Ilg’or o’qituvchining darsiga kirib, uni tahlil qiling. Ta’limning qanday metodlaridan foydalandi? Bu metodlar fanning va mavzuning mazmuniga qanday darajada mosligini izohlang.
Sizningcha qanday metodlardan foydalanilganda dars yanada samarali bo’lishi mumkin edi?
Bu vazifalarning yechimini topish uchun talaba birinchi o’rinda Mavzu yuzasidan mavjud bilimlarni mufassal egallashi, ta’lim metodlarini bilishi va bir-biridan farqlay olishi zarur. Shu asosda o’qituvchining yutuq va kamchiligini tahlil qila oladi.
Muammoli savol va vazifalar birgalikda muammoli topshiriqning tarkibida kelishi mumkin. Muammoli topshiriq - o’qituvchi, ta’lim beruvchi, kitob muallifi tomonidan muammoli savol va vazifa shaklida bilim oluvchini muammoli vaziyatga tushiradigan o’quv topshirig’idir.
Muammoli topshiriqda muammoli savol va vazifalarning elementlari mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham muammoli vaziyatga olib kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |