1. Ko’p qirrali dinamik ta’lim jarayoniga didaktik materiallarni tayyorlash.
Buning uchun tayyorlangan material va ko’rgazmalar, ta’lim vositalari ta’lim oluvchilarning mustaqil ijodiy ishlariga yordam berishi va fanni(Mavzuni) o’zlashtirishini rivojlantirishga mo’ljallanmog’i lozim.
2. O’qituvchining ta’lim oluvchilariga murabbiyligi, ular oldidagi ma’suliyati. Bunda o’qituvchi “Ustozu-shogird” tizimidagi tamoyillarga qat’iy amal qilishi lozim. Ayniqsa, bugungi kunda talabalarga ta’limning samarali usul va vositalaridan foydalanib dars mashg’ulotlari olib borish talab etiladi, chunki axborotlashgan jamiyatning faol ishtirokchilarini tayyorlashni faqatgina zamonaviy ilm sirlari orqali amalga oshirish mumkin. Bu esa o’qituvchidan zamonaviy ilmiy xodim darajasidagi bilimga ega bo’lishni talab etadi, aks holda dars mashg’ulotlariga mos yangi axborot texnologiyasi yoki yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqa olmaydi va tabiiyki, joriy eta olmaydi ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |