Ma`ruza materiallari 1-Mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon va ijodiy jarayon



Download 433,71 Kb.
bet7/21
Sana13.06.2022
Hajmi433,71 Kb.
#665419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
2 5393579677883305680

Tayanch iboralar:tradisiya, novatorlik, hozirgi adabiy jarayonda tradisiyaning o’rni, hozirgi adabiy jarayonda novatorlik.


Savol va topshiriqlar:
1. Hozirgi adabiy jarayonda tradisiya va novatorlik xususiyatlari haqida so’zlang.
2. O’zingiz sevgan asardagi tradisiya va novatorlik haqida fikringizni bildiring.


Adabiyotlar ro`yxati:
1. N.Shukurov va boshq. Adabiyotshunoslikka kirish. T., O’qituvchi, 1979 y.
2. B.Valixo’jayev. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi. T., O’zbekiston, 1993 y.
3. A.Fitrat. Adabiyot qoidalari. T., O’qituvchi, 1995 y.
4.U.Normatov, U.Hamdam. Dunyoni yangicha ko’rish ehtiyoji. «Jahon adabiyoti», 2002 yil, 12-son.
5.Ergash Ochilov. «Siz she’r aytasizmu yo odam qo’rqutasiz», «O’zbekiston adabiyoti va san’ati», 2004 yil, 17 sentabr.
6.P.Qodirov. Ma’naviyat, modernizm va absurd. «O’zbekiston adabiyoti va san’ati», 2004 yil, 26 mart.


6-Mavzu: Bugungi o`zbek dostonchiligi. Qasida, ballada, doston, she’riy roman haqida.2 soat.
Reja:
1.Bugungi o`zbek dostonchiligida janr va shakl izlanishlar.
2. Lirik dostonning xususiyati.Lirik qahramon tabiati.
3.«Xotiram siniqlari», «Ichkari... tashqari...», «Sapol siniqlari» dostonlari.
4.Liro-epik dostonlarning xususiyati.
5.«Ra’noning savdosi», «Nojot», «Cho’lpon», «Girya» dostonining g’oyasi.
6.Liro-dramatik dostonlar. «Ibtido xatosi», «Tavajjuq», «Oqpadar» dostoni.
7.Modern yo`nalishdagi dostonlar. «Izohsiz lug’at», «Chiptasiz odamlar», «Yoziq», «Ayolg’u» dostonlari.
Davr bugungi inson qalbini jamiyat qalbi bilan omuxta tadqiq etish borasida ijodkordan bu masalada chuqur mushohadalik bilan yondashishni talab etdi. Natijada falsafiy o’ylar bilan yo’g’rilgan dostonlar yuzaga keldi. Bu narsa, o’z navbatida, janr tabiatida (lirik qahramon ruhiyatini namoyon qilishda) intellektuallik, falsafiylik, fikriy teranlik singari belgilar chuqur ildiz otdi.
Bugungi kun dostonlarini mazmun ko’lamiga, xarakterlarning serqirraligiga, mavzu va tasvir turlariga ko’ra to’rt qismga bo’lish mumkin, ya’ni lirik, liro-epik, dramatik, shuningdek, modern yo’nalishidagi dostonlarga.Lirik dostonda asosiy e’tibor tashqi olamga emas, kishini botiniy olamiga qaratiladi va lirik she’rga xos unsur yetakchilik qiladi. Lirika esa ichki kechinma bilan fikr uyg’unligining mahsulidir. Lirik kechinma tarkibini esa fikr va his munosabati tashkil qiladi.
Shoirning boshida tug’ilgan fikr, aytish mumkinki, uning jismiga turtki berib, hayajonga soladi, qonida o’t yoqib, ko’ksida tipirchilab uyg’onadi»1. Fikr hissiyotidan holi bo’lishi mumkin, u siz yashay ham oladi, lekin hissiyot fikrdan holi, undan ajrab yashay olmaydi. Chunki fikrsiz hissiyot insoniy emas, hayvoniy tuyg’udir. Bu narsa lirik qahramonsiz yuzaga kelmaydi. Lirik qahramon esa o’z shaxsini tanigan, o’zini shaxs sifatida anglagan, o’zini olam ichra Yana bir olam deb bilgan insondir. U o’z shaxsini olam bilan qiyoslaydi, o’zini unga qarama-qarshi qo’yadi. Lekin undan o’zini tashqarida emas, u bilan tutash va payvasta ekanligini qayd etadi. «Ammo hech qachon olam qarshisida o’zini batamom unutib qo’ymaydi. Olam bilan birligi, bir butunligini, ya’ni «Men va borliq», «borliq va men» degan juftlik hamisha o’z hukmini yuritadi»2. Bu xususiyat bugungi lirik dostonlarning muhim belgisidir. Shuningdek, shoir diqqatida voqea-hodisalar tasviri emas, balki undan olgan taassurot, ta’sirlanish orqali ichki kechinmalar, xotirotlarga berilish orqali qalb to’lqinlanishi, hissiyotning junbishga kelishi mohiyati tasviri asosiy o’rinni egallaydi. Unda kechinmalarning tasviri emas, kelib chiqish sabablari, holati ta’sirchan bir ruhda tahlil etiladi, tuyg’ularning dil izhori emas, o’zi o’rganiladi va inkishof etadi.Zulfiyaning «Xotiram siniqlari», Oydin Hojievaning «Najot», A.Mahkamning «Tavajjuq», «Ishq», Faxriyorning «Muchal yoshi», To’lan Nizomning «Girya» dostonlarida shu xususiyat o’z ifodasini topgan. Zulfiyaning «Xotiram siniqlari» dostoni hajman ixcham, fikran ko’lamlidir. U muallifning yillar bo’yi qalbida cho’kib yotgan dardlari, uning og’riqlari, buning sabablari mohiyatidagi alamlari asosiga qurilgan. Shoira buni bir-bir xotirasida tiklar ekan, go’yo singan ko’zguning siniqlarini bir-biriga ulaganda narsaning aksini ko’rsatganday, bu xotira siniqlarini ortida o’zining siymosi paydo bo’ladi. Biz bu siniqlarda shoira yuragidagi suvaydoni ko’ramiz. Bu suvaydoni paydo bo’lish sabablarini anglash borasida totalitar tuzum paytdagi adolatsizlik, tuzumni dushmanlardan tozalash niqobi ostida hayotni anglash, undan tegishli xulosa chiqarish iqtidorga ega bo’lgan fikrlarni odamlarni «ovlash va yo’q qilish» jarayonini butun murakkabligi bilan uqamiz va shoira irodasi oldida bo’yin egamiz. Bu jarayon shoiraning oilasini ham chetlab o’tmadi, balki taniqli partiya arbobi bo’lgan akasi Normat Isroilovni ham domiga tortib ketdi. Manna shunday kunlarni sodir qilgan kishilar haqida shoira kuyinib yozadi:
Sizni-da qora tun olarmikin,
Qo’lingizga kishan solarmikan,
Yukinish, yalinchimas – g’ururni ko’rib,
Vahshiy g’azablarda yondilarmikan?!
Bu paytda otasi hayot edi. Ikki farzandidan judo bo’lgan otaning (bundan oldin ukasi vafot etgandi) chidami shoirani lol qoldiradi:
...Bunga chidam qaydan - po’lat, olovdan,
metindan yaralgan jonmidi otam...
Otash og’ushida topib bizga non,
G’amga ham chidamli bo’larkan odam.
Bu misralarni o’qib shoiradagi iroda zamini qaerda ekanligini anglaganday bo’lamiz.Ma’lumki, hayot faqat g’am-anduhdan iborat emas. Unda quyoshli, bahoriy kunlar ham ko’p. Agar hayot faqat g’am yoki faqat quvonchdan iborat bo’lganda bu narsalarning mohiyati anglanmasdi.
Baxt qasrimga kirib meni topdi dard,
Urush, yozda yoqqan qor kabi o’lim.
o’tttizga yetmayoq sochib qor yalab,
Ko’z yoshim soyiga to’kildi gulim.
Lekin, shoira taqdir, qismatning shafqatsiz dovul, shamollarida sargaygan bargday uchmadi, xazonday to’zib, irodasini hayot oqimiga topshirmadi, mahzunlikka berilmadi. Balki hayotdan erta ketgan ukasi, nohak o’limga mahkum etilgan akasi, sevimli yori, tuzum qabohatlaridan ozor topgan ota-onasi, farzandlari, xalqi uchun, qolaversa, adabiyot-she’riyat, haqiqat uchun barcha g’am-anduhlarni yengishga, undan ustun chiqishga intildi, muyassar bo’ldi. Oqibatda irodali qo’alb nimalarga qodir ekanligi namoyon qilish bilan insoniylikdan saboq beradi, vafolik timsoliga aylanadi. Dostonda bu jarayon shunday ifodalanadi:Bo’ldi, bas! Jangdan so’ng horg’in sarkarda
Tirik askarlarin tizganday qator –
Men tirik hislarim bir joyga yig’dim
Va kuchli yashashga ayladim qaror.
Katta qalbning armonlari, dardlari ham katta bo’ladi. Bu narsa shaxsiy mayl va istaklar qobiqlarida qolib ketmaydi. Bunday shaxslarning dardlarida xalq dardi yotadi, armonlari millat armonidir. Zulfiya opa shunday shaxsdir. U qo’liga qalam olgandan to so’nggi kunigacha bir armon, ya’ni xalqning mustaqilligini ko’rish armoni bilan yashadi. Shundan armoni ushalganidan – istiqloldan behad quvondi:
Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding,
Kelar yo’llaringda pinhona topdim.
Mening ota-onam, jon Vatanimda,
Elim taqdirida abadiy qolding.
Doston istiqlolning ahamiyatini chuqur anglatishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ikrom Otamurodovning «Ichkari...tashqari...» nomli dostoni insoniyatning ikki botiniy va zohiriy hayotini falsafiy mohiyatining inkishofiga bag’ishlangan. Inson hayotining mukammalligi bu ikki narsaning uyg’unligiga, bir-birini to’ldirishga bog’liq. Nazariyasiz amaliyot, amaliyotsiz nazariya bo’lmaganidek, ichkarisiz tashqari, tashqarisiz ichkari to’lamas. CHunki tashqi hayotning to’laligi, ichki hayotning mukammalligiga bog’liq. o’z navbatida tashqi olam ham ichki olamga o’z ta’sirini o’tkazadi. SHundan shoir yozadi:
Ichkari tashqariga chiqmoq istayur,
Istayur tashqariga to’luvni.
Tashqari ichkariga kirmoq istayur,
Istayur ichkarida bo’luvni.
Ichkari tashqariga chiqmoq istayur,
Istayur tashqariga javobni.
Tashqari ichkariga kirmoq istayur,
Istayur ichkarida tavobni.Va hokazo.
Ma’lumki, inson fikrlash, muhofaza qilish qobiliyatiga ega bo’libdi-ki, tashqi olamni mukammal qilishga intiladi, lekin bunga muyassar bo’lgani yo’q. CHunki insonning o’zi hali to’liq mukammallikka, komillikka erishmagan. Sababi, ma’naviyati juda ilgarilab ketgani yo’q. Zigmund Freydning fikriga ko’ra, «odamzod o’zining mohiyatini bilmaydi yoki... bor haqiqatni tan olgisi kelmaydi. Bu borada u yo riyokorlik qiladi yoki o’zi xususida haqiqatan ham chuqurroq tushunchaga ega emas»1.Ikrom Otamurodovning dostondagi satrlarni o’qir ekansiz, bu fikrda haqiqat borligiga tan berasiz:
Ichkari - xo’rsinik.
Tashqari – xandon.
Ichkari – zabun.
Tashqari – muqtadir.
Tashqari – rutubat.
Ichkari – saffo.
Tashqari – giryon.
Ichkari – chamangiz.
Bu holatni ikki ma’noda tushunish lozim. Hozirgi kunda bu ikki olam – tashqari va ichkari bir-biriga uyg’un emas. Inson tasavvuridagi olamni tashqarida ko’ra olmaydi. CHunki insonlar ilohiy axloq bilan yashamayapti. Unga yo’l qo’ygan tashqi olamdan bu kabi shaxslar mamnun. Vaxolanki, ularning a’molidan tashqi olam simyon. Ilohiy axloq bilan yashaydiganlar, ya’ni o’zining mohiyatini anglaydiganlar esa sukunatda nola qiladilar.
Hayroning ham kanglungda,
Vayroning ham kanglungda.
Oring ham kanglungda,
Xoring ham kanglungda...
To’zing ham kanglungda,
o’zing... ham kanglungda...
o’zing... ham kanglungda...
Muhammad G’azzoliy shunday yozadilar: «Hazrati Ali deydi» ... Kimdaki olti xil tabiat jamlangan bo’lsa, u jannatga tushadi, jahannamdan omon qoladi:

  1. Ollohni tanib, unga itoat etsa. 2.Shaytonni tanib, unga ergashmasa. 3.Haqni tanib, unga taslim bo’lsa. 4.Botilni tanib, undan qochsa. 5.Dunyoning havoiy hayotini tanib, uni tark etsa.6.Oxirat hayotini tanib, unga tayyorgarlik ko’rsa1. Bunga imoni mustahkam odamgina muyassar bo’ladi. Ikrom Otamurodning «Sopol siniqlari» (1994) nomli dostoni voqealariga emas, tuyg’ular asosiga qurilgan. Biz qahramonning falsafiy mushohadasida, xotiralarida, dardlarida dunyo mohiyatini, unda insoniyatning o’rnini, yurtning boshiga tushgan kulfatlarini anglaymiz, eng muhimi dunyo deb atalmish borliq voqea-hodisasidan iztirobga tushgan qalb tebranishlarini his qilamiz. Bu narsa Holat va Rang deb nomlangan qismlari orqali beriladi. Holatlar, o’z navbatida, mumtoz adabiyot dostonlarini yodga soladi. Ya’ni maqolat va hikoyatni. Ma’lumki, maqolat nazariy yo’nalishda bo’lsa, hikoyatda o’sha yo’nalishlar amaliyotda o’z ifodasini topgan. Mazkur dostonda Holatda falsafiy-nazariy yo’nalishda hayot haqiqati ochib berilsa, Rangda esa kechagi va bugungi hayot manzaralari o’z tajalisini topadi. Loyga botib siniqqan kamon –

Yurt ori deb to’kilgan darddir.
Qulda lochin tutgan pahlavon –
Qadrin quchib yiqilgan marddir.
ko’milgan imondir,
ko’milgan tildir –
tepalar...
Ko’milgan Vatandir.
ko’milgan eldir –
tepalar...
Bu yerda yurtimiz boshidan kechirgan kechagi manzaralari o’z ifodasini topgan. Haqiqatan ham totalitar tuzum ma’naviy qadriyatlarimizga – dinimiz, tilimiz, imonimizga dahl qilib, butun jahonga shuhrati ketgan Vatanimizdan judo qilgan edi. Keyingi misralarda lirik qahramon yanada bo’y ko’rsatadi. Uning o’y-fikri, kechinmalarida, xotiralarida odam va olam haqiqatini, shuningdek, insoniylik mohiyatini anglaymiz. Dostonning ahamiyati ham shundadir.
Epik dostonlar. Ma’lumki, sof lirik dostonlarda individual shaxsning borliq olamdan ta’sirlanishidan butun vujudning harakati ifodasi, shuningdek ruhdagi assotsiativ holat, bu tufayli yuzaga keladigan kechinmalar tasviri asarning mundarijasini tashkil qilsa, liro-epik dostonlarda esa lirik ifoda bilan epik tasvir uyg’unlashib ketadi. Keyingi yillarda yuzaga kelgan dostonlarda esa lirik holat ustivordir. Cho’lpon Ergashning «Ra’noning savdosi» dostoni zamirida shu falsafiy haqiqatning badiiy ifodasi yotadi. SHoir doston voqealarining vaqt va makoni haqida yozadi: «Qosh qoraygan payt. Tor va tuproq bog’ ko’cha. Uning bir tomoni katta yo’lga, ikkinchi tomon istirohat bog’iga tutashgan. Bog’ tomondan daryo shovqini aralash tegirmon guvlashi eshitilmoqda. Rahmon Ra’noning uyi to’g’risida yuradi». Dostonni o’qish davomida shoir bu tasvirni bekorga bermaganini, unda ijodkorning maqsadi mujassamligi anglanadi. Makon tasviri ramziylikka ega, ya’ni katta yo’l maqsadga yetkazuvchi, saodatga sazovor qiluvchidir. Unga soflik, poklik, diyonat, ma’naviyat va axloqlik bilan erishadi. Istirohat bog’i esa maqsaddan chekintiruvchi, hissiyotga berilishni yuzaga keltiruvchi, faxshlik makonidir. Tegirmon ham bekorga tilga olinmagan. U ins-jinslar in qurgan joydir. Dostonning qahramoni Rahmon sevgani Ra’noning uyi to’g’risida turib nido qiladi. «Qorong’ulik quyuqlashib, Rahmonning girdi-da, jin, pariylar paydo bo’ladilar» va uni yo’ldan urishga harakat qilishadi. Jin va pariylar oshiq-ma’shuq, yigit-qizlar, erkak va ayollar qiyofasida Rahmon oldidan o’ta boshlaydilar. Ularning birinchisi qizning belidan quchgan holda yigit uyingizga boray desam «Akangizdan qo’rqaman, Otangizni ko’zi yomon» deganiga qiz ranjib, tuxmat qilmang:
Mahallamizda yolg’iz
Madaniy oila biz.
Qachon ko’rgingiz kelsa,
Katta ochiq derazam.
Adam o’zlari kecha
«Mayli» dedi so’rasam.
- deydi. Yigitning «Birga bo’lsaydik tezroq», - deganiga qiz «Yoshmiz, o’ynab olaylik» deb boqqa sudraydi. Boshqa bir yigit esa sevgilisini quchib, armonim yo’q deganiga, qo’yvoring, uyalaman deydi-ku, qo’yvormagach esa...
Avval boqqa kiraylik,
Bir joyga o’tiraylik, - deb boqqa tomon yo’naladi.Uchinchi holat esa, oilali ayol oilali erkakka shunday deydi:
Taqdir ko’zi ko’r ekan,
Gul edim, kulga tushdim.
Birmas, uchtani ko’rgan
Qup-quruq tulga tushdim.
Erkak bo’lsin – toparmon.
Yo’q esami, bo’r to’zsin,
Qobil erlarga borman,
Mayliga, u yo’l tussin.
Oydin Hojievaning «Najot» (1991) nomli liro-epik dostonida yetti afsonada (aksariyati haqiqat) yaqin o’tmish voqealari yorqin tasvirlangan. Doston bag’ishlovdan boshlangan. «Bolalik bog’idan afsona» bo’limi shunday boshlanadi: «Onam Toshbibi bobo Jahmat qizi Buxoro inqilobi haqida yig’lab so’ylardilar. Yozning sutday kechalarida, qor-bo’ronli qahraton qish tunlarida ertaklar aytib berib, men va bir etak jiyanlarimni ovutadilar». Ma’lumki, ertak zaminida hamisha ezgulik va yaxshi hayot orzusi yotadi. SHundan ertak tinglagan odam uning dunyosida yashaydi, ya’ni yaxshi hayot kelishini orzu qiladi. Ularning nazarida uni xizr bobo olib keladi. Bolalar Xizr boboni kutishadi. Bu yerda Xizr bobo ramziy obrazdir. U yaxshi hayot va yorug’ kun timsolidir. CHunki Oktyabr inqilobi shuni va’da qilgandi. Xizr bobo qizchaning ko’ziga bir ko’rinadi-ku, ikkinchi paydo bo’lmaydi. U ko’ringan yaxshilik olami kechagi kun, o’tmish edi. XX asrda hayotda ko’p o’zgarishlar, yangiliklar bilan birga, ko’p adolatsizliklar ham ro’y berdi. Bundan odamlar jabr tortadi. Ayniqsa, sotsializm, hozirda totalitar jamiyat deb atalayotgan tuzumda. SHoira shuni aks ettiradi va butun dahshati bilan ko’rsatadi. U yozadi: «Xo’jai Xizr bobo qaytib kelmadi. Bu hovliga kolxozning sariyog’, tuxum yig’ib yuruvchi soliqchisi serqatnov bo’lib qoldi. Gujum daraxtidan yasalgan gulkori darvozaga ko’zini tikib oldi. Pul va’da qildi. Yo’q! Evaziga bir sog’in sigir beraman, dedi berishmadi. Kunlarning birida GPUdan uch kishi keldi. Darvozani xatladi. Mohir o’ymakor usta arab alfozida Ollohi karim oyatlarini darvoza «peshonasiga» yozgan, nafis husnixat bilan uning tabaqalarini pardozlagan».Masjidlar vayron qilindi, kishi qalbida mehr-shafqat tuyg’usini yuzaga keltiradigan, shuuriga shuur qo’shadigan ijod namunalari kuydirildi. Lekin har qanday tazyiq ham ezgulikni yo’qota olmaydi. Dostonda shu haqiqat ham o’z tasviriga ega. Hazrat Mavlavxonni xo’rlashadi, kitoblari, devoni tangrining inoyati bilan saqlanib qoladi. Lekin ko’p narsa yo’q qilindi. Ma’rifatga hujum jaholat tegirmoniga suv quymoqlikdir. Buning natijasi «Eldan chiqqan balo» nomli qismda aks ettirilgan.Kitoblarni yoqishga qishloq sho’ro raisi To’lov bosh-qosh bo’ladi. U kattakon bir xodani moyga botirib, unga gugurt chaqib, kitoblarga tutadi. Qur’onda shunday deyiladi: «Kimga Olloh nur (iymon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nuri bo’lmas»1. Olloh nuridan mahrumlar johil kimsalardir. Ular hayotda jazo topadi. Dostonda To’por obrazida shu hayotiy haqiqatni aks ettirish bilan shoira ma’rifatning haqiqatidan ogoh etadi. Bu hol dostonni ma’rifiy ahamiyatini ham belgilaydi. To’lovning ishi o’sha qilmishidan keyin orqaga ketadi. Nimaga qo’l ursa teskarisi ro’y beradi. Bu borada Oydin Hojieva shunday yozadi:
Valiylarga ko’targanda qo’l
Qayga ko’chib borsa, battolni
Insu jinslar quvdi qasdma-qasd
Va topshirib qamchi, amalni,
Tavba qildi bir kun xoru xos
Bog’bon bo’lib ekkandi nihol,
Qurib qoldi avji javzoda,
cho’pon bo’lib qo’y boqdi uvol
malik cho’lda – mulki xudoda.
Ayni sovliq qo’zilar mavsum
Suruviga doridi o’lat,
Korida hech bo’lmadi unum.
Hayotdan ketganda uni yer ham qabul qilmaydi (Alqissa shu: uch kunga dovur, Go’r o’ligin otib tashlabdi).Dostondagi biz qayd qilgan voqealar zamirida va undan keyingi afsonalarda – «Hamid Sulaymon hasrati», «Murodbaxsh bobo hikoyati», «Xatar vodiysidan fasona» uch g’oya yotadi. Birinchisi, xalqimiz boshiga tushgan fojialar tasviri mustaqillikni mohiyatini anglashga xizmat qilsa, ikkinchisi, kishilik olami yaxshilikdan yomonlik sari ketishining tub ildizi ochib beriladi, uchinchisi, kishi yaxshilikka, yaxshi hayotga, yaxshi a’mollar orqali erishadi, degan g’oya ilgari suriladi. Bu to’g’ri g’oyadir. Buning uchun kishi o’z jismiga va ezgulik urug’ini sochganlar ruhiga ishonish hamda undan madad, najot tilash bilan ular yo’lini davom ettirish lozim. CHunki Olloh yaxshi a’mol qilganlarni sevadi va mag’firat ko’rsatadi. Dostonni «Najot» deb atalishi ham, uning ma’naviyat va adabiyot olamida tutgan o’rni ham shundadir.
To’lan Nizomning «CHo’lpon» dostoni o’rni-o’rni bilan hayotiy voqelikni hikoya qilishi, bu bilan davr kartinasini yaratish ila epiklik kasb etadi. Lekin unda lirik tuyg’u, ichki dard ustun. Bu narsa dostonni liro-epik janrga mansubligini ta’minlaydi. Doston «Uchar yulduz» sarlavhali bo’limdan boshlanadi. SHoirning bo’limni bunday nomlashi bejiz emas. Ma’lumki, qadimda tabiat hodisasi bilan inson faoliyati bir-biri ila chambarchas bog’liq deb bilishgan. Osmondan bir yulduz uchsa hayotdan bir odamni ketgani belgisi deb hisoblashgan. Shoir shu aqidaga ishora qiladi. U uchar yulduzni qaerga uchganini so’raydi. Hech kim bilmaydi. Shoirning iltijolariga hech kim javob bermaydi. Shoirning kuyinishlarini his qilgan sari afsona deb bilgan narsa reallashadi. Haqiqatan Cho’lponning taqdiri uzoq davr mavhum bo’lgan. To’lan Nizom shunga ishora qiladi.Bu Ayni haqiqatdir. «Aks-sado» bo’limida mazkur fojiani ufqi kengayadi va aniqlik tus oladi:Qani, Fitrat, Otajon Hoshim,
Qodiriyni ko’rmadingmi, ayt?
Oqar yoshim, tugar bardoshim,
Yodga tushsa o’zing yozgan bayt.
To’lan Nizom 1902 yilda Andijonda bo’lib o’tgan zilzila haqida yozar ekan, faqat tabiat hodisasini ko’zda tutmaydi. Balki barcha narsani mehridan chiqarib yuboradigan ijtimoiy zilzila – Oktyabr inqilobiga ishora qiladi. Tabiiy zilzila go’dak Abdulhamidga shikast yetkazgan bo’lsa, kelayotgan ijtimoiy zilzilaning oqibatini oldindan his qilib, unga qarshi qalbida tug’ilgan isyondan ogoh qiladi. Demak, adolatsizlikka qarshi tug’yon Abdulhamidda go’dakligida yuzaga kelgan.
«Tutqun» bo’limidagi misralardan faqat muhabbat osmonida emas, ma’naviyat, go’zallik osmonida CHo’lpon bo’lgan shoirning achchiq ko’rguliklaridan xalqimizning g’ururi, faxri bo’lgan Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosirlarning qismatini ko’z oldimizga keltiramiz, undan qalbimiz g’ussaga to’ladi. Uning natijasida bugungi kunimizga shukronalar aytamiz. Bu mustaqillikning mohiyatini anglashdir, to’g’rirog’i doston voqealari anglatadi. Mana bu misralar esa o’zligimizni chuqur anglashga va mustaqilligimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Pok iymonga o’q otildi, bir musulmon uyg’onmadi,
Tug’ilgan yurt yo Farg’ona, yo Andijon uyg’onmadi,
Har so’zida dardi tomgan bu Turkiston uyg’onmadi,
Onam deya zardob yutgan o’zbekiston uyg’onmadi.
o’zbekiston, shoir o’g’ling - CHo’lponingga kim o’q uzdi,
o’q ovozi yarim kecha uxlayotgan ko’kni buzdi?!
Totalitar tuzum o’qidan, aybi millatparvarligi bo’lgan shoir ohidan ko’k uyg’onadi (CHo’lpon, debon yig’lar mudom odoshi - ko’kdagi CHo’lpon), lekin bir musulmon, bir vijdon uyg’onmadi, ajdodlariday ko’ksini qalqon qilib sor lochin o’g’lonini, tengsiz shoirni himoya qila olmaydi. CHunki ular erksiz, loqayd, mute kimsalardir. Ko’rib o’tganimizdek, To’lan Nizom bu fojiani asl ildizini ochgan, uni hislar, tuyg’ular, dar dva iztiroblar silsilasida ta’sirli inkishof qilgan. Dostonning adabiyotda tutgan o’rni va ahamiyati shundadir.
To’lan Nizomning «Girya» dostoni (1992) haqida taniqli shoir Ikrom Otamurod shunday deydi: «Nazarimda, dostonning harakat nuqtalari: yig’i, yod, tush. Uch holat. Ular ko’ngulning kechinmalarida birlashadi. Ruhiyatning yagona qayg’usiga aylanadi. Asarning yig’i manzaralarini o’qiyotganimda, hayolimdan shunday fikr o’tdi. «o’zbekning qayg’usi ham, azasi ham, yig’isi ham qudratli». Juda topib aytilgan fikr va unda butun dostonning mohiyati o’z ifodasini topgan. Ma’lumki, adabiyot sub’ektiv hodisa. Lekin unda insoniy faoliyat, munosabat, tuyg’ular-dard-alam, g’am-alam, g’am-quvonch, yig’i-kulgu o’z ifodasini topgani uchun ob’ektivlik tusini oladi. CHunki bu tuyg’ular, barcha insoniyat olamiga tegishli. SHu ma’noda «Girya»dagi mahzunlik, yo’qotishdan uni hamma birday his qiladi. Sababi hayotda o’zining eng aziz odamini yo’qotmagan insonning o’zi yo’q. Doston inson qalbini poklashdan tashqari, vafo, sadoqatdan, insoniylikdan dars beradi, oila mohiyatini anglatadi. Oila bu er-xotin juftligi-yu, farzandlarni yuzaga keltirish emas, oila bu insoniyatni yashashga bo’lgan ishtiyoqini oshirish, hayotda o’zining eram bog’ini yaratish, unda faqat ezgulik nihollarini ustirish, bu bog’ bilan hayotning bir qirrasini bezash, undan hamisha o’zi ham zavqlanish demakdir. Bunday bog’dagi daraxtning bir shoxchasi lat yesa olam titraydi. CHunki bu insoniyat olamiga berilgan katta zarbadir. Bunday oila go’zal turmushdan bino bo’ladi. Dostonni o’qigach, To’lan Nizom o’z umr yo’ldoshi bilan shunday go’zal turmush kechirganiga ishoch hosil qiladi.Doston To’lan Nizom umr yo’ldoshining vafoti munosabati bilan yozilgan.
Dramatik doston. Qahramon hayotini, uning kechinmalarini chuqur idrok etish, hayotini eng avj nuqtasini, dramatik holatlarini tasvirlash, lirik qahramonning dard va iztiroblarida davr va jamiyat, xalq dardi, muammolarini inkishof qilish liro-dramatik dostonlarning muhim xususiyatidir. Eshqobil SHukurning «Ibtido xatosi» (1991) nomli dramatik dostonida qadimiy afsonaga murojaat qilingan. Uning qahramonlari ham kitobxonga tanish, ya’ni yaxshilik olami Axura Mazda bilan yomonlik olami timsoli Ahramandir. Lekin shoir shu azaliy mavzu, qadimgi qahramonlar faoliyatidan muhim falsafiy g’oya yarata olgan. Ya’ni insoniyat olamidagi dramatik holat mohiyatini inkishof qilish bilan birga, uning hayotdagi o’rni va tabiatini ko’rsata bilgan.Ezgulik tangri Axura Mazda «to’rt unsur zuvalasidan hayot homilasi odamni» yaratib, unga qalb tuhfa qilganda, yovuzlik tangri Ahraman bunga chiday olmay Axura Mazda qoshiga keladi:Ahraman
Nechun qalb baxsh etding ojiz mahluqqa?
Nahotki, yaralib Uchinchi Xudo.
Mangu qonunlarni aylar talotum?!
Axura Mazda
Bilmassan, yaratmak – mangu farog’at!
o’zingga qoldirmay, o’zgaga tuhfa
Qilmaklik gashtini yana bilmassan.
Bu diologda qancha tarix, qancha haqiqat, qancha insoniy dramalar o’z mujassamini topgan. Haqiqatan ham, o’zlarini «xudo» deb sanagan davlat tepasida o’tirgan shaxslar qancha tarixni, qancha hayot va insoniyat olamiga tayanch, adolat ustuni-mangulik qonunlarini, ajdodlarning ma’naviyatini eslatib turadigan muqaddas qadriyatlarni yo’q qilmadi?! CHunki bunday kimsalar «yaratmak-mangu farog’atligi»ni bilmaydi, uning nashidasini his qilmaydi.
Asqad Mahkamning «Tavajjuq» (1992) dostoni boshdan-oyoq ichki dard, iztiroblardan, ya’ni Boburning hasratlaridan iborat. Bu hasrat shunchaki o’z yaqin, hesh-aqrabolaridan qilgan shikoyat emas, u o’z ezgu niyatlarini amalga oshirishga, adolatni barqaror qilishga, behuda urushlarni, nizolarni bartaraf etishga, bobosi davlatining azalii mavqeni tiklashga izn bermagan Dunyo taloto’plaridan, uning kajraftorligidan, mansabparast, taxtparastlarining qutqusidan yuragi zardobga to’la yirik shaxsning nadomatlaridir. SHundan u umumlashma xarakterga egadir.
Topmadim, ey Bobur, na biror odam,
Na vatan, na mozor, na yer, na mehr.
Yo tangrim, imonni salomat qilgil,
Yo tangrim, oson qil, o’zing madad ber!...
Bobur hech narsaning o’z-o’zidan yuz bermasligiga (qazo), takdir (qadar)ga ishonadi va shukur qiladi. Hech qachon imon-e’tiqodidan kechmaydi:
Yo borxudo, tuman jahongirdidan so’ng,
Qur’on, qalam, qilich tutgan foniyman, - deydi.
Usmon Azimovning «Oqpadar» (1992) asari garchi shoirning o’zi notarixiy dramatik doston deb atasa-da, u bir qadar tarixiylikka ega. CHunki dostondagi voqea shoir tasvirlagandek o’zgacha bir tarzda hayotda bo’lib o’tgan. Usmon Azim esa bu tarixiy voqelikning bir qirrasini olgan, ya’ni sevgi chizig’ini. Haqiqatan ham shahzoda – Madalixon otasi Umarxon uylanishga niyat qilgan qizni, uning vafotidan keyin o’z nikoxiga olgan. Butun fojia shundan boshlangan. Millatning g’ururi bo’lgan xassos, dilbar shoira, davlat arbobi Nodiraning hamda o’zi, ukasi Sultonxon Mahmudning, o’g’li Muhammad Aminning o’limiga sababchi bo’lgan. Bu insoniyat qalbini larzaga soladigan fojiy dramatik holatdir. Mana aslida voqea qanday bo’lgan. Tarixchi Ma’sumxon o’g’lining «Mutaxabut tavorix» («Saylangan tarixlar») kitobida yozadi: «Farg’ona xukmdori amir Umarxon umrining oxirida qiziq bir voqeani boshidan kechirgan. U o’zining umr yo’ldoshi Nodirabegimning ona shahriga, qayin otasinikiga mehmonga borganida SHahrixon shahar hokimi Jilovdor Inoq bilan suhbatlashib o’tirardi. SHu payt hokimning xotini dab-durustdan kirib, o’ratepadan ko’chib kelgan, qo’l uchida kun kechirayotgan Saidg’ozixo’ja deganning Xonposhsha ismli qizining go’zalligini shu qadar ta’riflaydiki, asti qo’yaberasiz. Umarxon o’sha zahotiyoq qiznikiga sovchi yuboradi. Qizning ota-onasi hali balog’atga yetmaganligini, go’dakligida beshikkerti qilinganini aytib, ikki ayol sovchini qaytarib yuborishadi. SHundan keyin xon Botirxon ismli vakilni ikkinchi bor sovchilikka yo’llaydi. Bu gall ham qizning ota-onasi yuqoridagi gaplarni aytib, vakilning po’pisalariga ham quloq solmaydilar. Oxiri Umarxon o’sha davrning ko’zga ko’ringan olimi, shoir, tarixchisi Hakimxonning o’zini Botirxonga qo’shib, qaytadan sovchilikka jo’natadi. So’nggi marta sovchilikka e’tiborli kishi – Hakimxon kelganligini hisobga olib, Botirxonning daxanaki do’q-po’pisasidan cho’chigan Saidg’ozixo’ja rozilik berishga majbur bo’ladi. Sovchilar qizni yaxshilab kiyintirishib, xonning huzuriga kiritishadi. Ammo, xon uning balog’atga yetmaganini hisobga olib, kanizaklar orasida tarbiyalashni buyuradi». Xonposhshani ko’rgan Ma’dalixon haqiqatan uni sevib qoladi. Otasi Umarxon o’limidan so’ng shariatdan yo’l topib bermagan mullalarni saroydan haydab, boshqa ikki mullani yo’l topib berishga undaydi. Ular qandaydir rivoyatlar keltirib yo’l topgan bo’ladilar. Natijada Xonposhshaga uylanadi. Uning bu ishidan Farg’ona xalqi norozi bo’lib, namoyishga chiqadi. Bundan cho’chigan Ma’dalixon Xonposhshani Marg’ilonga olib borib qo’yadi. o’zi esa yashirin holda yashay boshlaydi. Ular ikki farzand ko’radi. o’g’lining qilmishidan onasi Nodirabegim qattiq ranjiydi. Keyinchalik ukasi Sultonxon Mahmud Buxoro xoni, go’yo shariat homiysi bo’lgan Nasrulloga bu haqida xat yozib, «Sizdek buyuk amir bunday iflos ishga qanday qaraydilar?» - deydi. Xonposhsha go’zalligining ta’rifini eshitgan Nasrulloxon Qo’qonga bostirib keladi va barcha taxt egalarini qilichdan o’tkazib, Xonposhshani Buxoroga olib ketib, o’z nikohiga oladi. Biroq ikki oydan so’ng o’ldiriladi. Bunga sabab Nasrulloxon SHahrisabz beki Yoqubbekning sevikli go’zal xotini Kenagas begimni ham zo’rlik bilan o’z nikohiga olgan edi. Kenagas begim aslzoda edi. Sevgan erining o’limi va o’zining taqdiri Yana bir go’zal boshiga tushganidan g’azablanib, Nasrulloning mastligida qulog’iga simob quyadi. Xonning qotili qatorida Xonposhsha ham o’ldiriladi. Ko’rib o’tganimizdek, shu tarixiy voqeaning o’zi tayyor insoniy drama hamda katta badiiy asrni yuzaga kelishiga imkon beradigan fojiadir.
Modern dostonlar. Abduvali Qutbiddinning «Izohsiz lug’at» dostoni garchi istiqloldan avval yozilgan bo’lsa ham birinchi modern yo’nalishidagi doston bo’lgani uchun tahlilga tortildi. Dostonga Navoiyning
Dudi ohimning quyundek pech ila tobin ko’rung,
Tiyra hijron oqshomining bahri girdobin ko’rung.
Misrasi epigraf qilib olingan. Mana shu misra dostonning butun leymotifini tashkil qiladi. Ya’ni shoirning nimadan kuyinishi, iztirob chekishi, uning sabab-oqibatlari noan’anaviy usulda inkishof qilingan. Doston ixcham o’n besh qismdan iborat. Har bir qism o’z kompozitsiyasiga va mustaqil motiviga ega. Birinchi qismda bobo bilan nevara muloqati beriladi. Boboning yelkasida sanduvoch o’tiradi. Bilamizki sanduvoch (bulbul) muhabbat, ezgulik ramzi. Bobo pichirlaydi, «Yurakni ko’p etmajak makon». Nevara tushunmayman deydi. Lekin mushohada qilinsa, bu gapning zaminida katta fikr borligi anglashiladi. Ma’lumki, odamzodning ko’zi och bo’ladi. «o’zi to’ysa ham, ko’zi to’ymaydi» degan maqol bejizga aytilmagan. Aql va yurak uni jilovlab turmasa ko’p noxushliklar sodir qilish mumkin. Anna endi ko’z yurakni makon tutib olsa, nima bo’lishini tasavvur qilib ko’ring. Bobo shundan tashvishda. Boboning gapini sanduvoch ham tasdiqlaydi («Sanduvoch boshini qimirlatar bir marom»). U Yana pichirlaydi:
Tilni ipdek eshib bo’larmi.
Jonni bo’lurmi unga o’tqazib,
Keyin sanab bo’lurmi jonni
Oxirgi kungacha, uzmasdan?!
Bu yerda bobo qilishi lozim bo’lmagan narsalarni bajarishga urinishning oqibatidan xavotirda. Bobo Yana gapiradi:... – Odam –
etga o’ralgan, et esa zahar.
Kosasida biqirlayotgan - ko’pikdir?!
Turkiy tasavvuf she’riyatining yirik vakili Yunus Emro «To’rt kishidir yo’ldoshim... deydi. «Ul to’rtning biri-jon, biri-din, biri-imon, biri-nafsdir»1. Nafs uchala yo’ldoshning ham dushmanidir. Inson jismini, ruhini pok saqlamoq uchun nafsni tiyish kerak. Nafsni tiymaslik esa tanaga zahardek ta’sir qiladi. Ikkinchi qismda ham boboga murojaat qilinadi. Bobo bu o’rinda donolik to’g’rilik ramzi. U Ollohning qudratini anglashga, o’shanga qarab qadam tashlashga undaydi. SHunday qilinganda inson yomon harakatlardan o’zini tiyadi. Bu bilan hayotni bir maromda davom etishini va o’zining umrini ta’minlaydi. SHoir shulardan kishini ogoh qilar ekan, masala mohiyatini bugunga buradi. U yozadi:
Shunda farog’at mamlakatlari, millatlari, odamlari
Hech qachon bir-birlarini kamsitmaslikka ont ichishadi.
Tilni, qalbni, naslni buzmaslikka, ezmaslikka
Qasam yod qilishadi. Tiyilishadi!
Dengizlarni quritishmaydi,
o’rmonlarni kesishmaydi,
Osmonni teshishmaydi.
Dostonning «Izohsiz lug’at» deb nomlanishining siri... asosida turgan o’sha ikki azim Kuchlar qismatini eslasak, nomlanish mantiq va mazmun kasb eta boshlaydi: izohsiz lug’at, ya’ni izohga hojat yo’q! Dunyo-dunyo bo’libdiki, dostonda tilga olingan Kuchlar va ularning omonsiz jangi bor. Dunyo deb atalgan kitob shu ikki so’zdan iborat: Oq va Qora! Noan’anaviy tashbehlar zaminida qanday g’oya yotishini, ularning ayrimlari estetik tasvirdan holi ekanligini taniqli yozuvchi olim Pirimqul Qodirov juda yaxshi ochib bergan: «Modernizmda moziyning an’anasiga amal qiluvchi ayrim ijodkorlar ham insonlar va hatto millatlarga nisbatan juda balanddan kelib, katta-katta ayblar qo’yadilar.
Buning bir misolini iste’dodi ko’pchilik tomonidan tan olingan taniqli shoir Abduvali Qutbiddinning... «Izohsiz lug’at» nomli dostonida ko’rish mumkin. Bu dostonda o’tmishdagi mustamlaka zulmi ostida yashagan insonning fojiaviy xatolari quyidagicha izohlanadi:Vataning bor edi, sotding,
Onang bor edi, otding.
Lazzatga, safoga, ishratga almashding boru budingni
cho’chqaga xizmatga kirding,
to’ng’izni amrini bajarding
esizgina odam, qizil va sariq shoqol,
ko’z uzmay kuzatib turibdi har bir harakatingni.
ko’zingdan, burningdan bitlar chiqmoqdalar
amal-taqal qilib, og’zingdan semirib ketgan
qurbaqa zo’rg’a tushayotir – kekirtagini yorib
yuborar... Esizgina odam, achinaman, afsuslanaman...
kechikmadikmikan? Odamni qutqarmoqqa?!1
Modern asarlarining Yana bir xususiyati, ijodkor tabiat va jamiyat hodisalaridan tug’ilgan o’y-fikrlarini o’z tasavvuridagi holatlarda reallashtirishga intilishdir. Bu holatni Nabi Jaloliddinning «Chiptasiz Odamlar» (1997) dostonida ko’rish mumkin.Yigirmanchi asr...
Ko’zing teshilsin.
Agar bo’lsa o’sha ko’zlaring
Ko’zlaring yo’q,
yo’q edi sening,
yigirmanchi asr
So’qir ajdaho!..
Vaholanki, bu balolarda asrning aybi yo’q. Agar insoniyat raqamlar bilan belgilab, vaqtni hisoblamaganda, uni qaysi asrligi ham bilinmaydi. Tabiiy yuz beradigan hodisalarni hisobga olmaganda hayot uchun kundan – kunni, oydan – oyni, yildan – yilni, asrdan – asrni farqi yo’q. XX asrda yuz bergan barcha fojialarni o’q ildizi inqilob yaratgan xudosizlarga borib taqaladi. Ular yurtni ko’plab asl farzandlarini, ya’ni imon-e’tiqodli, xalq manfaati, erki uchun yonib kuyadigan, kurashadigan, g’ururli insonlarni chiptasiz, o’z ona yeridan munosib joy ham bermay, borsa kelmasga jo’natadilar.Taqdiri azal degan fikr bor gap. Bu insoniyatning foniy dunyodan abadiy oxiratga ketish muddati. Bugungi til bilan aytganda umri belgilangan chipta. Bu hol tabiiy holda ro’y bersa, barcha narsa tinchlik bilan o’tadi. Lekin insoniyat qo’li bilan sodir etilsa, Dune to’lg’onadi. CHunki u chiptasiz jo’natiladi. Ma’lumki, chiptasizning joyi, makoni bo’lmaydi. Buning so’rovi bor. Bu ishni qilganlarga bir umr tavqi la’nat yog’iladi. Bundaylar Osh berganga tosh beradilar, mana, shoir bu haqida nima deydi:
Sharqning bolasi –
Turkiston!..
«Shimol och!»
Oshini berdi
Va boshini berdi
Boshini yedi uning
Shimoliston.
Fridrix Nitshe o’zining «Zardo’sht tavallosi» asarida Zardo’sht tilidan shunday fikrni aytadi: «Nima bo’ldi o’zi, birodarlarim? Men azob chekayotgan o’zligimni yengdim, men o’zligimning xoki turobini toqqa olib chiqdim o’zimga ortiq nurafshonroq alanga topdim. Qarang endi! SHarpa mendan uzoqlashib ketdi!»1. Bu fikr Faxriyorning «Yoziq» dostoni (1996) zamirida yotgan g’oyani anglashga imkon beradi. Ma’lumki, barcha yoziq (gunoh)larning asosi nafs. Inson o’z nafsini yengmasdan yomonlikdan xalos bo’lolmaydi, poklik sari qadam tashlay olmaydi. Qachonki inson o’zligini yengsa, ya’ni nafs ustida g’olib kelsa, nafsga boshlovchi sharpalar chekinadi.
Faxriyor ham «Ayolg’u» dostonida besh juft taxayyulda va to’rt tanaffusdagi zohiran hayotiy haqiqatga zid, botinan bani haqiqatan bo’lgan lavhalarda lirik qahramonning qalb haqiqati ochiladi. Bu haqiqat zamirida esa ezgulik yotadi.Dostonda birorta tinish belgi yo’q. Lekin bu g’ayri odatiy hol na doston ritmikasiga, na mazmunga ta’sir qilgan. CHunki fikrlar silsilasi ong oqimi monand yo’nalishdadir. To’g’ri, bu fikrni dastlab anglab, o’qib olish qiyin. Lekin tadqiqotchi ham tafakkurini ong oqimi tomon yo’naltirsa, misralar o’z «tilsimini ochadi».Dostonni «Ayolg’u» deb atalishining sababi ham shu. CHunki ayolg’u jangovorlikni emas, dard, iztirobni kuylashga moslashtirilgan qadimgi musiqa asbobidir. Shundan shoirning:Izlab topolmaganim ayolg’u olib
Chalolganim chanqovuz cholib
Chanqovuzning bo’g’zidan
Kuylar qatalab chiqar
Biyuv biyuv biyuv biyuv
Biyuv biyuv biyuv biyuv
SHoirning armonlarini kitobxon teran his qiladi, chanqovuzning biyuv, biyuv qalbga sim, sim singib, tasavvurini kengaytiradi. Bu tasavvur kishini go’zallik, ezgulik binolari sari yetaklaydi. Dostonning ma’naviy, ma’rifiy ahamiyati shundadir.Modern she’riyatidagi qalbga singmasligining sirishuki, uning uchun tashbehlardagi o’ta jumboqlikdan qochib, milliy ruhni kuchaytirish lozim.

Download 433,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish