Mavzu-4. Informatika ta’limida virtual texnologiyalar
Darhaqiqat, ta`lim tizimidagi yangilanish jarayoni informatika va unga daxldor fanlarni o’ziga xos usullar bilan o’qitishni taqozo etmoqda. Zero, bo’lajak mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qathiy nazar, o’z vazifasinizamontalabidarajasidabajarishuchunaxborotgaishlovberuvchivositalarni, ularniishlatishuslubiyotinibilishivaulardaishlashko’nikmasigaega bo’lish lozim. Binobarin, tub islohatlarni amalga oshirish eng avvalo kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalarini qay darajada bilishlariga bog’liq bo’lib qoldi.
Prezidentimizning bu sohaga qaratayotgan ehtiborlari bejiz emas albatta. Xususan, o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanib, jahon bilan hamnafas kadrlar etib yetishtirish asosiy maqsadlardandir.
Shu jumladan, axborot texnologiyalarining dasturiy vositalarini ta`lim jarayoni, internet global tarmog’i, reklama sohasi, turizm va boshqa sohalarga qo’llagan holda qilingan ishlar sezilarli natijalarga erishilmoqda. Bu ishlar veb-sayt, virtual o’quv kurslari, virtual laboratoriya, virtual sayohatlar, elektron darslik, reklama roliklari sifatida namoyon bo’lishi mumkin.
XXI asrda axborot texnologiyalari tezlik bilan rivojlanmoqda. Bu rivojlanish tahsiri ostida turli ilmiy atamalar shakllanib, ommalashib bormoqda. Xususan, virtual-reallik, virtual o’quv resurslari, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta`lim, virtual stend, virtual sayohat va boshqalar.
Virtual – lotincha so’zdan olingan bo’lib, reallikning aks etiruvchi mahnosini anglatadi. Bu so’z birinchi bor XIV asrda qo’llanila boshlagan, hozirga kelib bu so’zning turli sohalarda o’z ma`nosiga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishida virtual tushunchasi keng mahnoda qo’llanilmoqda. Masalan: virtual mashina, virtual xotira, virtual disk, virtual aloqa, virtual sayohat, virtual sinf va hokazo. Virtual o’quv resurslarini xususiyatliligi shundaki, bu ta`lim tizimini kelajagini belgilab beradi. Bu – interaktivlikdir.
Virtual reallik – ushbu tushuncha kompg’yuter-modellashtirish va akslantirish mahnolarida ishlatilib, biror narsani modelini yaratishda qo’llaniladi. Virtual reallik so’zi birinchi bor 1970 yilda Frantsiya teatrlarida ishlatila boshlagan. Keyinchalik informatika sohasida ham qo’llanila boshlangan. Virtual reallik (ba`zan virtual borliq ham deb ataladi) real dunyoni kompyuter simulyatsiyasi orqali yaratilganmuhitgaaytiladi. Virtualreallikningasosiy 3 taxususiyatimavjud. Ular:
Ta`sirdoirasiningkengligi;
yuqorivizuallashganligi;
ucho’lchovlimuhit.
Virtual reallikning insoniyat uchun ta`siri:
inson hayotini tashkil qilishda va tartibga solishda;
insonlar o’rtasidagi aloqaning yangi shakli;
hayotning asosiy sohalari ta`lim, siyosat, iqtisod, san`at va turizm sohalariga ijobiy ta`siri borligi;
virtual olam bilan inson o’zining tartib qoidalari vao’z muhitini yaratish mumkinligi;
hayot va virtual borliq o’rtasidagi aldanish mavjudligi.
Ta`lim sohasida birinchi bo’lib, elektron darslik va qo’llanmalar, keyinchalik esa masofaviy ta`lim, hozirga kelib virtual institut va universitetlar yaratila boshlandi.
Haqiqatan, ta`lim tizimidagi yangilanish jarayoni informatika va unga daxldor fanlarni o’ziga xos usullar bilan o’qitishni taqozo etmoqda. Zero, informatika fani o’qituvchilari o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajaris huchun zamonaviy o’quv resurslarini yarata olish, ularniishlatishuslubiyotinibilishivaulardaishlashko’nikmasigaegabo’lishlozim.
Virtual o’quv resurslarini yaratishda axborot texnologiyalarining kompyuter grafikasi, real vaqtrejimivadasturlashtexnologiyalarisizshakllantiribbo’lmaydi. Bundahozirdaelektrondarcliklaryaratishdasturlari, kompyutergrafikasining Direct3D, Java3D, va VRML kutubxonalaridan, dasturlashdanesa, C++, Java vaPython tillaridanfoydalanishtavsiyaetiladi.
Virtual borliq tushunchasi.
Informatika va axborot texnologiyalari yunalishida virtual tushunchasi keng ma’noda qo`llanilmoqda. Masalan: virtual mashina, virtual xotira, virtual disk, virtual aloqa, virtual sayoxat, virtual sinf va x.k. Birgina ushbu soxasida xam virtual tushunchasi turli shakl va ma’nolarda qo`llanilib kelinmoqda va bir-biridan farqli ma’nolarni anglatadi. Masalan, multimedia tizimlarida virtual tushinchasi virtual borliq ma’nosini beradi.
Virtual (lotincha Virtmlis — mumkin bo`lgan, ya’ni muayyan bir sharoitlarda sodir bo`ladigan yoki ro`y berishi mumkin bo`lgan) tushunchasi narsalar va xodisalarning vaqt va makonda mavjud bo`lmagan, lekin obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlarning amalga oshish extimoli mavjud bo`lgan jarayonni anglatadi.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jaron Lanier tomonidan uylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muxitda insonning mavjudligi goyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko`ra tabiiy yul bilan amalga oshirib bo`lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi xaqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual borliq — inson real borliqda xarakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o`rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yuq narsa, uni qo`l bilan tutish, uning ta’mi va xidini xis qilish mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir kursatish imkoniyatiga xam ega bo`ladi, ushbu olamda mustaqil xarakat qiladi, uni o`zgartira oladi. Virtual olam — inson borligining uziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining aloxida madaniy ifodasidir. Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta’sirida vujudga keluvchi xis-tuygular ko`p jixatdan uning o`zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda chumilishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo`luvchi xis- tuygularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bogliqbo`ladi. Virtual tarvuz xakikiy tarvuzdan shirin emas va x.k. Virtual borliqni odamlar yaratadi. SHu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti soxasi va fantaziya chigirigidan utuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obyektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo`ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining maxsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga xar xil ta’sir ko`rsatadi, mazkur ongning mazmuniga - bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat xamda ongning boshqa unsurlariga qarab, xar xil idrok etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli soxalarida qo`llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan soxada, fanda, jumladan fizikada suyuklik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaktsiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
Muxandislik soxasida, ayniksa, xavfli sharoitlarda: ochik kosmosda, dengiz va okeanlarning chukur joylarida, yadro muxandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng qo`llanilmokda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas xamroxi - kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruktsiyalarini sinovdan o`tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan xarbiylar xam keng foydalanmoqdalar. Masalan, AQSH armiyasida xarbiy xizmatchilarda merganlik ko`nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to`gri qarorlar qabul qilish ko`nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof muxitga katta zarar yetkazadigan xarbiy mashqlar imitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o`q uzishni xamda tank jangida askarlar va ofitserlarning shaxsiy ishtirokini imitatsiya qiluvchi xarbiy uyinlardan foydalanilmoqda. Loyixalashtirilgan, lekin xali yasalmagan qurol-aslaxa turlari sinovdan o`tkazilmoqda. Xarbiylar olingan ma’lumotlarni taxlil qilishva ularga baxo berish uchun xam kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar. Ta’lim soxasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. Yaqinda virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish kontsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo`ylab harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib kuzdan kechirishi, zarur xolda esa ulardan nusxa ko`chirishi mumkin. Virtual muzey kontsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey foydalanuvchilarga kollektsiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch ulchovli ko`rinishida ko`rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy yechish qobiliyati ancha yuqori bo`lgan displeylarni taqozo etadi. SHunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo`lgan xozirgi zamon madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
Virtual borliq - bu sun’iy xosil qilinadigan axborot muxiti bulib, u atrof-muxitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida xosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish boshqa texnik vositalar yordamida erishib bulmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin.
Virtual borliqimmersivlikvainterfaollik tushunchalari bilan bogliq.
Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o`zini faraz qilishini tushunish lozim.
Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obyektlar bilan o`zaro muloqotda bulib ularga ta’sir ko`rsatishga ega bo`ladi.
Virtual borliq turlari:
passiv virtual borliq - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi;
Tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan miqdorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan stsenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi;
Interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan maxsus qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muxitni foydalanuvchi o`zi boshqara olishidir;
Treking virtual muxitdagi real obyektning joylashishi koordinatalarini (x, y, z) va uni fazoda joylashishi burchaklarini (a, b, g) berishga muljallangan.
Virtual borliq tizimi deganda - biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabulqilishi kerak. Bu amallar kup modallikga, ya’ni ko`z bilan ko`radigan, tovush orqali qabulqiladigan bo`lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta xajmli tovush va videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o`rnatiladigan shlem va kuzoynak displeylar, “xid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qulqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi.
Vitual borliqning insoniyat uchun ta’siri:
inson xayotini tashkil qilishda va tartibga solishda;
insonlar urtasidagi alokaning yangi shakli;
xayotning asosiy soxalari siyosat, iktisod, san’at va turizm soxalariga ijobiy ta’siri borligi;
virtual olam bilan inson uzining tartib qoidalari va uz muxitini yaratish mumkinligi;
xayot va virtual borliqo`rtasidagi aldanish mavjudligi.
Vitual borliqning rivojlanishida uch o`lchovli muxit va internettexnologiyalarining imkoniyatlarining rivojlanganligi katta ta’sir o`tkazdi. Natijada, turli soxalarda virtual reallik ishlatila boshladi. Masalan:
kino olamida 1982 yil yaratilgan TRON nomli rasmli film, bu soxadagi katta qadam bo`ldi. Xozirgi vaqtda virtual realliksiz bu soxani tasavvvur qilishqiyin.
2009 yil BBS radiosi tomonidan yaratilgan virtual drama bu soxada xam kelajagi bor ekanligini anglatmoqda;
san’at soxasida 1970 yil David Em uzining birinchi virtual ko`rgazmasi bilan ushbu atamani imkoniyatlarini ochib bergan;
musika soxasida xam elektron musika asboblari virtual reallik imkoniyatlaring maxsulidir.
Hozirgi kunda turizm soxasida virtual reallikning qo`llanilishi natijasija virtual sayoxat tushunchasi paydo buldi. Virtual sayoxat - mulgtimedia ilovalari asosida simulyatsilangan sayoxat turidir. Bunda mulgtimedia ilovalari sifatida matn, rasm, tovush, panorama, animatsiya va video vositalari ishtirok etishi mumkin. Birinchi virtual sayoxat 1994 yil Dublay kasrida kirolicha Yelizabeta 2 tomonidan tashkillashtirilgan.
Virtual borliqni xozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Internet - XX asr mo`jizasi. Kim orqada qolib ketsa, keyin virtual dunyo taraqqiyotiga yetolmaydi. Internet - insoniyat qabulqilishining yangi o`lchami. Uni egallash bir tomondan oson, ikkinchi tomondan murakkab. Uning osonligi shundaki, dasturlarning eng osoni oddiy brauzerdan (xamma kompyuterda mavjud bo`lgan “Internet Explorer” brauzerdan) foydalanishni bilsangiz kifoya. Internetni barcha xizmatlaridan foydalanish uchun bu dastur yetarli. Buning uchun, birinchidan, Internet xizmatlaridan foydalanish buyicha bilim va malaka talab qilinadi, ikkinchidan, tarmoqdagi xizmat va ma’lumotlar asosan xorijiy tillarda berilgan. Uzbek tilida joriy qilingan xizmatlar, nashr qilingan ma’lumotlar xozircha ko`p emas.
Mavjud xayotdagi bor narsalar Internetda - umumjaxon kompyuter tarmogida xam mujassam. Uni mukammal egallasangiz:xat yozib, javobini soniyalarda olasiz;tanishib, davra suxbatlar ko`rasiz, seminar, konferentsiyalarda qatnashasiz;sirtki o`quv yurtlarda ta’lim olasiz;til o`rganib, xorijiy matnlarni tarjima qilasiz, lugatlardan foydalanasiz;ajoyib umumjaxon entsiklopediyalaridan foydalanasiz; kitob, gazeta va boshqalarni o`qiysiz, uyingizda dunyo kutubxonasi bo`ladi;uyingizda o`tirib biznes va ijod bilan shug`ullanasiz; pulli va pulsiz amallar bajarasiz;dunyoga sayoxatqkilasiz;virtual (xayoliy) xayotga kirasiz va xokazo.
Xullas, Internetda xam xayotdagidek barcha voqea va xodisalarda real va virtual ishtirok etishingiz mumkin.
Vitual borliqdeb real dunyoni kompyuter simulyatsiyasi orqali yaratilgan muxitiga aytiladi. Vitual borliqning asosiy 3 ta xususiyati mavjud. Ular:
ta’sir doirasining kengligi;
yuqori vizuallashganligi;
uch o`lchovli muxit.
Hozirgi zamon talabiga to`liq javob beradigan mutaxassisni tayyorlash bu - davr talabidir. Hozirgi vaqtda respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash, o`qitish, bilim berish zamonaviy axborot texnologiyalarga yaqindan yondashish hamda yangi texnika va texnologiyalar bilan ishlashni o`rgatish maqsadida juda ko`p ijobiy ishlar amalga oshirilib borilmoqda.
Jumladan, ta`lim jarayoni uchun qo`llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar, elektron o`quv materiallari, jumladan, elektron o`quv qo`llanmalar ta`limning asosini tashkil etadi. Hozirgi kunda pedagogik dasturiy vositalar yaratish imkonini beruvchi dasturiy vositalar soni tobora ko`payib bormoqda. Ular tarkibiga kiruvchi bir necha dasturiy vositalarni, jumladan, CourseLab Articulate, Storyline, Adobe presenter, Adobe Captivate, Lectora, Ispring, power point, Course Builderlarni keltirish mumkin. Ularni ta`lim jarayoniga qo`llash talabalarda fizika, kimyo, matematika, elektronika, statistika va ayniqsa, tabiiy fanlarga oid mavzularni o`zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Crocodile ICT dasturi Yevropa mamlakatlarida informatika fanini o`qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda, algoritmlash bo`limini o`quvchiga aniqroq etkazib berish mumkin.
Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillarini o`qitishda juda qo`l keladigan Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok shemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko`rinishida tasvirlash mumkin.
Bundan tashqari, blok shemalarda biror-bir shart bajarilganda odam personajlariga 30 dan ortiq harakat turlarini bajartirish mumkin. Dasturning bunday imkoniyati o`quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e`tibori pasayishining oldini oladi. Bu esa ma`lum ma`noda ta`lim samaradorligiga o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |