Sovuq urishining III darajasida qon ta'minotining buzilishi (tomirlar trombozi) terining hamma qavatlari va yumshoq to’qimalarning har xil chuqurlikda nekrozga uchrashiga olib keladi. Bunda nechog’li chuqur shikastlanganlik asta-sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrozi qayd qilinadi: gemorragik va to’q qo’ng’ir rangli suyuqlik bilan to’lgan pufakchalar paydo bo’ladi. Terining nekrozga uchragan qismi atrofida yallig’langan gardish (demarkatsion chiziq) paydo bo’ladi. Chuqur to’qimalarning shikastlari 3-5 kun o’tgach, avj olayotgan nam gangrena ko’rinishida aniqlanadi. To’qimalarning sezuvchanligi butunlay yo’qoladi, biroq bemorlar azob beradigan og’riqdan nolishadi.
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar bir muncha ko’p yuzaga chiqadi. Intoksikatsiya bemorning qattiq titrab-qaqshashi va terlashi, kayfiyatining buzilishi, atrofdagi hodisalarga befarq qarashida ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |