4.8.1. 0 ‘tkir orttirilgan ichak tutilishi
Orttirilgan ichak tutilishi mexanik va dinamikka bolinadi. Mexanik
lutilish guruhiga obturatsion, strangulatsion va aralash berkilish - invagi natsiya kiradi. Ichakdano‘tishningto‘liqyoki qisman buzilishi, ingichka yoki yo‘g‘on ichakning har qanday qismida lokallashishi mumkin.
Obturatsion ichak tutilishi ko‘pincha ichak teshigining zich najas massalari, askaridalar, ba’zida o'simta bilan obturatsiyasi natijasida paydo boiadi. Har qanday yoshdagi bolalarda, ichak tutilishining eng ko‘p uchraydigan sababi sifatida qabziyatning paydo
bo‘lishiga yo‘g‘on ichak rivojlanishining anomaliya va nuqsonlari
(megadolixokolon, Girshprung kasalligi, ichakning tug‘ma va orttirilgan stenozlari) xizmat qiladi.
Obturatsion ichak tutilishi diagnostikasida e’tibor bilan yig‘ilgan
anamnez muhim ahamiyatga ega. Unga erta va uzoq vaqtli qotishlarga shikoyatlar xos. Najasni faqatgina tozalash ho‘qnasi yoki
bo‘shashtiruvchi preparatlami qabul qilgandan so‘ng olinishi mumkin.
Odatda, ovqatlanish tartibining noto‘g‘riligi va bolaning yetarlicha parvarisManmasligi, ko‘pincha qorin bo‘shlig‘i o‘simtasi sifatida qabul
c|ilinadigan najas ko‘payishiga, najas toshlari hosil bolishiga olib keladi. Ichak teshigining toMiq obturatsiyasida bola holati yomonlashadi,
qorin shishishi o‘sadi, tobora to‘xtatib bolmaydigan xususiyatga ega
boigan qusish paydo boiadi. Endotoksemiya hodisasi rivojlanadi.
I losilotning palpatsiyasida, bosishda qoladigan «chuqurcha simptomi» unga xos hisoblanadi. Shubhali holatlarda, kontrast modda najas
toshining har tomonidan oqib, uning soyasi aniq shakllanishiga olib keladigan contrast rentgenologik tadqiqot o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Obturatsion ichak tutilishining davolanishini xona haroratidagi
I 2 % tuz qorishmasi bilan sifonli klizmalardan boshlanadi. Noto‘g‘ri
187
texnika va klizmalaming izotonik qorishma bilan o‘tkazilishi, suyuqlik va najas intoksikatsiyasining salmoqli rezorbsiyasi tufayli keladigan
og‘ir keskinlashuvlarga olib kelisliini yodda tutish kerak, chunki bu,
«suvli shok» va miya shishi rivojlanishi bilan, bolaning ummniy holatini to‘satdan yomonlashishi kuzatiladi. Sifon klizmalar bilan parallel
ravishda biriktiruvchi to‘qimaga boy parhezni, o'simlik moyi va laktulozani (dyufalak, medulak) ichishni buyurishadi. So‘nggisining dozasini bola yoshi va erishilgan bo‘shashtirish natijasiga qarab tanlashadi.
Qabziyat yo‘qotilganidan so‘ng, uning sababini aniqlash uchun
ichak traktining kontrast o‘rganishini (passaj, irrigografiya) amalga
oshirishadi. Baugen qopqasida ichak teshigi obturatsiyasi tufayli
boiadigan pardali berkilishi, so‘nggi yillardajuda kam uchramoqda.
Konservativ tadbirlar (gelmintga qarshi preparatlar, sifon klizmalar)
muvaffaqiyatsiz boiganida, operativ muolajaga murojaat qilinadi,
bunda teshikni ochmasdan yumshagan askarida tugunini ichakning
pastdagi bolimlariga surgan ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |