Sovuq urishining IV darajasi to’qimalarning hamma qatlamlari, jumladan, suyaklarning ham jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sovuq urishda tananing shikastlangan qismini isitib bo’lmaydi, u sovuqligicha qoladi va hech narsani sezmaydi. Teri qora suyuqlik bilan to’lgan pufaklar bilan qoplanadi. Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Ro’y-rost demarkatsion chiziq 10-17 kun o’tgach paydo bo’ladi. Shikastlangan zona tezda qorayadi va quriy boshlaydi (mo’miyolanadi). Nekrozga uchragan sohaning ko’chib tushish protsessi ko’pga cho’ziladi (1—2 oy), jarohat juda sekin bitadi.
Bu davrda bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, organlarda distrofik o’zgarishlar kuzatiladi. Doimiy og’riq va intoksikatsiya bemorni holdan ketkazadi, qon tarkibi o’zgaradi, bemorlar boshqa kasalliklarga tezda chalinadigan bo’lib qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |