ijodni anglash baxti» (2004), «Dovondagi o’ylar» (2004) kabi risolalari; professor Umarali Normatovning «Qodiriy bog’i» (1994), «Qahhorni anglash mashaqqati» (2000), «Umidbahsh tamoyillar» (2001), professor A.Rasulovning «Tanqid, talqin, baholash» (2006), «Ilmu g’aribani qo’msab» (1998), «Iste`dod va e`tiqod» (2000); professor Bahodir Sarimsoqovning «Badiiylik asoslari va mezonlari» (2004); I.Haqqulovning «Badiiy so’z shukuhi», «Zanjirband Sher qoshida», «She`riyat – ruhiy munosabat», «Tasavvuf va she`riyat», «Abadiyat farzandlari», «Irfon va idrok», «Tasavvuf saboqlari», «Ahmad Yassaviy», «Kim nimaga tayanadi» (2006) kabi qator ilmiy risolalari mustaqillik davrida yaratildi. Adabiyotshunos olimlar N.Rahimjonov, B.Karimov, I.Mirzaev, S.Sodiqov, A.Ulug’ov ham hozirgi adabiy jarayonning dolzarb muammolarini o’rganuvchi ilmiy tadqiqot ishlari, monografiya, adabiy tanqidiy maqolalari bilan hozirgi o’zbek tanqidchiligi ravnaqiga hissa qo’shib kelayotir. Xususan, adabiyotshunos I.G’aniev «Fitrat va fitratshunoslik» masalalarini o’rganib, bu sohada sezilarli natijalarga erishayotgan bo’lsa, olim D.Quronov Cho’lponning poetik mahoratini o’rganuvchi fundamental tadqiqotlarini yaratdi; I.Mirzaev «Hozirgi o’zbek prozasida yangi badiiy tafakkur va taraqqiyot tamoyillari» (1991); A.Rahimov «O’zbek romani poetikasi» (1993); H.Boltaboev «XX asr boshlari o’zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi» (1996); S.Sodiqov «Abdulla Qahhor ijodi va adabiy tanqid» (1997); B.Yo`ldoshev «O’zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidchiligida uslub va mahorat muammolari» (2000); B.Karimov «XX asr o’zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi» (2002) kabi yirik tadqiqot ishlarini yaratdilar.
Hozirgi adabiy tanqid diqqat markazida yozuvchi shaxsi va ijodkorning burchi masalalari tahlil qilinmoqda. Respublika matbuotida Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Xurshid Do’stmuhammad, Pirimqul Qodirov, Nazar Eshonqul, Bahrom Ro’zimuhammad, Islom Hamro kabi ijodkorlar hozirgi adabiy jarayonda yo`z berayotgan bahslarda ishtirok etib, o’z mulohazalarini bildirganliklari quvonarli holdir. «O’zbekiston adabiyoti va san`ati» gazetasi sahifalarida muntazam ravishda yoshlar she`riyati, nasri muammolari, hozirgi o’zbek hikoya va qissalariga xos uslubiy yo`nalishlar to’g’risida «Davra suhbatlari» o’tkazildiki, bunday bahslar natijasida hozirgi adabiy jarayon muammolari u yoki bu darajada tahlil qilindi, xulosalar chiqarildi.
Professor Umarali Normatov tomonidan yaratilgan «Umidbahsh tamoyillar» nomli ilmiy va adabiy tanqidiy risolada o’zbek nasriga xos o’sish-o’zgarishlar chuqur tahlil qilingan.
Xurshid Do’stmuhammad adabiy jamoatchilik diqqatini ijodkor shaxsiga, uning bugungi jamiyatimizda tutgan o’rniga, mavqeiga qaratganligi bejiz emas.Islom Hamro esa zamonamiz qahramonlari obrazlari publisistik asarlarda, ocherklarda haqqoniy, hayotiy bo’lishi, «soxta pafoslarga o’ralmay» tirik insonlarday tasvirlanishi, ularning ichki dunyosi, ruhiyati teran badiiy tahlildan o’tkazilishi zarurligini o’rinli ta`kidlagan edi.
Yaxshi bilamizki, adabiy tanqidning taqriz, adabiy sharh, adabiy biografik ocherk, adabiy portret, badia, muammoli maqola singari janrlari mavjud. Ayni chog’da, tanqidda qadimdan uchta uslubiy yo`nalish bo’lgan: falsafiy, ilmiy publisistik va shoirona. Bugungi kunda ana shu barcha uslubiy yo`nalishlar o’zbek tanqidchiligi tevaragida adabiy jarayonning muhim muammolarini tahlil va talqin qilishga yo`naltirilganligi bilan diqqatga sazovor.
Taniqli tanqidchi, professor Norboy Hudoyberganov mustaqillik davri o’zbek adabiyoti, xususan, tanqidchiligi taraqqiyoti bilan bog’liq muammolarni tahlil qilib: «Tanqidchi hech qachon yozuvchi va badiiy ijod saviyasini oshirishga qodir emas, bunday vazifani bajarishga safarbar etilmaydi, faqat ta`sir ko’rsatishi mumkin», - degan fikrni ilgari surib, mustaqillik davri o’zbek tanqidchiligining adabiy jarayonga, badiiy ijod ravnaqiga ta`siri sezilarli darajada emasligini kuyunib yozadi. Bugungi adabiy tanqid «har yili bir necha yo`zlab emas, minglab she`rlaru dostonlar, hikoyalar, qissalar, hatto romanlarni do’ndirib, ularning aksariyatini ham poytaxtdagi ham viloyatlardagi nashriyotlarda; shuningdek, hozir respublikamizda chiqayotgan sakkiz yo`zga yaqin gazetalar, jurnallarda chop etiyotgani-yu, pirovardida bu boradagi sifatni emas, faqat sonu miqdorni rivojlantirayotgani...» kabi salbiy holatga ta`sir ko’rsata olayaptimi? – degan haqli savolni ko’ndalang qo’yib, bu borada jiddiy mulohaza yuritish vaqti allaqachon yetganligini to’g’ri ta`kidlaydi1.
Shunga qaramay, adabiy tanqid adabiy jarayon muammolarin baholi qudrat tadqiqu tahlil qilishga intilib kelayotganligini O’zAS gazetasining 2005 yil may sonidagi, «Jahon adabiyoti» jurnali sahifalarida 2005-2006 yillarda bo’lib o’tgan bahs-munozaralar misolida ko`zatish mumkin.
Hozirgi o’zbek nasri bilan bog’liq muammolarni tahlil qilib munaqqid Umarali Normatov quyidagi qarashlarini bayon qildi: «Hozirgi nasrimiz rivoji bilan bog’liq munozarali masalalar ko’p. Ayniqsa, nasrdagi an`anaviylik va modernizm muammosi qizg’in tortishuvlarga asos bo’lmoqda. So’nggi yillarda prozaga bag’ishlangan birorta muhokama, davra suhbatlarida bu mavzu chetlab o’tilganini bilmayman... Shunisi quvonarliki, bu bahs-munozaralarda mustabid to`zum davrida bo’lgani kabi masalaga g’oyaviy-siyosiy tus berish hollari yo`q endi! Badiiy asar qimmati qaysi yo`nalish – an`anaviy yoki modernizm shaklida yaratilganida emas, balki u chinakam san`at namunasi darajasiga ko’tarilgan yoki ko’tarilmaganligi bilan belgilanadi... An`anaviy realizm imkoniyatlari hali tugagan emas, qolaversa, realizm hududlari cheksiz, uning bag’ri jamiki yangiliklarga, dadil izlanishlarga keng ochiq»2.
Yuqoridagi fikrlardan ma`lum bo’layotirki, istiqlol davri o’zbek tanqidchiligida badiiy asarlarning san`at asari sifatidagi qadr-qimmatini yuksaltirish; ijodkorlarning bu boradagi mas`uliyatlarini oshirish; realizm bag’rida unib o’sayotgan yangi yo`nalishdagi uslubiy izlanishlarni haqqoniy tahlilu tadqiq qilib, qo’llab-quvvatlash; o’zbek she`riyati va nasriga xos yangilanish jarayonlarini tahlil qilib, yaratilayotgan asarlarning fazilatlari bilan bir qatorda kamchiliklarini ham yoritish tendensiyasi yetakchilik qilmoqda3. Ayni chog’da o’zbek munaqqidlari yosh iste`dodlarni asrab-avaylash, uslubining takomillashuviga ta`sir ko’rsatayotgan ijobiy va salbiy holatlarni ham haqqoniy va asosli tarzda ochib berayotirlarki, bu ham hozirgi adabiy jarayon va butun o’zbek adabiyoti ravnaqiga o’z ta`sirini o’tkazmoqda.

Download 433,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish