Bunday tog‘ jinslarining qalinligi o‘zgarib turadi va ba’zi bir uchastkalarda 500-700 metrgacha yetdi. Yer sharida bunday tog‘ jinslari quduq maydonining 10 % ini egallaydi.
Chuqurlik o‘zgarishi bo‘yicha haroratning 10 ga oshishiga geometrik pag‘ona deyiladi. U o‘rtacha 33 metrga to‘g‘ri keladi. Chuqurlikdagi haroratning o‘zgarishini tavsiflash uchun geometrik gradiyentlardan foydalaniladi.
Geometrik gradiyent - tog‘ jinsi haroratining har 100 metr oraliqda chuqurlashgandagi doimiy musbat haroratidir.
Quduqlarni burg‘ilashda har bir qirqimning haroratini bilish muhim. Chunki konlarni ishlashda va uyumni ishlatish jarayonida har xil geometrik-texnik tadbirlarning texnologik sxemalarini tuzishda bu ma’lumotlardan foydalaniladi.
Nazorat uchun savollar
Tog‘ jinslarini fizikaviy xossalarini tushuntiring?
Tog‘ jinslarini g‘ovaklilik kattaligini sizilishga bog‘liqligini tushuntiring?
O‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini fizik ma’nosini tushuntiring?
Tutqichlarni shakllanishini tushuntiring?
Neft, gaz uyumlarini asosiy elementlarini ayting?
Neft va gaz konlarini shakllanish turlarini tushuntiring?
Tog‘ jinslarini granulometrik tarkibini va mexanik fraksiyalarga ajratilishini tushuntiring?
Tog‘ jinslarini mexanik xossalarini tushuntirib bering?
Neft, gaz va suvni joylashish xususiyatlarini izohlang?
Yer qobig‘ida bosim va haroratni o‘zgarish qonuniyatlarini tushuntiring?
1 Neftning elementar tarkibi
Neft va tabiiy gazlarning kimyoviy tarkibi va xossalarini bilish ularning yer osti tog‘ jinslari qatlamlarida hosil bo‘lishini to‘g‘ri talqin qilish, hamda ulardan turli xildagi tayyor va qayta ishlash uchun xom-ashyo maxsulotlarni olish uchun muhim hisoblanadi.
Neft sanoati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida neftdan olingan kerosin, surkov moylari va boshqa turdagi neft mahsulotlari tarkibi aniq bo‘lmagan. Olimlar tomonidan neft tarkibi o‘rganilishi natijasida uning asosan uglerod va vodoroddan iborat ekanligi aniqlandi. Shuning uchun neft uglevodorodlar aralashmasi deb qarala boshlangan.
Neft va neft mahsulotlarining tavsifnomalarini o‘rganish uchun dastlab ularning zichligi va fraksion tarkibi aniq haroratlar oraliqlarida aniqlanilgan. Uning tarkibidagi benzin, kerosin va moylarning miqdori o‘rganilgan. Har xil neft konlarida bu fraksiyalarning o‘zaro nisbatlari turlicha bo‘lib, fraksiyalar sifati esa ularning amalda qo‘llanilishi darajasi bilan belgilanilgan. Masalan, sanoatning dastlabki rivojlanishi bosqichlarida benzin unchalik kerak bo‘lmagan, hatto zararli mahsulot deb qaralgan. Shuning uchun uning tarkibi o‘rganilmagan. Kerosin zarur mahsulot hisoblangan, surkov moylari sifati esa ular qo‘llanilgan mexanizmlar yaxshi va uzoq vaqt ishlashi bilan belgilangan.
Neft va uning mahsulotlari tarkibi dastlab Rossiyada (1860-1870 yillarda) keyinchalik esa AQShda (1880 yillardan so‘ng) o‘rganila boshlangan. Bu sohada ayniiqsa ulug‘ rus olimi D.I. Mendeleyevning xizmatlari katta bo‘lgan.
Fan va texnologiyalarning rivojlanishi natijasida neft va gaz, hamda ularning mahsulotlari tarkibi va xossalarini tadqiqot qilishning: adsorbsiya, mass-spektral tahlil, gazli xromatografiya, optik, yadro magnit rezonansi, termik diffuziya va shu kabi usullari paydo bo‘ldi. Neft tarkibida o‘zining tuzilishi va xossalari bo‘yicha turli xildagi gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar mavjud. Har qanday neft tarkibida erigan gazlar bo‘lib, neftni qazib olganda uning yer yuzasiga chiqishi bilan bunday gazlar uning tarkibida alohida ajralib chiqadi. Shuningdek tog‘ jinslari qatlamlarida tarkibida neft bo‘lmagan gaz uyumlari ham uchraydi. Neft uglerod va vodorodning murakkab birikmalaridan iborat bo‘lib uning tarkibida taxminan uglerod miqdori 83-86%, vodorod miqdori 12-14%, oltingugurt S, kislorod O va azot N miqdori 1-3%, ba’zi hollarda oltingugurt miqdori 3-5% gacha bo‘ladi. Massa bo‘yicha uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi.
Neftning tarkibi tabiiy gazning tarkibiga ko‘ra juda murakkabdir. Neftda ko‘p sonli suyuq va unda erigan holda barcha turdagi qattiq uglevodorodlar mavjud. Neft tarkibi asosan parafin, naften va aromatik uglevodorodlarning aralashmalaridan iborat. Neft va gazning tarkibida bo‘lgan barcha uglevodorodlar molekulalarining tuzilishiga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |