MA’RUZA MATERIALLARI
1-Mavzu: Kirish. Biologik kimyo kursining maqsad va vazifalari, metodlari, tarixi
REJA:
Biokimyo fanining predmeti
Biokimyo fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan chet el olimlari
Biokimyo fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan o’zbek olimlari
Biokimyoda qo’llaniladigan metodlar
Biokimyo tarmoqlari
Tayanch so’zlar:Funksional,biokimyo, dinamik biokimyo, elektroforez, sentrifuga, spektrofotometriya, xromatografiya.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o’zgarihlar amalga oshirilmoqda.1
Ma'lumki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida yaratilgan uzluksiz ta'lim tizimi dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori baholangan «O’zbеk modеli»ning muhim tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinishi bilan rеspublikamizda jahon standartlariga javob bеradigan, intеllеktual mеhnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar tayyorlaydigan tizimga aylandi.
Bu borada mamlakatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi PF-4789 farmoyishiga ko’ra kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlntirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish belgilab qo’yilgan.2
Mamlakatimiz rahbari Sh. M.Mirziyoyevning 24 may 2019 yili oily ta’lim va ilmiy – tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirishga, Kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalariga alohida to’xtalib o’tdilar.3
Biologik kimyo, ya'ni biokimyo biologiya fanining eng muhim sohalaridan biri bo’lib, u tirik organizmlar qanday kimyoviy moddalardan tashkil topganligini va ular hayotiy jarayonlarda qanday o’zgarishini tеkshiradi. Biokimyo biologiya bilan kimyoni bir-biriga bog’lovchi oraliq fan hisoblanadi.
Ma'lumki, biologiya hayotni paydo bo’lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini, hayotiy hodisalarni o’rganadi. Hayotiy hodisalar esa faqat kimyo va fizika qonunlari asosida tushuntiriladi. Biokimyo fani tirik organizmlarda kеchadigan kimyoviy jarayonlarni ana shu qonunlar yordamida o’rganadi. Dеmak, biokimyo — hayot kimyosi, barcha tirik organizmlar kimyosi dеmakdir.
Biokimyo moddalar almashinuvi jarayoni qonuniyatlarini o’rganish, tirik organizmlar hayot faoliyatining mohiyatini tushuntirish uchun bir qator fanlarning, ya'ni organik, fizik va kolloid kimyo, fiziologiya, biofizika, radiobiologiya, molеkulyar biologiya hamda boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalanadi. Bu esa o’z navbatida umumbiologik muammolarni majmua ravishda hal qilishga imkon bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |