1.2. Bola organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari
Asab tizimi. Asab tizimining shakllanishi tug‘ilish vaqtiga ham anatomik, ham funksional jihatdanyakunlanmagan boiadi. Yetilgan chaqaloqning miyasini massasi taxminan tana vaznining taxminan 10 %ini tashkil qilsa-da, asab hujayralarining soni kattalardagi miqdorning 25 %ini tashkil qiladi. Miya po‘stlog‘ining eng jadal rivojlanish davrlaridan biri homiladorlikning III choragiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bu davrda har xil noxush omillar, birinchi navbatda, gipoksiyaning shikastlovchi ta’sirining ehtimoli eng yuqori boiadi. Asab tizimi har xil qismlarida asab tolalarining mielinlashishi har xil vaqtda kechadi. MNSda oldin sezgi neyronlari, keyin harakat neyronlari mielinlanadi, sirtqi tizimda esa - aksincha. Tugilish vaqtiga o‘zak tuzilmalari taxminan 60 %ga, bosh miya po‘stlog‘i esa 10-20 %ga shakllangan boiadi. Miyaning jadal o‘sish davri taxminan homila rivojlanishining o‘rtalarida boshlanadi va hayotining ikkinchi yili oxirida yakunlanadi. Miyaning yarim sharlarining mielinlashishi, asosan, postnatal kechib, hayotining 3-4-yilida yakunlanadi. Homilada og‘riq his qilish uchun barcha neyrofiziologik tarkibiy qismlar gestatsion davming o‘rtalaridayoq tayyor boiadi. Mielinizatsiyaning yakunlanmaganligi mutlaqo faoliyat yo‘qligini nazarda tutmaydi, faqat impulslar oikazish vaqti biroz sekinlashadi, buni esa neyronlar orasidagi masofaning qisqaligi qoplab yuboradi. Shuning uchun anesteziolog doimo chaqaloqlar, hattoki o‘ta chala tugilganlari ham og‘riqni his qilishini va unga qon bosimining oshishi, taxikardiya, miya ichi bosimining oshishi, kuchli neyroendokrin reaksiya bilan javob qaytarishini esda tutishi lozim. Bu esa nafaqat operatsiya vaqtida, balki har qanday og‘riqli muolajani bajarganda analgeziya yoki anesteziyani ta’minlash muhimligini bildiradi. Bundan tashqari, chaqaloqlarda og‘riq sezish bo‘sag‘asi kattaroq
15 bolalar yoki katta yoshdagilarga nisbatan ancha past boiadi. Kichkina bola og‘riqni mahalliy lashtirib bilmaydi, shuning uchun javob reaksiyasi nisbatan tarqoq xususiyatli boiib, kompensator imkoniyatlami tez sarflab qo‘yadi. Bunda, birinchi navbatda, nafas va qon aylanish tizimining me’yorda faoliyat ko‘rsatishi buziladi. Shu sababli, operatsiya vaqtida, operatsiyadan so‘ng va jadal davolash davrida yaxshi og'riqsizlantirish davolash natijalari va bemor yashovchanligini yaxshilaydi. Miyada qon aylanishini boshqarish neyrogumoral omillar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Kattalarda o‘rtacha AB 50 dan 150 mm sim. ust. gacha chegaradagi o‘zgarishlarda miyadagi qon oqimi o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblanadi. Chaqaloqlar uchun esa bunday diapazon chegarasi aniqlanmagan, lekin hech shakshubhasiz, u kattalarinikidan ancha tor boiadi. Go‘daklarda miyaning qon aylanish autoregulatsiyasi gipoksiya, operatsiya hayajoni, gipotermiya va boshqa noxush omillar ta’sirida tez buziladi. Bu holatda tizimli ABning tebranishlari bosh miya arterial oqimiga to‘siqsiz ta’sir qilib, miyada qon oqimining sezilarli «fluktuatsiyasini» chaqiradi. Bunda o‘zi shusiz ham mo‘rt boigan pusht negiziga to‘g‘ri keladigan subepidermal soha tomirlari tomir ichi bosimining tebranishlariga dosh bermaydi va yoriladi, natijada periventrikulyar (PVK), yon qorinchalar bo‘shlig‘iga yorilgandan so‘ng esa, qorincha ichi qon quyilishlariga sabab boiadi. Miya tomirlarida bosim oshishiga sabab boiib, nafaqat tomir tonusi autoregulyatsiyasining yo‘qotilishi asosida tizimli ABning tebranishlari nafaqat miya ichi, shuningdek, ko‘krak ichi bosimining oshishi bilan bogiiq venoz qon oqimining qiyinlashishi ham sabab bolishi mumkin. PVK gipoksemiya, giperkapniya, respiratormetabolik asidoz, arterial gipotenziya, gemodinamik ahamiyatli boigan FAP, yuqori MVB bilan kechadigan tolaqonli yurak yetishmovchiligi oqibatida rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, PVKning vrach aralashuvi tufayli qo‘zg‘atilgan kasallik omillariga e’tibor qaratish kerak. Masalan, o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi ( 0 ‘SV) jarayonida bosimning keskin parametrlarini qoilash, bolaning respirator desinxronizatsiyasi, pnevmotoraks rivojlanishi va o‘pkadan havo yo‘qotilishining boshqa sindromlarida ko‘krak ichi bosimining keskin oshishi tizimli ABning to‘satdan tebranishlariga, shuningdek, bosh miyada qon oqimining qiyinlashishiga va keyinchalik PVK rivojlanishiga olib keladi. Aylanadigan qon hajmi (AQH) yetishmovchiligining kolloid preparatlar bilan tez to‘ldirilishi va giperosmolyax eritmalaming oqimli yuborilishi, trubka kiritish, traxeya va bronxlami davolash chora-tadbirlarini ko‘ rish, davolash diagnostik manipulyatsiyalarning qo‘pol bajarilishi tizimli AB va qon gaz tarkibining keskin tebranishlarini chaqirib, PVK rivojlanishini yuzaga chiqaradi. Orqa miya suyuqligi (likvor) miya qorinchalari hamda bosh miya va orqa miyaning o‘rab turuvchi subaraxnoidal bo‘shliqni toidirib turadi. Likvor bosh miya qorinchalari xorioidal chigallari tomonidan ishlab chiqariladi. Katta yoshli odamda bir kecha-kunduzda 750 ml atrofida orqa miya suyuqligi ishlab chiqiladi, bu esa butun likvor tizimi hajmidan taxminan 5 marta ko‘pdir. Dastlab suyuqlik oqimi xorioidal chigal pulsatsiyasi hisobiga yaraladi. Yon qorinchalardan likvor Monro teshigi orqali uchinchi qorinchaga, keyin Silviy suv y o ii orqali to‘rtinchi qorinchaga, keyin esa Lyushki va Majandi teshigi orqali subaraxnoidal bo‘shliqqa orqali bosh miya yarim sharlarini yuvib tushadi. Subaraxnoidal bo'shliqdan likvor qisman to‘r parda tomirlariga qayta soiiladi, qisman esa orqa miyaga yo‘naladi. Likvor tizimining bekilib qolishi bosh miya istisqosining rivojlanishiga – bosh miya qorinchalar tizimi kengay ishiga, bosh aylanasining kattalashib ketishiga olib keladi. Agar berkilish Lyushki va Majandi teshiklariga yaqin joylashgan bo‘lsa - «bog‘lanmagan» va agar likvor teshiklar orqali miya asosiga erkin oqib tushadigan, faqat uning subaraxnoidal bo‘shliqdan drenaji qiyinlashgan boisa -«bog‘langan», deb aytiladi. Bosh miya istisqosini davolashda, bel va miya qorinchasi punksiyalarini takrorlash, shuningdek, likvor ishlab chiqarilishini pasaytiradigan vositalar (masalan, asetazolamid 100 mg/kg/sut dozada) yordamida vaqtinchalik samaraga erishish mumkin. Bosh miya istisqosi kuchayib borganda tanlangan usul boiib, ventrikuloperitoneal (miya qorinchasi-qorin pardasini) shuntlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |