Pedagogik innovatsiya - bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u oldingi egallangan bilimlar asosidi ta’limda sifatiy o’zgarishlar qilib, yuqori samadorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir.
Bunday pedagogik innovatsiya deganda pedagogik tizimning maqsadi, mazmun-mohiyati, belgilarini, imkoniyatlarini, vazifalarini, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarining rivojlanish mexanizmlarini va ulardan foydalanishga uslubiy tavsiyalar hamda bu borada bo’lajak mutaxassislarda shakllanadigan xislatlarni hosil qilish jarayonini ifodalovchi ta’lim-tarbiya jarayonining sifat jihatlarini takomillashtirib, bu sohada yuqori samaradorlikka erishishni tushunish mumkin.
Endi yuqorida ifodalangan ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan takomillashtirib, yuqori darajadagi samaradorlikka erishtiruvchi holatlar haqida qisqacha ma’lumotlar beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |