Qon aylanishini iboshqarilishi. Yurak-qon tomir tizimi ish
faoliyatini tashkil qiladigan asosiy koisatkichlar bu yurak haydalmasi va minutlik hajmi (YuH, YuMH) hisoblanadi. YuMH bu - yurak
faoliyati koisatkichi boiib, bir minut davomida yurak qorinchalaridan haydalgan qon kattaligini ko‘rsatadi. Har xil yosh va vazndagi
bemorlarda YuHni taqqoslash uchun uni tana yuzasiga nisbatini
oladilar va shunday qilib, yurak koisarkichini (YuK) hisoblaydilar.
Tomir urish tezligini oshirish bilan YuMHni birmuncha ko‘tarish
mumkin, lekin yurak qisqarishlar tezligi fiziologik me’yor doirasida
saqlanib qolsa, YuMHni oshirishga urish hajmini oshirish bilan ham
erishish mumkin.
Urish hajmi (UH) - bu yurakdan har bir qisqarish, ya’ni sistola
vaqtida haydab chiqariladigan qon hajmi. Uning kattaligini uch omil
aniqlab beradi: 1) yuklanma (нагрузка) oldi; 2) yuklanmadan keyin;
3) miokardning qisqaruvchanlik holati. Mexanika nuqtayi nazaridan
mushak qisqaruvi miokardga tinch (diastola) va qisqarish (sistola)
vaqtida ta’sir qiluvchi bir qancha kuchlar bilan aniqlanadi. Tinchlik
vaqtida miokard holati yuklanma oldi va elastikligi bilan aniqlanadi.
Qorincha yuklanma oldi - bu qonning diastolik hajmi boiib, u
maium darajada oxirgi diastolik bosim va miokard cho‘ziluvchanligi
28
bilan bogiiq. Klinik sharoitda diastolik bosim va cho‘ziluvchanlikni
o' Ichash - og‘ir vazifa. Shuning uchun bu ko‘rsatkichlarni tavsiflash
uchun klinik sharoitda qorincha va boimachalar toiish bosimi
iiniqlanadi, bu esa amaliyotda yuklanma oldi haqida xulosa qilishga
unkon beradi. Yuklanma oldining klinik mezoni bu - qorinchalardagi
oxirgi diastolik bosim (ODB) kattaligi. Starling qonuni ODB va UH
o' i tasidag o‘zaro bogiiqlikni tavsiflab beradi (1.2-rasm).
1.2-rasm. Starling qonuni:A va В chiziqlar o‘zgarishsiz yurakda qorincha ODB (yuklanma oldi) oshishi bilan yurak haydalmasi oshishini namoyish
qiladi. Qayd qilish lozimki, bir xil ODB boiganda qisqaruvchanlik yuqori boisa
- yurak saqlanmasi ham yuqori boiadi. Zararlangan yurakda (C va D) yurak
haydalmasi kam va yurak yetishmovchiligi va yurak zo‘ riqishidagi kabi ODB yuqori
ko‘rsatkichlargacha oshsa - yanada pasayadi.
Sistola davrida miokard holati qisqarish qobiliyati va yuklanma
keyini kattaligiga bogiiq boiadi. Ya’ni sogiom bolalarda tomir
qarshiligi va arterial bosim oshganda mos ravishda yurak qorinchalari
qisqarish quwati oshadi («gomeometrik boshqarish» qonuni), chap
va o‘ng boimachalarda yurak haydalmasi va bosim o‘zgarmaydi.
29
Miokard qisqarish qobiliyati yetishmovchiligi belgilarida yurak
haydalmasi va tomir qarshiligi o‘rtasida bogiiqlik yuzaga keladi.
Yuklanma keyini - chap qorincha bo‘shashida qarshilik ko‘rsatish.
Uning kattaligiga eng ko‘p arteriyalar va arteriolalar ta’sir ko‘rsatadi.
Yuklanma keyinining eng aniq indikatori - umumiy periferik tomirlar
qarshiligi. Amaliyotda yuklanma keyini kattaligi haqida aortadagi
o‘rtacha bosim bo‘yicha xulosa qilinadi. Miokard qisqamvchanligi
(контрактильностъ) bu - miokardial tolalar o‘zining qisqarish kuchini o‘zgartirish xususiyati. Yuklanma oldi ham, yuklanma keyini
ham miokard qisqaravchanligiga yaqqol ta’sir qiladi. Shu bilan birga,
ular kateterlash usullarini qoilab bo‘lsa ham, sog‘ yurak qisqarish
holatining haqiqiy koisatkichlarini aniqlashni murakkablashtiradi.
Miokard qisqaruvchanligini ventrikulografiyani bir vaqtning o‘zida
qorincha ichki bosimini qayd qilish bilan amalga oshirganda aniq
baholash mumkin. Klinik amaliyot uchun taklif qilingan ko‘pgina
formula va koeffitsiyentlar miokard qisqaruvchanligini bilvosita aks
ettirishi mumkin. Shu bilan birga, shuni e’tiborda tutish lozimki, bu
omillardan har biri (yuklanma oldi, yuklanma keyini va miokard
qisqamvchanligi UHga mustaqil ravishda shunday ta’sir qilishi
mumkinki, u o‘zining eng chekka ko‘rsatkichlariga yetishi mumkin.
Shunday ekan, harakatning bu omillarni «miokardga kislorod
yetkazishi/ehtiyoj balansi» nisbatiga ta’sirini hisobga olib qilish kerak.