Tizza shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish
Hamma turdagi sinishda bo`lganidek, bunda ham jabrlanuvchiga qulay o`rnashib olishida yordam beriladi. Agar tizzasi bukilgan bo`lsa, uning ostiga lo`la qilib taxlangan adyol yoki yostiq qo`yib, bukilgan holida qimirlatmaslik, tizza to`g’rilangan bo`lsa, shikastlangan oyoqni sog’ oyoqqa bog’lab, qotirib, sovuq kompress qo`yiladi.
Bilak shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish:qattiq shina qo`yish
Jarohatlangan qo`lning qimirlamasligini ta'minlash uchun qattiq shina qo`yiladi. Bunda jabrlanuvchi qo`lini tutib turishga qodir bo`lmasa, uning qo`lini shikastlangan joyning yuqorisi va quyisidan tutib turiladi.
Barmoqlari tekshiriladi, ya'ni ular ushlaganda iliq tuyulishi va tirnoq atrofi pushti rangda bo`lishi lozim. Jabrlanuvchining qo`lidan iloji boricha barcha uzuklarini yechib olish, barmoq uchlari uvishgan-uvishmaganligini jabrlanuvchidan so`rash, shinani qatlam bilan shikastlangan bilak ostiga qo`yish va jabrlanuvchidan yoki yon-atrofdagi bironta kishidan shinani o`sha joyda ushlab turishni iltimos qilinadi. Panjaning tabiiy holatini saqlab qolish uchun jabranuvchining kaftiga bironta yumshoq narsa qo`yiladi. Shinani shikastlangan joyning yuqorisi va quyisidan bog’lab, bog’lam uchini, singan joydan imkoni boricha nari- beri qilib bog’lanadi.
Bilak shikastlanganda ro`mol bilan bog’lam qo`yish mumkin. Buning uchun jarohatlangan qo`lni tutib turishni jabrlanuvchidan yoki yon-atrofdagi bironta odamdan iltimos qilinadi. Bog’lamning bir uchini jarohatlangan qo`l ostidan, sog’ yelka ustidan o`tkazib, ro`molning to`g’ri burchagi uchini jarohatlangan qo`l tirsagi ostidan o`tkaziladi. Agar tirsak shikastlangani gumon qilinmayotgan bo`lsa, qo`l 90° qilib bukiladi.
Ro`molning bir uchini boshqa yelkasi osha o`tkaziladi. Bog’lam uchini shikastlangan tarafning qarshi tomonidan bo`yinga bog’lab, bog’lam tuguni ostiga yumshoq mato qo`yiladi. Bog’lamni tirsak yonidan imkoni boricha tortib yoki to`g’nog’ich bilan to`g’nab qo`yiladi. Bog’lamni jarohatlangan qo`l tomonidan ko`krak atrofidan tortib, bog’lam uchlarini qarama-qarshi tomondan sog’ qo`l ostidan bog’lab, bog’lam tuguni ostiga yumshoq mato qo`yiladi.
O`mrov suyagi shikastlanganda jarohatlangan tomondagi bilakni ko`krakka shunday ko`ndalang qilib qo`yiladiki, barmoqlar qarama-qarshi yelkaga qaratilgan bo`lishi, yozilgan bog’lamni bilak va panja ustidan qo`yilishi, bog’lam tirsak va yelkani yopib turishi kerak. Bilakni tutib turgan holda bog’lamning ostki uchini panja, bilak va tirsak ostidan o`rab, bog’lamning quyi uchini orqadan o`tkazib, uchlarini bog’lab qo`yiladi. Tana bilan qo`l orasidagi tabiiy botiqlarga mustahkam yumshoq materialdan qatlam joylab qo`yib, shikastlangan tomon tirsagidan gavda orqali aylantirib bog’lam tortib, yaxshilab qotiriladi va bog’lam uchini qarama-qarshi tomonda sog’lom qo`l ostidan o`tkazib bog’lab qo`yiladi va paypog’ini yechmasdan uchta bog’lam: birini — oyoq panjasi (kafti) ostidan va ikkitasini boldir ostidan qo`yiladi. Boldir-panja bo`g’imi atrofiga yostiqni asta taxlab yoki o`rab qo`yiladi. Adyol yoki yostiqni bolder atrofida ikkita bog’lam bilan mustahkamlab, uchinchi bog’lamni panja atrofidan bog’lanadi. Bog’lamlar mahkam, lekin qattiq qismay bog’langan bo`lishi kerak. Agar bog’lam ostidan bittadan ko`p barmoq o`tgan bo`lsa, bog’lamni qattiqroq tortib tugiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |