Maruza mashg`ulotlari mavzu Pedagogik faoliyat va unga qo‘yiladigan talablar



Download 0,6 Mb.
bet53/74
Sana04.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#431418
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
Bog'liq
Inf oqit tex va loyihalashtirish маjmua Madraximov

Didaktik o’yinli mashg’ulotlar
Ta’lim jarayonida didaktik o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli tala­balarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;

  • o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ — muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;

  • shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;

  • hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;

  • o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;

- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;
- o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli - rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual(yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O’qituvchi-pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishga qizg’in tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:
1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturda qayd etilgan Mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo’lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular o’yin davomida hal qilinishi;
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va Sharqona odob - axloq normalariga mos kelishi;
4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
5. Mashg’ulotlar davomida didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Quyida “Informatika”* fanini o’qitishda tashkil etish va o’tkazish mumkin bo’lgan didaktik o’yinli mashg’ulotlardan ayrimlarining tafsilotlari keltiriladi.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konferentsiya mashg’ulotlari ham muhim o’rin tutadi.
Konferentsiya mashg’ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy materiallari bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot Mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu Mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko’zdan kechiriladi. Mashg’u-lotni o’tkazishdan 1 hafta oldin mashg’ulot Mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg’ulotda «Informatik olimlar» rolini tanlash, Mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash talabalarning ixtiyorida bo’ladi.
Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish