Aminokislotalarning dekarboksillanishi
Dekarboksillanish reaksiyasi natijasida aminokislotalarning karboksil guruhi karbonat angidrid sifatida ajralib chiqadi va aminlar hosil bo’ladi
Dekarboksillanish reaksiyasi hamma aminokislotalar uchun xos bo’lgan maxsus dekarboksilaza fermentlari ishtirokida boradi. Dekarboksillanish reaksiyasi natijasida organizmda fiziologik faol moddalar-biogen aminlar hosil bo’ladi.
Transaminlanish (qayta aminlanish) reaksiyasi
Aminokislotalarning ko’pchiligi transaminlanish reaksiyasi tufayli hosil bo’ladi. Transaminlanish reaksiyasida aminokislotaning amin guruhi biror ketokislotaga ko’chadi. Bunga alanin aminokislotasi bilan ketoglutarat kislota o’rtasida boradigan reaksiyani misol qilib ko’rsatish mumkin.
Bu reaksiya qaytar xususiyatga ega. Biologik transaminlanishni alohida fermentlar-transaminazalar katalizlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |