14-mavzu:Oqsillar almashinuvi.
Reja:
Oqsillar almashinuvi haqida umumiy tushuncha
Oqsillarning parchalanishi
Ornitin sikli
Tayanch so’zlar: metabolism, katobolizm, anobolizm, transaminlanish, dezaminlanish, pereaminlanish, tripsin, xemotripsin
Oqsillarning oshqozon-ichakda hazm bo’lishi. Oddiy oqsillar-aminokislotalarning yuqori molekulali polimerlari bo’lib, organizmga ovqat tarkibi bilan kiradi. Oshqozon ichak yo’lida ularning hazm bo’lish jarayonida avvalo kichik molekulali birikmalarga, oxirgi erkin aminokislotalargacha parchalanadi.
Oqsillarning hazm bo’lishi oshqozonda uning shirasi ta`siridan boshlanadi.
Oshqozon shirasi, oshqozonning shiliq pardasining hujayralarida ishlab chiqariladi, u rangsiz suyuqlik bo’lib, tarkibida 90% gacha suv, 0,4-0,5% erkin xlorid kislota va proteolitik fermentlardan pepsin bor. Proteolitik fermentlar (proteinazalar) juda keng miqyosda o’ziga xos ta`sir etadi. Bu fermentlar oziq oqsillarni va peptidlarni gidrolitik yo’l bilan parchalaydi. Proteinaza fermentlari gidrolizalar sinfiga kiradi. Ularni Shuningdek, peptidazalar deb ham ataladi. Peptidazalarning ikki xil guruhi mavjud: ekzopeptidazalar - polipeptid zanjiridagi oxirgi peptid bog`ini katalizlaydi; endopeptidazalar polipeptid zanjiridagi ichki peptid bog`larini gidrolizlab uzadi. Endopeptidazalar turli substratlarga nisbatan o’ziga xos ta`sir etadi.
Oshqozon shirasi tarkibidagi erkin xlorid kislota ovqat hazm qilishda muhim ahamiyatga ega. Erkin xlorid kislota ta`sirida oqsillar bo’kadi va vodorod bog`larini uzilishi hisobiga ularning uchlamchi strukturasi buziladi. Ko’pchilik oshqozon shirasi fermentlari uchun optimal pH muhit 1,5-2,5 ga teng.
Oqsillarning oshqozonda hazm bo’lishida pepsin fermenti muhim rol o’ynaydi. Oshqozon shilliq pardasining hujayralari pepsinogen ishlab chiqaradi, pepsinogen me`da shirasidagi xlorid kislota ta`siri ostida faol proteolitik ferment pepsinga aylanadi. Pepsin uchun optimal pH - 1,5-2,5 ga teng. Oshqozon shirasidagi xlorid kislota vodorod ionlari konsentratsiyasining xuddi shu miqdorga yaqin bo’lishini ta`minlab beradi.
Pepsin ta`sirida oshqozonda yuqori molekula oqsillarning dezagregatsiyasi boshlanadi va peptonlar hosil bo’ladi. Pepsin ma`lum polipeptid bog`larni gidrolitik parchalashni tezlashtiradi. Bunda birinchi navbatda aromatik va dikarbon aminokislotalar orasidagi bog`larni uziladi. Hamma oqsillar ham pepsin ta`sirida osonlik bilan parchalana olmaydi. Pepsin ta`sirida muskul oqsillari-miozin, aktin va Shuningdek tuxum oqsili va kazein tezda gidrolizlanadi. Biriktiruvchi to’qima oqsillari-kollagen, elastin qiyinchilik bilan parchalanadi. Jun va soch oqsillari parchalanmaydi.55
Oshqozon shirasida proteolitik fermentga mansub ximozin mavjud bo’lib, u sutning asosiy oqsili-kazeinogenga ta`sir etadi.
Pepsin ta`siri ostida hosil bo’lgan peptonlar ham anchagina murakkab yuqori molekulali birikmalar bo’lib, oshqozonda so’rilmaydi va Shu sababli ular o’n ikki barmoq ichakka o’tadi, peptonlar u yerda oqsillarni ham, peptonlarni ham gidrolizlash xossasiga ega bo’lgan proteolitik fermentlar guruhi ta`siriga uchraydi. Ichak oqsillarga ta`sir qiladigan hazm shirasi pankreatik bez va ichak shilliq pardasi sekretining aralashmasidir. Ovqat oqsillari ichakda tripsin, ximotripsin va peptidazalar (polipeptidazalar va dipeptidazalar) ta`siriga uchraydi, bu fermentlar qisman oshqozon osti shirasida, qisman ichak shirasida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |